18- LABORATORIYА ISHI.
CHaqiq tosh (shag’al)ning haqiqiy zichligini aniqlash.
Yirik to’ldirgich (chaqiqtosh va shag’al)ning zarraviy tarkibi betonning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Betonga qo’shiladigan yirik to’ldirgichni zarraviy tarkibi jixatidan tanglaganda qo’yidagi talablarga amal qilish zarur: yirik to’ldirgichda bo’shliqlar xajmi eng kichik bo’lsin, demak, belgilangan markadagi betonga sarflanadigan tsementning eng ko’p miqdorda tejalishiga erishilsin.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: quritish javoni, texnik tarozi,standart g’alvirlar to’plami.
quritish javoni
|
tarozi
|
standart g’alvirlar to’plami
|
Ish tartibi: CHaqiqtosh (shag’al)ni donalarining yirik-maydaligiga qarab qo’yidagi fraktsiyalarga ajratish mumkin; 5-10 mm, 10-20 mm, 20-40 mm va 40-70 mm. Har bir fraktsiyaga mansub chaqiqtosh (shag’al)da faqat shu fraktsiyaga xos o’lchamdagi yirik va mayda donalar bo’lishi kerak. Fraktsiyalarga ajratilmagan, tozalanmagan chaqiqtosh (shag’al)ning zarraviy tarkibini LABORATORIYА sharoitida aniqlashga to’g’ri kelganda namunani ivitish-yuvishga xojat qolmaydi. Bu xolda yirik to’ldirgich, to massasi o’zgarmaydigan xolga kelguncha quritiladi va shu to’ldirgichdan namuna olinadi; to’ldirgichning eng yirik donalari o’lchami 10 mm bo’lganda 5 kg, donalar yirikligi 20 mm bo’lganda – 10 kg, 40 mm bo’lganda – 20 kg, 70 mm bo’lganda esa 30 va 50 kg miqdorida namuna olish kerak. CHaqiqtosh, (shag’al)ni elash uchun ko’zlarining diametri 1,25 De.kat., 0,5 (De.kat.+ De.kich.) va De.kich. bo’lgan g’alvirlar komplektidan foydalaniladi; g’alvirlar ustma-ust o’rnatilgan bo’ladi; har bir g’alvirdagi xususiy va to’la qoldiqlarning miqdori (elangan namuna miqdoriga nisbatan % da) aniqlanadi. Ko’zning diametri aniq De.kat. 1,25 va 0,5 (De.kat.+ De.kich.)bo’lgan g’alvirlar topilmasa, ko’zlarining diametri talab qilinadigan o’lchamga yaqinroq bo’lgan standart g’alvirlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Namuna odatda ko’zlarining diametri 70 mm, 40 mm, 20 mm, 10 mm va 5 mm bo’lgan g’alvirlardan o’tkaziladi.
Diametri 70 mm li g’alvirdan namunaning muayyan qismi o’tmay qolsa (ya’ni qoldiq paydo bo’lsa), u xolda elash grafigini chizish uchun chaqiqtosh (shag’al) donalarining chekli o’lchamini ham aniqlashga to’g’ri keladi; shu maqsadda donalarining yirik-maydaligiga qarab tanlab olinadigan 100 mm, 120 mm yoki bundan kattaroq diametrli xalqa-kaliblar qo’llaniladi.
Keyinchalik har bir g’alvirdagi qoldiq miqdori (elangan namunaning umumiy miqdoriga nisbatan % da) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
Ai=(mi*100)/Σm;
Bu yerda mi – berilgan g’alvirdagi qoldiq massa, kg; Σm – barcha g’alvirlardagi xususiy qoldiqlarning umumiy massasi, kg.
Xususiy qoldiqlarning hisoblab topilgan qiymatlariga asoslanib to’la qoldiq aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |