Nazorat savollari
1. Plastmassa nima? U qanday tarkibga ega?
2. Plastmassa tarkibiga kiruvchi komponentlar qaysilar.
3. Plastmassalarning asosiy xossalarini aytib bering.
4. Termoplastik va termoreaktiv polimerlar klassifikatsiyasini aytib bering.
5. Plastmassalarni tayyorlash texnologiyalarini aytib bering.
6. Polbop, devorbop va bezak polimer materiallarni izohlab bering.
7. Polimerlar asosida pogonaj, santexnika buyumlari.
8. Polimer yelimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar.
9. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish buyumlari.
XII ВОВ
LOK-BO'YOQ MATERIALLAR
Tayanch iboralar: bo‘yoqlar, oliflar, pigment, stabilizator, loklar, sikativlar, lok-bo‘yoq turlari, moyli bo‘yoqlar, emallar, suv-yelimli bo‘yoqlar, atmosfera muhitiga chidamlilik, pigmentlarning yonuvchanligi, ranglash kuchi, nurga chidamlilik, spirtli loklar, nitroloklar, latekslar.
12.1. Umumiy ma'lumotlar
Lok-bo'yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida jami bezash hamda agressiv muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi. Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va tashqi tomondan lok-bo'yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo'yoq tarkiblari, asosan, tabiiy moylardan, pigmentlar va bo'yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil topgan. Tabiiy bog'lovchilar zig'ir, kanop, masqar va shu kabi o'simliklar moyini qaynatib, maxsus ishlov berib tayyorlangan va ularning qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan foydalanilgan.
Bo'yoq tarkiblariga rang beruvchi pigmentlar, tabiiy toshlar, giltuproq, tuzlar va minerallarga ishlov berib tayyorlangan va shu sababli ular ob-havo, quyosh nuri ta'siriga chidamli bo'lgan.
Samarqand shahri yaqinidagi Afrosiyob antic shahri binolari qoldiqlari devorlariga chizilgan rasmlarning bir necha ming yillar davomida saqlangani yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlaydi.
Namlik va haroratning o'zgarishi ta'siriga bardoshli, bino va inshootlarning fasadlarini bezashda ishlatiladigan bo'yoq tarkiblarini yaratish asosiy muammolardan hisoblanadi. Bezak ishlarini olib borishda bo'yoq tarkiblarining tannarxi 80% ni tashkil etadi. Fasad bo'yoqlariga, odatda, havoni to'la yoki qisman o'tkazish, ob-havo sharoitiga va nurga chidamlilik talab qilinadi.
Temirbeton binolar fasadlarini bezashda oq va rangli sementlar hamda ohaktosh, granit, marmar, rangli shisha kukuni va shu kabi kukun to'ldirgichlar asosida tayyorlangan bo'yoq tarkiblarini ishlatish samaralidir. Bo'yoq tarkiblarining asosga yuqori adgeziyasi bezak qatlamining uzoq muddat xizmat qilishiga kafolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |