Qurilishni nazorat qiluvchi Davlat organlari Umumdavlat me’yorlarini, qoidalari, ko‘rsatmalari, texnik shartlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Davqurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mazkur qo‘mita qurilish uchun smetalar tayyorlash ishlari va loyihalarning ekspertizasi hamda qurilishni nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan raxbarlik qiladi; qurilish bo‘yicha idoraviy me’yoriy xujjatlarni muvofiqlashtiradi.
Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi shaharlar, qishloqlar, dam olish xududlari va boshqa aholi yashash punktlarida bu qurilishlar qaysi bir idora qaramog‘ida bo‘lishidan qat’ii nazar fuqaro turar-joy binolari qurilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. SHuningdek fuqaro turar-joylari qurilishi mo‘ljallangan ob’ektlarda ishlatilayotgan qurilish ashyolari va buyumlari sifatini nazorat qiladi.
Qurilishni nazorat qiluvchi Davlat organlariga quyidagilarni nazorat qilish mas’uliyati yuklatilgan:
fuqaro turar-joylari uchun mo‘ljallangan ob’ektlardagi qurilish-montaj ishlari va mazkur xududlarni obodonlashtirish ishlar sifatini hamda Qurilish me’yorlari va qoidalarida belgilangan loyiha-smeta xujjatlari asosida olib borilishini;
fuqaro turar-joylarida ishlatilayotgan qurilish ashyolari va buyumlarining sifatini va ularning standartlarga hamda boshqa me’yoriy xujjatlariga mos kelishini;
ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun va banklarda moliyalashtirish ochilishi jarayonida ruxsatnomalarning taqdim etilishini;
Fuqaro turar-joy ob’ektlari qurilishida raxbarlik qilayotgan xodimlar sonini;
Davlat nazorat organlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya nazorati loyihalarda va qurilishni amalga oshirish jarayonida sanitariya me’yorlariga amal qilinishini tekshiradi, loyihalarni muvofiqlashtiradi va qurilish xodimlari tomonidan barcha sanitariya-gigiena, sanitariya-epidemiologiya talablari va profilaktika tadbirlariga amal qilinishini kuzatadi. Bino va inshootlar, korxonalar qurilishlari tugallanib, topshirish jarayonida albatta ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi atrof muhit holatini, uni ifloslantiruvchi manbalardan, ifloslantiruvchi moddalarni me’yoridan ortiq atmosferaga chiqarilmasligini nazorat qiladi va belgilangan chegaraviy me’yorlarga amal qiladi. Belgilangan me’yorlar buzilgan xollarda ob’ekt ekspluatatsiyasini to‘xtatish, taqiqlash to‘g‘risida takliflar kiritadi. Suv havzalarining ifloslanishi, qurib ketishi borasida Davlat nazoratini yuritadi. Suv resurslaridan foydalanadigan yangi va qayta qurilayotgan korxonalar loyihalarini muvofiqlashtiradi va suv resurslaridan foydalanish xususidagi maxsus ruxsatnomalarni beradi.
«O‘zbek neft va gaz» Milliy kompaniyasi Davlat gaz nazorati gaz ishlab chiqarish, gaz ta’minoti va uni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarning qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan tashkilotlarni nazorat qiladi.
Moliyaviy nazorat. Davlat investitsiya dasturi doirasida tijorat banklari davlat va nodavlat korxonalari, tashkilotlari, birlashmalar va muassasalariga moliyaviy ta’minotni hamda kapital xarajatlar uchun uzoq muddatli kreditlarni ajratadi.
Moliyalashtirish va kredit bilan ta’minlash jarayonida Banklar asosiy jamg‘armalarni, ishlab chiqarish quvvatlarini va ob’ektlarni o‘z vaqtida ishga solinishini hamda mahsulot ishlab chiqarish rejalari bajarilishini, qurilish-montaj ishlarini, kapital xarajatlarning o‘z-o‘zini qoplash muddatlarini, qurilishning smeta xarajatlarini kamaytirishni, ish xaqi zaxiralari sarfini va boshqalarni sifat va muddat nuqtai-nazaridan davlat rejalashtirish, moliyalashtirish va qurilishda loyiha-smeta qoidalariga asosan nazorat qiladi.