7.4.Korxonaning vazifalari
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning xo’jalik faoliyati rejali va maqsadli ravishda mehnat vositalarini to’g’ri yo’naltirishga qaratilib, ular uchta asosiy vazifani bajaradi:
a) korxonada ishlatish uchun xom-ashyo va resurslarni o’zlashtirish:
b) xom-ashyo va resurslarni tayyor va yarim tayyor maxsulot darajasida qayta ishlash;
v) tayyor maxsulot talab va taklifini tadqiq etish.
Bu masalalarni oqilona xal etish uchun korxonalar bir qancha vazifalarni bajarishi lozim bo’ladi:
-ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun maxsulotlar tayyorlash;
-iste’molchilarga maxsulotlarni sotish va yetkazib berish;
-mahsulotlar sotilgandan keyingi davrlarda ularga texnik xizmatlar ko’rsatish;
-ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan ta’minlash;
-xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish;
-moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida bajarish;
-amaldagi standartlar, me’yorlar va qonunchilikka rioya etish:
Do'stlaringiz bilan baham: |