7.9-rasm. Toshkent shaxrida monolit qurilgan
Banklar assotsiatsiyasi binosi
O'zbekistonda ko'plab zamonaviy binolar monolit betonlash usulida qurilmoqda. «Interkontinental», Markaziy mehmonxonalari, Biznes markazi, Banklar assotsiatsiyasi, Forumlar saroyi binolariqurilishi shular jumlasidandir (7.9-rasm).
Nazorat savollari
1. Yig‘ma temirbetonning afzalliklari va kamchiliklarini aytib bering.
2. Yig‘ma temirbetonning qanday turlarini bilasiz?
3. Temirbeton tayyorlash texnologiyasini aytib bering.
4. Temirbetonda armaturaning vazifasini aytib bering.
5. Temirbeton konstruksiyalarni qoliplash jarayonlarini aytib bering.
6. Temirbeton konstruksiyalarning qotishini tezlatish usullari.
7. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlash usullari.
VIII BOB. QURILISH QORISHMALARI
Tayanch iboralar: mineral bog‘lovchilar, to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, oddiy qorishmalar, murakkab qorishmalar, pardozbop qorishmalar, terish qorishmalari, gidravlik qorishmalar, quruq qorishmalar, qorishmaning harakatchanligi, mustahkamlik, modifikatorlar, sovuqqa chidamlilik.
8.1. Umumiy ma'lumotlar
Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo'lib, mineral bog'lovchi modda, suv, mayda to'ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi qo'shimchalardan iborat aralashmaning qotishidan hosil bo'ladi. Mineral bog'lovchi sifatida portlandsement va uning turlari, havoyi va gidravlik ohak, qurilish gipsi va shu kabilar ishlatiladi. Qorishma xossalarini yaxshilovchi mineral aktiv kukunlar va polimer sirtaktiv moddalar ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir necha ming yillarga tengdir. Xususan, O'zbekiston hududidagi arxiteklura yodgorliklarini barpo etishda tarkibi aktiv mineral kukunlar va tabiiy organik moddalar bilan mukammallashtirilgan qurilish qorishmalari ishlatilgan. Bu bino va inshootlarning poydevor qismi qurilishida ishlatilgan suvga chidamli «qir» qorishmalari ohak bog'lovchisiga o'simliklar kuli va tabiiy yog'liq komponentlarni qo'shib tayyorlangani tarixiy manbalardan ma'lum.
Qurilish qorishmalari bog'lovchi moddaning turiga, o'rtacha zichligiga va ishlatilish sohasiga nisbatan guruhlarga bo`linadi. Bog'lovchi modda turiga ko'ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, gipsli va sement-ohakli, sement-giltuproqli, ohak-gipsli qorishmalarga bo'linadi. Qorishma bitta bog'lovchi asosida bo'lsa – oddiy, bir necha boglovchidan iborat bo'lsa – murakkab qorishma deyiladi. O'rtacha zichligiga ko'ra qurilish qorishmalari og'ir qorishmalarga (pm>1500 kg/m3) va yengil qorishmalarga (pm<1500 kg/m3) bo'linadi.
Ishlatilish sohasiga ko'ra qurilish qorishmalari g'isht-tosh terish, poydevor, yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan terish; g'isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar hamda boshqa konstruksiyalaini suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidrqizolatsiya, akustik, rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo'linadi.
1500>
Do'stlaringiz bilan baham: |