Ishni bajarish tartibi
Matematik mayatnik biror uzunlikda o‘matiladi.
Shkalali chizg‘ich bilan ipning uzunligi ni, shtangensirkul bilan sharchaning r radiusi o‘lchab olinadi va matematik mayatnikning uzunligi L hisoblab topiladi.
Mayatnikni muvozanat vaziyatidan (5 yoki 6o)ga chetlatib,
qo‘yib yuborish orqali tebranma harakatga keltiriladi. Mayatnik muvozanat vaziyatidan maksimal chetlashganda sekundomerni ishga tushirib, N = 50 yoki 100 marta to‘la tebranish uchun ketgan t vaqt aniqlanadi. Berilgan L1 uzunlik uchun N marta to‘la tebranish vaqti uch marta qayta o‘lchanadi va o‘rtacha < > qiymat topiladi. So‘ng
ifodadan mayatnikning to‘la tebranish davri hisoblab topiladi.
Mayatnikning uzunligi o‘zgartirilib, 2 va 3-bandlardagi topshiriqlar bajariladi va tebranish davri aniqlanadi.
(5) formula bo‘yicha erkin tushish tezlanishi hisoblab topiladi.
Mayatnikning uzunligini turlicha o‘zgartirib, shu usulda tajriba takrorlanadi va g ning qiymati 3—4 marta aniqlanadi.
g ning o‘rtacha qiymati topiladi.
Absolut va nisbiy xatoliklar aniqlanadi.
Nazorat savollari
Matematik mayatnik deb qanday mayatnikka aytiladi?
Garmonik tebranma harakat nima?
Matematik mayatnik qanday kuchlar ta’sirida harakatlanadi?
Erkin va majburiy tebranishiar nima?
Og‘irlik kuchi nima?
Erkin tushish tezlanishi joyning geografik kengliklariga qanday bog‘langan?
Matematik mayatnikning tebranish davri nimalarga bog‘liq?
2-Labaratoriva ishi
Suv aralashmasi temperaturasini aniqlash.
Ishning maqsadi
• Temperaturalari va bo’lgan, va massali suv miqdorlarini kalorimetrda aralashtirish va aralashmaning temperaturasini n aniqlash
Tajriba qurilmasi
Agar turli temperaturali ikki modda bir biriga tutashtirilsa, issiqlik almashinuvi jarayonidan keyin bu moddalar orasidagi temperaturalar farqi nolga teng bo’ladi. Aralashmaning temperaturasini aniqlash uchun quyidagi qoida qo’llaniladi: bu yerda va , mos ravishda birinchi va ikkinchi suyuqliklarning solishtirma issiqlik sig’imlari; va ularning massalari; va mas ravishda ulaming temperaturalari, esa aralashmaning umumiy temperaturasi. Turli temperaturali moddalarni aralashtirish bo’yicha tajribalarda issiq jismdan berilgan issiqlik miqdori, sovuq jism olgan issiqlik miqdoriga teng. Ko’rilayotgan holda, issiq suv bergan issiqlik miqdori sovuq suv olgan issiqlik miqdoriga teng, ya’ni Agar suvning solishtirma issiqlik sig’imi ma’Ium bo’lsa, unda turli massali suv aralashmasining temperaturasi (1) formula yordamida quyidagi formula bo’yicha hisoblanishi mumkin:
Kerakli asboblar va ashyolar
Dyuar idishi g’ilofi.
Kalorimetr Dyuar idishi.
O’quv laboratoriya torozisi posangi torozi toshlari bilan
Menzurka 400 ml, keng
Taymer
Elektroplitka
Do'stlaringiz bilan baham: |