Qurilish fakulteti


U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir



Download 3,63 Mb.
bet51/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   237
Bog'liq
УМК11

U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki davlatlar vujudga kelishi bilanoq, birdaniga yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi, balki har bir davlat eng avvalo, shakllanadi va ma’lum tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’z boshidan o’tkazadi. Ma’lumki, har bir davlatning vujudga kelish, rivojlanish va yuksak darajasiga ko’tarilish jarayonlari olimlar tomonidan o’rganilgan va bugungi kunda o’rganish davom etmoqda.

Aslida o’tish davri nazariyasi deganda nimani tushunmoq kerakq O’tish davri u haqidagi turli qarashlar tizimi hisoblanadi. Ular asosida umumlashgan nazariyalar shakllanadi. Qarashlar turli-tuman, hatto ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lishi ham mumkin. Eng muhimi ularni tahlil qilish asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi. Xulosalarning ilmiyligi esa ularning moddiy kuchga aylanishida o’z ifodasini topadi. Ya’ni, o’tish davri haqidagi nazariy qarashlar real hayotda o’z ifodasini topsa, amaliyotda o’z samarasini bersagina, ilmiy xulosa darajasiga ko’tariladi. Ana shu mahnoda ham o’tish davri nazariyasi deganda, mamlakatlarning ma’lum bir ijtimoiy taraqqiyotdan ikkinchisiga o’tish uchun zarur bo’lgan oraliq bosqichlar natijasi haqida shakllangan qarashlar tizimi tushuniladi.

Berilayotgan bu tahrif o’tish davrining mohiyatini o’rganish asosida shakllangan qarashlar natijasi o’laroq, yuzaga keldi. O’tish davri haqida turli-tuman fikrlar bo’lishiga qaramasdan uni bir tizimga keltirish, umumlashtirish asosida shakllangan tahriflar bugungi kungacha deyarli uchramayotganligi sababli, «o’tish davri nazariyasi»ga yuqorida berilayotgan tahrifni boshqalari bilan taqqoslash imkoniyati ham cheklanganligini nazarda tutish lozim.

S.Abduxoliqovning fikricha, «ijtimoiy-taraqqiyot bir tamaddundan ikkinchi tamaddunga o’tish, birinchi namunadagi madaniy borliqdan ikkinchi namunadagi madaniy borliqqa o’sib o’tish tarzida yuz beradi».

Totalitar tizimdan demokratik jamiyatga o’tish qaysi sohada bo’lishiga qarab, uning mahno-mazmunini aniqlash mumkin bo’ladi. Demokratik taraqqiyot bosqichiga o’tish, uning muqarrarligini hisobga oladigan bo’lsak, uning zarurligini inkor etib bo’lmaydi. Chunki jamiyat ham inson kabi yuzaga kelganidanoq yuksak kamolot darajasiga ko’tarila olmaydi, balki ma’lum bosqichlarni bosib o’tishi zarur bo’ladi. Hamma masala ana shu bosqichlarning o’ziga xosligini, ularda mavjud bo’ladigan muammolar ko’lamini aniqlash va hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog’liq. Ammo, bu jo’n, oson ish emas. Chunki jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishi o’z ichiga keng ko’lamdagi vazifalarni hal etishni qamrab oladi. Ularni amalga oshirishda nafaqat ob’ektiv, ayni paytda sub’ektiv omillarini ham hisobga olish zarur. Ularning o’tish davridagi vazni o’zaro bog’liq holda kechadi. Shuning uchun ham o’tish davri haqida fikr yuritganda, gap faqat jamiyatning demokratik tamoyillar tizimiga o’tishi bilan cheklanmasdan, balki ungacha jamiyatlar bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishi uchun zarur bo’lgan «oraliq» ham nazarda tutilmoqda.

Albatta, masalaga bunday yondashuv vujudga kelishi, ular o’rtasidagi kurashlar va u yoki bu sinf hukmronligining o’rnatilishidan iborat bo’lgan formatsion yondashuvdan xoli bo’lib, u jamiyat taraqqiyotiga tsivilizatsion yondashuvni talab etadi. Ya’ni, jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishi inson turmushida, uning tafakkurida, jamiyatning moddiy, siyosiy va ma’naviy-mahrifiy hayotida sodir bo’ladigan o’zgarishlar darajalarining markazini aniqlash va mezonlarini belgilash g’oyasi turadi.

Bugun, umuman, davrga, shu jumladan o’tish davriga qarashlar tubdan o’zgardi, ular mazmunan zamonamizning o’ziga xos qadriyatlariga asoslangan. Professor I.Ergashev to’g’ri ta’kidlaganidek, «Bugun davrga qarash o’zining mazmuni va mohiyatiga ko’ra, anhanaviy yakka mafkuraviy qarashdan tubdan farq qiladi. Mustabid tuzumning yemirilishi bilan davrni siyosiylashgan, mafkuralashgan mazmuniga va harakteriga barham berildi»5. Demak, «o’tish davri»ni bir tomonlama emas, balki uni siyosiy, falsafiy, iqtisodiy va ma’naviy-mahrifiy sohalarni o’zida mujassamlashtirgan tushuncha sifatida qarash va shu yo’nalishda tahlil qilish to’g’ri bo’ladi.

Ana shunday qarashlarning majmuasigina o’tish davrining mohiyatini o’zida to’la ifodalaydi. Albatta, o’tish davri - nimadan nimaga yohud qaysi jamiyatdan yana qaysi biriga o’tilishi haqida gap borishi masalasi dunyo olimlari diqqatida turganligini ham ta’kidlash lozim bo’ladi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga formatsion yondashuv (yuqorida ta’kidlanganidek) barham topgan bugungi kunda bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida turli kontseptsiyalarni ilgari surishga ehtibor ham kuchaymoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi oʼz istiqloliga erishgach jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini yangilash va zamonaviylashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega boʼldi. Mazkur zaminlarga tayanilgan holda mamlakatimizda izchillik bilan demokratik islohotlarni va unga monand ravishda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish chora- tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Zero, davr talablaridan kelib chiqib yangilanish va modernizattsiya jarayonlarini sobit qadamlik bilan davom ettirgan jamiyatgina barqaror taraqqiyotga erisha oladi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xulosa qilganidek: “Bugun, hamma boʼlmasa ham, lekin koʼpchilik odamlar yaxshi anglaydiki, faqat zamon bilan teng qadam tashlayotgan, tez oʼzgarayotgan dunyoning qatʼiy shart va talablariga javob berishga intilayotgan mamlakatning kelajagi yorugʼ boʼlishi mumkin”22.

Dunyoda roʼy berayotgan tendentsiyalar shundan dalolat beradiki aynan oʼz jamiyatida yangilanishlar va modernizattsiya jarayonlarini evolyutsion tarzda amalga oshira olgan mamlakatlarda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va fan-texnologiya sohalarida intensiv taraqqiyot roʼy bergan. Bu oʼrinda taʼkidlash joizki modernizatsiya jarayonlarining nazariy asoslarining paydo boʼlishi va rivojlanishi ham aynan dunyo mamlakatlari oldida turgan ustuvor muammolarni hal etish, zamon ehtiyojlaridan kelib chiqib yangilash maqsadlari zaminida roʼy berdi.

Chuqur oʼzgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sodir boʼlayotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi qiyofasini oʼzgartirib yubormoqda. Xalqlarning ozodlik, mustaqillik va baxt-saodatga azaliy intilishi, oʼz taqdirini oʼzi belgilashga azmu qarori mana shunday oʼzgartishlarning harakatga keltiruvchi kuchidir. Oʼzbekiston chinakam mustaqillikka erishish maqsadini birinchilar qatori bildirganligini jonajon oʼlkamiz uchun faxr-iftixor tuygʼusi bilan qayd etib oʼtish kerak. Sobiq Ittifoqdagi respublikalardan birinchi boʼlib prezidentlik boshqaruvini amalda joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan oʼzgartirish va yangilash yoʼliga oʼtib olgan ham bizning respublika boʼldi.

Oʼzbek xalqining ajralmas huquqi - oʼz taqdirini oʼzi belgilash huquqi roʼyobga chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida Oʼzbekiston Respublikasining mustaqilligi eʼlon qilindi. Muqaddas orzu ushaldi - Oʼzbekiston tinch, parlament yoʼli bilan oʼzining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu - xalqimizning koʼp asrlik tarixida buyuk voqeadir. "Oʼzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʼgʼrisida"gi konstitutsiyaviy qonunda respublikadagi koʼpmillatli barcha aholining xohish-irodasi mustahkamlab qoʼyildi va umumxalq referendumi buni qatʼiy tasdiqladi. Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga zarhal harflar bilan yozib qoʼyildi.

Oʼrtaga qoʼyilgan maqsadlarning, tanlangan yoʼnalishlarning toʼgʼriligini hayotning oʼzi ishonarli tarzda va yaqqol tasdiqladi. Respublika mustaqilligining bir yili ichida asrlar mobaynida amalga oshirilmagan koʼp narsalarga erishishga muvaffaq boʼldik. Oʼzbekiston xalqi jonajon oʼlkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi boʼlib qoldi. Respublika oʼz oltinini, boshqa nodir va qimmatbaho metallarni mustaqil qazib chiqarib, qayta ishlamoqda va saqlamoqda. Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va maʼnaviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik boʼlib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi boʼlib xizmat qiladi.



Oʼzgarmas bir tartib qaror topdi: Oʼzbekiston Respublikasining hududi va iqtisodiy qudrati boʼlinmas, uning chegaralari esa daxlsiz boʼlib, davlat himoyasidadir.

Maʼlumki, Oʼzbekiston oʼz mustaqilligini qoʼlga kiritganidan soʼng sobiq shoʼro tuzumining umrini oʼtab boʼlgan maʼmuriy-buyruqbozlik, rejali- taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―oʼzbek modeli‖ degan nom bilan haqli ravishda eʼtirof etilayotgan oʼziga xos taraqqiyot yoʼli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi boʼlishi, islohotlarning bosqichma- bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni oʼz ichiga oladi. Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib oʼrin egallashdek yuksak maqsadlar yoʼlida mustahkam poydevor boʼlib xizmat qilmoqda. Oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan oʼzgarib, obod boʼlib borayotgani, Oʼzbekiston oʼzining barqaror iqtisodiy oʼsish surʼatlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak eʼtibor va eʼtirofga sazovor boʼlayotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-oʼsib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bagʼishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday oʼzgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, maʼnaviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin oʼzgarib bormoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "Oʼzbekistonning oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼli" asarida oʼzbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu gʼoya I.A.Karimovning 1993 yildagi "Oʼzbekiston - bozor munosabatlariga oʼtishning oʼziga xos yoʼli" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiy iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. Oʼzbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli oʼtdi. Birinchi sinov - oʼtgan asrning 90-yillarini oʼz ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan oʼtish davri edi. Hali oʼtish davri davom etayotgan pallada Oʼzbekiston postsovet maydonida birinchi boʼlib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi koʼrsatkichlardan oʼzib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir toʼgʼri yoʼl ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz boʼldi. Taraqqiyotning oʼzbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy oʼsishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam boʼlmagan) surʼatlarini taʼminladi. Birinchi prezidentimizning shu munosabat bilan chop etgan ―Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, Oʼzbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yoʼllari va choradari. asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha 2009-2012 yillarga moʼljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida Oʼzbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qoʼshilgan katta hissa edi. Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hech qachon bir joyda toʼxtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub oʼzgarishlar jarayonidagi oʼz oʼrniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi‖23 Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Birinchi Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga toʼliq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bilan chambarchas bogʼliq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini taʼkidlab, bunday darajaga koʼtarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib oʼtgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ―Oʼzbekiston – bozor munosabatlariga oʼtishning oʼziga xos yoʼli‖ risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, Oʼzbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining oʼzagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat oʼsha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham oʼylab tuzilgan boʼlib, eski tuzumdan meros boʼlgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini taʼminlashni koʼzda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Birinchi Prezidentimiz nomi bilan bevosita bogʼliq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning oʼzbek modeli edi. Islohotlarning oʼzbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud boʼlgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, oʼz mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli boʼldi. Taraqqiyotning oʼzbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, yaʼni iqtisodiyot siyosatdan ustun boʼlishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni taʼminlash zarur; ikkinchidan, oʼtish davrida davlat asosiy islohotchi boʼlishi lozim. U islohotlarning ustuvor yoʼnalishlarini belgilab berishi, oʼzgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qatʼiy rioya etish Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qoʼshma majlisidagi Buning maʼnosi shuki, demokratik yoʼl bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga ogʼishmay rioya etishi lozim; toʼrtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat oʼtkazish kerak.

Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan

Oʼzbekistonda buning alohida ahamiyati bor; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga oʼtish iqtisodiyotning obektiv qonunlarini eʼtiborga olib, yaqin oʼtmishdagi

―inqilobiy sakrashlar‖siz, yaʼni evolyutsion yoʼl bilan puxta oʼylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos boʼlib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub oʼzgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi:

-ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

-koʼp ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum boʼlishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi boʼlgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini taʼminlash;

-korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xoʼjalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ragʼbatlantirish vositalaridan keng foydalanish;

-iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlaydigan chuqur tarkibiy oʼzgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qoʼshilib borish;

-kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini oʼzgartirish, har bir kishiga oʼz mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish. Mustaqillikning ilk yillarida, yaʼni ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʼtishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qoʼyildi:

-totalitar tizimning ogʼir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

-respublikaning oʼziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;

Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yoʼnalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

-oʼtish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash;

-mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat koʼrsatish korxonalarini, uy- joy fondini xususiylashtirish, qishloq xoʼjaligi va xalq xoʼjaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini taʼminlash. Respublikada bozor munosabatlariga oʼtishning birinchi bosqichida iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub oʼzgarishlar uning oʼz taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga oʼta boshlash uchun mustahkam shartsharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va yoʼnalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish