BURUN BO‘SHLIG‘I O‘SMALARI
Xavfsiz o‘smalar. Burun bo‘shlig‘ida ko‘pincha tomirli
hosilalar paydo bo‘ladi. Ular burun shilliq pardasida paydo
bo‘ladi yoki qo‘shni sohalardan tarqab burun bo‘shlig‘iga
chiqadi – burun to‘sig‘i osteomasi, kalla asosi angiofib-
romasi. Ularning asosiy belgilari – og‘riq (bosh va yuz
sohalarida), nafas olishning buzilishi. Nafas olish qiyin-
lashishidan tashqari bemorlar burnidan qon kelishidan,
ayrim hollarda yiring ajralishidan shikoyat qiladi. O‘sma-
ning o‘lchamlarini rinoskopiya vaqtida aniqlash mumkin.
Davolash asosan jarrohlik usulida amalga oshiriladi (46,
47-rasmlar). O‘smalar olib tashlangandan keyin ularning
o‘rni elektrkauter yoki lazer nuri yordamida kuydiriladi.
46-rasm. Pastki burun chig‘anog‘ini kesish sxemasi
104
Do'stlaringiz bilan baham: |