Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy oʼsishni taʼminlab, bozor munosabatlarini toʼliq joriy qilish maqsad qilib qoʼyildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi:
- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash;
- milliy valyuta – soʼmni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan oʼzgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga oʼtish.
Oʼtish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam koʼrsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yoʼl davom ettirildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov taʼkidlab oʼtganidek, mazkur bosqichda yerkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir‖. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni koʼzda tutdi:
- iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan oʼtkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yoʼnaltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor oʼrin egallashiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng koʼlamda integrasiyalashuvini taʼminlash;
Iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy oʼzgarishlarni izchil davom ettirish. Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan koʼzlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni taʼminlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, yaʼni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yoʼnaltirilgan iqtisodiy islohotlarga eʼtibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa oʼz oʼrnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bogʼliqlikda amalga oshirib kelinmoqda Respublikada demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol ravishda vujudga keltirilmoqda. Avvalgi yakkahokimlik tizimining illatlari qatʼiyan tugatilmoqda. Koʼppartiyaviylik, gʼoyalar va fikrlarning xilma-xilligiga toqat qilish real voqelikka aylanmoqda. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan marom va qoidalari tobora koʼproq qaror topmoqda.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini taqsimlash printsipi izchillik bilan oʼtkazilmoqda. Oʼzbekiston xalqi davlat hokimiyatining chinakam egasi boʼlib qoldi hamda uni bevosita va shuningdek oʼz vakillari - noiblar orqali ham amalga oshirmoqda. Respublika parlamenti qonun yaratuvchilik faoliyati bilan faol shugʼullanmoqdaki, u yosh mustaqil davlatning shakllanishini xuquqiy jihatdan har tomonlama taʼminlashga qaratilgandir. Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllanmoqda. Prezidentlik boshqaruv usuli - shu tizimning oʼzagidir. Joylarda ham boshqaruv tizimi qayta tashkil etilmoqda - viloyatlar, rayonlar va shaharlarda hokimlik lavozimi taʼsis etildi. Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u Qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini taʼminlashi lozim. Fuqarolik jamiyatining turmush tarzi tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi mana shu omillarning hammasi qonuniylik va huquq-tartibotning, qattiq intizomning, ichki uyushqoqlik va masʼuliyatning negizi boʼlib xizmat qiladi.
Oʼzbekistonning davlat mustaqilligini amalda namoyon qiladigan va roʼyobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Mudofaa va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʼmitasi tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish, Qimmatbaho metallar, Fan va texnika qoʼmitalari, Oliy Attestatsiya komissiyasi birinchi marta tashkil etildi. Markaziy iqtisodiy idoralarning vazifalari va faoliyat yoʼnalishlari tubdan oʼzgartirildi.
Bank tizimi qayta tashkil etilmoqda. Respublikaning Markaziy banki boshqaruv idoralaridan mustaqil boʼldi. Oʼzimizning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankimiz ochildi. Koʼpgina tarmoq vazirliklari va idoralari tugatildi. Mustaqil milliy aviakompaniya, axborot agentligi, kinokompaniya va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi.
Oʼzbek xalqining mustaqillikka boʼlgan intilishini jahon hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qoʼllab-quvvatladi. Toshkentda Turkiya Jumhuriyatining, Amerika Qoʼshma Shtatlarining, Rossiya, Hindiston, Frantsiya, Germaniya kabi davlatlarning shqa davlatlarning elchixonalari ochildi. Boshqa xorijiy davlatlar bilan ham diplomatiya vakolatxonalarini ayirboshlash toʼgʼrisidamuzokaralar olib borilmoqda.
Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida Oʼzbekiston xalqaro huquqning teng huquqli subʼekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Respublika Ovrupoda xavfsizlik va hamkorlikka bagʼishlangan Kengashning Yakunlovchi aktini imzolab, Xelsinki jarayoniga qoʼshildi. Mana shularning hammasi respublika taraqqiyotida mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi va teng huquqli asoslarda xalqaro iqtisodiy ilmiy va madaniy sohalarda faol hamkorlik qilish imkoniyatini ochdi.
Endilikda Oʼzbekiston bir qator yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy birlashmalarning - Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qora dengiz mamlakatlari iqtisodiy uyushmasining aʼzosidir. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotiga va boshqa birlashmalarning tarkibiga aʼzo boʼlish borasidagi tayyorgarlik ishlari nihoyasiga etkazildi. Oʼzbekistonning Qoʼshilmagan davlatlar harakatiga, BMTning Osiyo va Tinch okean uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga hamda boshqa tashkilotlarga aʼzo boʼlib kirishi toʼgʼrisida arizalar yuborildi. Oʼzbekistonning davlat mustaqilligini qoʼlga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz oʼzaro manfaatli munosabatlarni oʼrnatadi. Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, anʼanalari, urf-odatlari va koʼnikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarni har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin boʼlib qoldi.
Hozir bizning jamiyatimiz tarixiy chorrahada turibdi. Respublikani milliy- davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy kamol toptiruvchi oʼz taraqqiyot yoʼlini ishlab chiqishimiz zarur. Bu murakkab va masʼuliyatli palladir. Hozir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki ularning farzandlari, nevaralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bogʼliq boʼladi. Respublika tang holatlarni qay darajada tezroq bartaraf etishi, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatishi, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishi shu narsa bilan belgilanadi. Biz hozir uzoq yoʼlning boshida turibmiz.
Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad boʼlib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina Oʼzbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy anʼanalar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning maʼnaviy-axloqiy kamol topishini taʼminlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |