Mamlakatda demokratik asoslarni yaratishda innovatsiyalar va ilgʼor xorijiy tajribalar
Mamlakatda demokratik asoslarni yaratishda ilgʼor xorijiy tajribalardan foydalanish muxim axamiyat kasb etadi. Bugungi dunyoning demokratik taraqqiyotida jamiyat rivojlanishi bilan bogʼliq turli xil modellar eʼtirof etilgan. “Evropa modeli” “Xitoy modeli” “Yaponiya modeli” “Shvetsiya modeli”. Taraqqiyotning bir tekis emasligi omillari Ichki omillar iqtisodiy mamlakat maydoni resurs salohiyati aholining soni va tuzilishi institutsional davlat siyosatining maqsadi davlat siyosatining vositalari Tashqi omillar Tashqi savdo Xalqaro bozorga yoʼl Chet el investitsiyalariga yoʼl Texnologiyaga yoʼl “Amerika modeli”va hakazolarda koʼrish mumkin. “Oʼzbek modeli” esa ana shu jamiyat rivojlanishining oʼziga xos koʼrinishidir va rivojlanishning oʼziga xos yoʼlidir. Bu Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasiga koʼra, fan va texnologiyalarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosini tashkil etadi. Shu jihatdan ham innovatsion iqtisodiyotni tarkib toptirish, avvalo, inson kapitalidan samarali foydalanish, unga katta miqdorda investitsiyalar kiritishni taqozo etmoqda. Dunyo tajribasi va amaliyoti koʼrsatmoqdaki, inson kapitaliga yoʼnaltirilgan mablagʼlar boshqa omillarga nisbatan oʼzini oqlaydi.
Haqiqatan ham hozirgi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar mavjudligiga, balki birinchi navbatda, zamonaviy muntazam yangilanib turuvchi texnologiyalarni yaratish va oʼzlashtirishga qodir boʼlgan sifatli inson kapitaliga bogʼliq boʼlmoqda. Bunday sifatli inson kapitalisiz mamlakatda ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etib boʼlmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi farmoni mamlakatimizning bundan buyon innovatsion rivojlanish yoʼli va innovatsion iqtisodiyotga oʼtishini koʼzda tutadi va bu boradagi ustuvor vazifalarni belgilab beradi. Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshlilik darajasini oshirib, innovatsion jihatdan taraqqiy etishini taʼminlovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish mazkur strategiyaning bosh maqsadi sifatida koʼrsatildi. Biz buyuk allomalarimizdan ilmning foydasi, ahamiyati haqida yuzlab durdona fikrlarni bilamiz. Lekin ilmga amal qilish qanday boʼlishini dunyoda hech kim Sohibqiron Amir Temurdek aniq va oʼz tajribasida sinab koʼrib ayta olmagan boʼlsa kerak. Buyuk Sohibqiron shunday deydi: “Tajribamda koʼrilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”.
Inson kapitali innovatsion iqtisodiyot va rivojlanishning keyingi bosqichi bilimlar iqtisodiyotini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi bosh omil hisoblanadi. Bu oʼrinda hozirgi iqtisodiyotning innovatsiyali rivojlanish bosqichida mehnatga layoqatli aholining barqaror va munosib ish joylari bilan taʼminlanishida inson kapitalining muhim ekanligini taʼkidlash kerak. Amalga oshirilgan tadqiqotlar inson kapitaliga investitsiyalardan olinadigan foyda texnikaga kiritilgan investitsiyalarga nisbatan uch baravar ortiqligini koʼrsatgan. Shu bilan birga xodimlar taʼlim darajasining 10,0%ga ortishi mehnat unumdorligini 8,6 %ga koʼpaytirishi aniqlangan. Shuningdek, aktsiyadorlik kapitalining shu miqdorga koʼpayishi mehnat unumdorligini 3,0- 4,0 %ga oshirgan. Hozirga paytga qadar Oʼzbekistonda oliy taʼlim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7,0-9,0 %ni tashkil etib kelgan. Holbuki, bu masalan Serbiyada 97,4 %, Yangi Zelandiyada 95,6 %, Rossiya Federatsiyasida 84,2 %, AQShda 50,9 % va Qozogʼistonda 69,2 %ni tashkil etadi. BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʼyicha qoʼmitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb etilgan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim tizimini kompleks oʼrganish boʼyicha oʼtkazilgan tahlillar oliy taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi taʼminlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida oʼtkazish samarali tashkil etilmagani natijasida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis boʼlib chiqish oʼrniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan oʼz kasbini, mutaxassisligini oʼrganayotganligi, shuningdek, taʼlim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, taʼlim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yoʼlga qoʼyilmaganligi kabi kamchiliklarni koʼrsatdi .
Mamlakatning inson kapitali har bir fuqaroning intellektual azmi qatʼiyligida, intellektual tadbirkorligida, intellektual hushyorligi, intellektual mardligi, shijoatida ham namoyon boʼladi. Bu har bir kishining nimalarni bilishida, bilimidan foydalanib, qaysi ishlarni qanday sifat bilan bajara olishida, Vatanga sadoqatida koʼrinadi. Haqiqatan ham, inson kapitalini rivojlantirmay turib, innovatsion taraqqiyotga erishish mumkin emas. Taniqli iqtisodchi olimlarning fikricha, inson kapitaliga investitsiya kiritishga nisbatan beparvolik mamlakat raqobatbardoshliligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Mamlakat iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi uchun isteʼdodli odamlarni tarbiyalash talab etiladi.Mamlakatimizda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda oʼz natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlari oʼsishini taʼminlash, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat koʼrsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qoʼlga kiritildi. Shu bilan birga, respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatdan kelib chiqib aholining ish bilan bandligi masalasi doimo oʼz dolzarbligini yoʼqotmaydi va u har doim davlat rahbariyatining diqqat markazidadir. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda tasdiqlagan PF-4947- sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon asosida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi kelgusi besh yillikda ijtimoiy-iqtisodiyot huquqiy-siyosiy taraqqiyotimizni belgilab beradigan hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |