Qurilish materiallari


Uskunalarning buyum va qismlariga



Download 11,91 Mb.
bet168/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Uskunalarning buyum va qismlariga plastmassalardan tayyorlangan deraza hamda eshik dastalari, yig'ma mebel furnituralari, deraza jaluzalari va boshqa mahsulotlar kiradi. Ular turli shakllarda va ranglarda bo'lishi mumkin. Bu buyumlar rangli metall sarfini keskin kamaytiradi.
Quvurlar. Plastmassa quvurlar polietilen, polivinilxlorid, polipropilen kabi termoplastlar va shishaplastik quvurlar reaktoplastlar (poliefir va boshq.) asosida olinadi.
Hozirgi kunda agressiv muhitlarda ishlashga mo'ljallangan, fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid, furan smolasi va shu kabilar asosida tayyorlangan polimer qorishma va polimerbeton quvurlar 150 mm gacha diametrda chiqariladi, devorlarning qalinligi 2-8 mm. Ular 1,2 MPa gacha bosim ostida ishlashga mo'ljallangan. Ular mustahkam, suv va agressiv muhitlarga chidamli, ichki yuzasi silliq va mineral moddalar yig'ilib qolmaydi. Termoplast quvurlarni oson payvandlab biriktirish mumkin. Ularda suv cho'yan quvurlardagiga nisbalan ravon oqadi (gidravlik qarshilik kichik bo'ladi). Bu quvurlarni ishlatish ishchi harorati 60°C gacha.
Termoreaktiv polimerlar asosidagi kompozitsion materiallardan tayyorlangan polimerqorishma va polimerbeton quvurlar kimyo sanoati, kollektor-drenaj tizimida, shaxtalarda va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Ularning ichki diametri 100 mm dan 1000 mm gacha, uzunligi 80 sm dan 6 m gacha bo'ladi. Polimerbeton quvurlar bog'lovchining turiga qarab kislotali, ishqorli, tuzli va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo'ladi.
Shishaplastik quvurlar poliefir polimeri, shisha matosi, shisha iplari va shu kabilar asosida maxsus sentrifugada tayyorlanadi. Ular mustahkam, 150°C ishchi haroratga bardoshli bo'ladi. Shishaplastik quvurlar, asosan, kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida ishlatiladi.


11.5.5. Polimer yelimlar va mastikalar


Polimer yelimlar. Yelimlar sintetik smolalar asosida tayyorlanadi. Bog'lovchi sifatida termoreaktiv va termoplastik polimerlar, kauchuklar, selluloza hosilalari va boshqa moddalar ishlatiladi.
Yelimlarning xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga erituvchilar, kukun to'ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar va modifikatorlar kiritiladi. Yelimlar sovuq va issiq holatda qotadi. Polimer yelimlar asosida yog'och, plastmassa, metall, keramika, shisha, tabiiy va sun'iy toshlar, qog'oz, rezina yelimlanadi. Bundan tashqari, polimer yelimlar asosida yog'och, temirbeton, metall konstruksiyalarni yig'iladi va montaj qilinadi.
Yog'och, qog'ozdan tayyorlangan materiallar, odatda, karbamid- formaldegid, fenol-formaldegid polimerlari yelimlari bilan, metall, keramika, shisha, plastmassa buyumlar epoksid, poliizotsionat, poliefir polimerlari asosidagi yelimlar bilan yelimlanadi. «Bustilat» yelimi bilan polivinilxlorid linoleumlarva plitkalar, sintetik gilamlar va matodan tayyorlangan pardalar asosga yelimlanadi. Perxlorvinil yelim pogonaj buyiimlarni, parda materiallarni, yog'och, beton va shu kabi buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish