Toshkent Tibbiyot akademiyasining 1-davolash fakultetining BIOLOGIYA fanidan tayyorlagan prezintatsiyasi Mavzu:Monoduragay chatishtirish. Allel bo’lgan genlarning o’zaro ta’siri, ko’pallellik. - REJA:
- 1.GENITIKAGA kirish.
2.Genitikaning rivojlanish tarixi. 3.Monoduragay chatishtirish. 4.Allel bo’lgan genlarning o’zaro ta’siri. 5.Ko’pallellik.
GENETIKA G enetika predm eti. Genetika tirik organizmlarning eng muhim xossalari bo'lgan irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganadi. Kishilar qadim zamonlardan buyon irsiyat va o'z- garuvchanlik sirlarini bilishga urinib kelmoqdalar. Irsiyat - tirik organizmlarning belgi va xususiyatlarini o'z nasliga o'tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli bolalar ota-onasiga, aka-ukalar esa o'zaro bir-biriga o'xshash bo'ladilar, Odamlarda tana va yuz tuzilishi, sochning hamda ko'zning rangi tashqi muhit omillarining ta'siriga qaramasdan nasl- dan-naslga o'tadi. Agar qora tanli bola Yevropada tug'ilgan bo'lsa, u o'z belgilari bilan Afrikada tug'ilgan bolalardan farq qilmaydi
Irsiy belgilarning avloddan-avlodga o'tib, uzoq muddatlarda saqlanib qolishligi (ya'ni turg'unligi) tufayli organizmlarning belgilari million yillar davomida o'zgarmasdan nasldan-naslga o'taveradi. Shuning uchun hozirgi akarimorf kanalari va chayonlar paleozoy erasida yashagan ajdodlaridan deyarli farq qilmaydi. Odamlarda ham juda ko'p irsiy belgilar misolida irsiyatning turg'unligi- ni ko'rsatish mumkin. Masalan, Angliyada graf Shryusberining 14 avlodida irsiy belgi bo'lgan sindaktiliya (ikkita va undan ortiq barmoqning qo'shilib ketishi) kuzatilgan. Avstriyalik imperator Gabsburglar avlodining ko'pchiligining jag'i oldiga turtib chiqqan bo'lgan
Irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi omil nima? Angliyalik antropolog F.Galton fik- riga ko'ra, har bir organizmda irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi o'lmas modda bo'lib, bu modda tashqi muhit omillari ta'sirida ham o'zgarmasdan jinsiy hujayralar orqali av- loddan avlodga o'tadi. A.Veysman F.Galtonning fikrini davom ettirib, irsiy belgilarning yuzaga chiqishi jinsiy hujayralarda joylashgan murtak plazmasiga bog'liq deb tushun- tiradi. Lekin vegetativ ko'payishda ham irsiy belgilarning to'liq yuzaga chiqishi, irsiyat moddasining faqat jinsiy hujayralardagina emas, balki somatik hujayralarda ham borligini ko'rsatadi. Albatta, bu tushunchalar bilan irsiy omil nimaligini izohlash juda qiyin. Irsiy omilni tushuntiruvchi fikrlar XIX asrning oxirlariga kelib paydo bo'la boshlaydi. Yadroda juda yaxshi bo'yaladigan tanachalar topilib, ular xromosomalar deb atal- di. Xromosomalarda irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar joylashganligi aniqlandi. Keyinchalik esa genning tarkibiy qismi hisoblangan DNK molekulasining asosiy irsiy omil ekanligi ma'lum bo'ldi
Tekshirish usullari. Duragaylash, sitogenetik, ontogenetik, populatsion-statistik va somatik hujayralar genetikasi usullari genetikaning asosiy tekshirish usullari bo'lib, ular yordamida turli genetik jarayonlar keng miqyosda o'rganiladi. Duragaylash eng ko'p qo'llaniladigan usul bo'lib, uning yordamida organizmlarni o'zaro chatishtirib olingan birinchi va undan keyingi bo'g'inlarda belgilarning yuzaga chiqish qonuniyatlari o'rganiladi. Duragaylash bo'yicha tadqiqotlarni faqat organizmlar darajasidagina emas, balki hujayralar daraj asida ham olib borish mumkin
Sitogenetik usuldan hujayradagi xromosomalarni o'rganishda foydalaniladi. Bu usul sitologik va genetik usullarning hamkorligiga asoslangan. Xromosomalarni suyak ko'migi hujayralarida va leykotsitlarda o'rganish juda qulay. Tibbiyot amaliyotida xromosomalarni o'rganishda asosan leykotsitlardan foydalaniladi. Sitogenetik usul yordamida kariotip, jinsiy xromatin, xromosoma mutatsiyalari, xromosoma xaritalarini tuzish, genomning kelib chiqishi va boshqa ko'pgina masalalarni hal qilish mumkin. Ontogenetik usul yordamida organizmlarning individual rivojlanish davrida genlarning belgilarni yuzaga chiqarishi o'rganiladi. Urug'langan tuxum hujayrada kelgusi organizm uchun xos bo'lgan barcha genlar bo'ladi. Lekin bu genlarning hammasi ham baravariga bir vaqtda belgilarini yuzaga chiqaravermaydi. Individual rivojlanishning embrional davrida ma'lum bir genlarning belgisi yuzaga chiqqan bo'lsa, undan keyingi davrlarda esa boshqa genlarning ta'siri yuzaga chiqadi. Organizm rivojlanishining qaysi davrida qaysi genlar ta'siri yuzaga chiqishini bilish odam irsiyatini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |