Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet87/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)

  2. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.

  3. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.

  4. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.

  5. Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.



14-modul: Konstruksiyani zavodda tayyorgarlik darajasini oshirish. Konstruksiyalar sifatini nazorati

Qurilish hajmlari va sifati hamda loyihalanishi yuzasidan nazorat qilish funksiyasini tekshirish, ko‘rib chiqish, o‘lchash, guvoxlik berish, sinash va texnik kuzatuvdan iborat. Texnik kuzatuvda buyurtmachining mutaxassislari qurilish–montaj ishlari olib borilayotganda loyiha va ishchi chizmalarga amal qilinishini hamda Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga mos kelishini kuzatib boradilar. Qurilish tashkilotida aniqlangan chetlashishlarni tugatish borasida ko‘rsatmalar beriladi, agarda bu ko‘rsatmalarga amal qilinmasa, ishlab chiqarish jurnaliga yoziladi, dalolat-qaydnomalar(akt-protokol) tuziladi. Amalda bajarilgan ishlar loyihaviy echimlar, qurilish me’yorlari va qoidalari talablari bilan bilan solishtiriladi; to‘liq nazorat kuzatuvida barcha bajarilgan ishlar xajmi ko‘rib chiqiladi, saralab nazorat qilishda esa, alohida ishlar yoki konstruksiyalar nazoratdan o‘tkaziladi.


Loyiha tashkilotlarining mualliflik kuzatuvi.
Loyihalash tashkilotlari quyidagi qurilish va ob’ektlarning barpo etilishi bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradilar:

  • korxonalar, sanoat bino va inshootlari, transport, melioratsiya va suv xo‘jaligi, aloqa energetika va qishloq xo‘jaligi, murakkab echimlar nazarda tutilgan loyihalar, yangi qurilish konstruksiyalari, ashyolar yoki texnologik jarayonlar;

  • turar joy binolari, kommunal xo‘jalik ob’ektlari, madaniy-maishiy maqsadlardagi va boshqa fuqaro bino va inshootlari;

  • tajribaviy ob’ektlar;

  • seysmik(zilzila bo‘lishi mumkin bo‘lgan) tumanlarda barpo etilayotgan barcha korxonalar, bino va inshootlar;

Loyiha tashkilotlarining mualliflik kuzatuvi qurilish jarayoni davomida olib boriladi. Qurilishi tugallangan ob’ektlarning ekspluatatsiyaga qabul qilish buyurtmachi va Bosh loyihalashtirish tashkiloti tomonidan tuzilgan shartoma asosida amalga oshiriladi.
Mualliflik nazorati quyidagilarni nazorat qiladi:

  • bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qurilish jarayonida loyiha echimlariga va smeta hisoblariga mosligini tekshiradi;

  • qurilish-montaj ishlarining sifatini nazorat qiladi;

  • buyurtmachiga qurilish tannarxini kamaytirish, sifatini oshirish va muddatlarni qisqartirish borasida takliflar berish;

  • bajarilgan ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida buyurtmachi bilan ishtirok etish;

  • Qurilish me’yorlari va qoidalari, loyiha-smeta xujjatlaridan qurilish jarayonida yuzaga kelgan chetlashishlarni qayd etib borish jurnalini yuritish va o‘z vaqtida yozuvlarni amalga oshirish;

  • muhim konstruksiyalarni birlamchi qabul qilinishida va dalolatnomalar tuzilishi jarayonida ishtirok etish;

  • buyurtmachi tomonidan keyingi bajarilgan ishlar tufayli konstruksiyaning ko‘rinmaydigan, ammo bino va inshootlarning mustahkamligi va ustivorligini ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning qabul qilinishida ishtirok etish;

  • konstruksiyalar, qismlar, qurilish ashyolari va jixozlarining standartlari, texnik shartlar va loyiha talablarini, shuningdek ularning pasportlarini va tovar tashish xujjatlarining mavjudligini tekshirish;

  • tegishli standartlar, texnik shartlar, loyiha va boshqa texnik xujjatlarga mos kelmaydigan qurilish ashyolari va jixozlarini, qurilmalari, qismlari hamda konstruksiyalarini qo‘llashni taqiqlash va ish jarayonini to‘xtatishni talab qilgan holda, buyurtmachi va Bosh pudratchini, shuningdek, Bosh loyihachi va qurilishni nazorat qilayotgan organlarni ogoxlantirish.


Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish