Qulmamatov ilhomjon



Download 0,73 Mb.
bet2/6
Sana12.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#336629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biologiya

Populatsion-statistik usul yordamida ma'lum genlarning populyatsiyalarga uchrashi va tarqalishi o'rganiladi. Toza populyatsiyalarda genlar bir xil nisbatda tarqalgan bo'lib, bu nisbatan uzoq yillar davomida o'zgannasdan saqlanadi. Shuning uchun bunday populyatsiyalarda genetik muvozanat saqlanadi. Lekin tabiatda ideal holda toza bo'lgan populyatsiyalar yo'q. Chunki populyatsiyalardagi genetik jarayonlarga doimo ichki va 155 tashqi omillar ta'sir qilib, uning muvozanat holatini o'zgartiradi. Populyatsiyalarni ku- zatishdan olingan natijalar matematik usullar bilan hisoblanib, populyatsiyalarning genetik strukturasi to'g'risida ma'lum xulosalar chiqariladi

G enetikaning rivojlanish davrlari. Genetikaning rivojlanish tarixini uchta davrga bo'lish mumkin: klassik (1900-1930), neoklassitsizm (1930-1953) va sintetik (1953-yil- dan hozirgacha). Genetikaning klassik davri 1900-yili bir-biridan bexabar holda uchta olimning uch xil davlatda, ya'ni G. de Friz (Gollandiya), K.Korrens (Germaniya) va K.Chermak (Avstriya) har xil organizmlarda irsiyat qonuniyatlarini qaytadan kashf qilishlari bilan boshlanadi. Irsiyat qonuniyatlarini birinchi bo'lib chex olimi G. Mendel (1865) kashf etgan edi. Lekin Mendel qonuniyatlari qaytadan kashf qilingan 1900-yil genetikaning yuzaga kelgan yili hisoblanadi. Bu davrning dastlabki yillarida genetikaning rivojla- nishida ko'p qiyinchiliklar bo'ldi. Shunga qaramasdan irsiyat qonuniyatlarini o'rganish bo'yicha yig'ilgan ma'lumotlar asosida gen nazariyasi yaratildi. O'sha davrning yirik olimlaridan V.Betcon, G.Mendel qonunlari faqat o'simliklargagina xos bo'lmasdan, mikroorganizmlarga, hayvonlarga va odamga ham oid ekanligini ko'rsatdi. 1903-yili V. Iogannsen irsiyati bir xil bo'lgan, ya'ni genetik jihatdan toza organizmlarda irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tish qonuniyatlarini, 1909-1911 -yillarda amerikalik olim T.X.Morgan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. Morgan nazariyasiga ko'ra, irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar xromosomalarda joylashgan bo'lib, shu xromosomalar orqali nasldan-naslga o'tadi.

Genetika shunday ajoyib yutuqlarga ega bo'lishi bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xoli emasdi. Ayniqsa, odam genetikasini o'rganishda ko'p kamchiliklarga yo'l qo'yildi. Masalan, F.Galton ruhiy belgilarning rivojlanishida faqat tashqi muhit omil- larigina emas, balki irsiy omillar ham o'z ta'sirini ko'rsatadi deb tushuntirdi va odam avlodini yaxshilash kerak degan xato fikrlarni ilgari surdi. U turli muassasalarda ma'ru- zalar o'qib, yevgenika (kishilar avlodini yaxshilash) fanini targ'ib qildi. Uning fikricha, kishilar orasida yaxshi genlarni ko'paytirish uchun iqtidorli odamlarning turmush sha- roitlarini yaxshilash, ulardan ko'proq nasi olish kerak. Shu davrda Amerikada, Angliya- da, Germaniyada yevgenika bo'yicha yangi kafedralar tashkil qilindi. Bu kafedralarda 1915-1920-yillari chekuvchilar, ruhiy kasallar, jinoyatchilarning farzandlari kelajakda xuddi o'z ota-onalariga o'xshagan bo'ladi degan noto'g'ri ta'limotlar yaratildi va bunday ota-onalardan farzandlar bo'lmasligi kerak deb tushuntirildi. Lekin bu ta'limot katta qarshilikka uchradi va tuzilgan kafedralarning barchasi tez orada tarqatilib yuborildi.

Genetikaning sintetik davri boshlanishida barcha genetiklarning diqqat-e'tibori irsiy axborotni o'zida saqlovchi va kelgusi naslga o'tkazuvchi DNKga qaratildi hamda uning kimyoviy tarkibi hamda strukturasi o'rganila boshlandi. Kolumbiya universiteti- ning biokimyogar olimi E.Chargoff DNK tarkibida azotli asoslardan A (adenin) miqdori T (timin) miqdoriga, G (guanin) miqdori S (sitozin) miqdoriga aynan to'g'ri kelishini aniqladi. 1953-yili J.Uotson va F.Krik DNK molekulasining strukturasi ikkita parallel zanjirdan iborat ekanligini isbot qildilar. 1955-yili S.Benzer gen bir chiziq bo'ylab joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan DNKning bir bo'lagi ekanligini kashf etdi. Bu esa nuqtaviy mutatsiyalarning bitta nukleotidning o'zgarishi natijasida sodir bo'lishini tushuntirishda katta rol o'ynadi. 1956-yili A.Korenberg DNK sintezida qatnashuvchi fermentni, ya'ni DNK polim erazani topdi. O radan ko'p o'tmasdan bakteriyada DNKning halqasim on shaklda bo'lishi va 1961-1965-yillari genetik kod (D N K kodi) aniq- landi. Shu yillarda fransiyalik olimlar F.Jakob va J.Mano oqsil sintezining boshqarilishi haqidagi ta'limotni yaratdilar. 1970-yili X.Temin va D.Baltimor RNK asosida DNK molekulasini sintez qiladigan fermentni topishdi va genetik axborotning faqat DNK va RNKga emas, aksincha, RNK molekulasidan DNKga ham ko'chirilishi mumkinligini isbotladilar.

G regor Iogann M endel va uning ta ’limoti. Genetikaning paydo bo'lishida Men- delning xizmati juda katta, lekin ko'pchilik adabiyotlarda uning hayoti va genetika fani asoschisi ekanligi keng yoritilmagan. Shuni e'tiborga olib, Mendel ta'limotini o'rgani- shni uning taijimai holi bilan tanishishdan boshlaymiz. Iogann Mendel 1822-yilda Avst- ro-Vengriyada (Sileziya) dehqon oilasida tug'iladi. Otasi vafotidan so'ng 16 yoshidan boshlab mustaqil hayotga qadam qo'yib, o'zini-o'zi boqa boshlaydi. O'rta maktabni katta qiyinchiliklar bilan tugatadi. U bolaligidan o'qituvchi bo'lishni orzu qilardi. Shu orzu yo'lida u Troppauskadagi o'qituvchilar tayyorlash maxsus kursiga o'qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatdi va o'qishga kiruvchi o'quvchilarni o'qitish bilan ro'zg'or tebrata boshlaydi. Keyinchalik falsafa bo'yicha maxsus bilim yurtiga o'qishga kiradi, bilim yur- tida cherkov bilimlaridan tashqari Mendelni juda qiziqtirgan matematika va fizika fanlari ham o'qitilar edi. Bu fanlarni yanada chuqurroq o'zlashtirish maqsadida universitetga o'qishga kirmoqchi bo'ladi. Lekin moddiy qiyinchilik uning bu orzusini yuzaga chiqi- shiga to'sqinlik qiladi. Iqtisodiy qiyinchilik uni 21 yoshida cherkovga xizmatchi bo'lib ishga joylashishga majbur qiladi

Mendel tajribalar natijalarini quyidagicha tushuntirdi: 1) birinchi avlodda paydo bo'lmagan belgi no'xatlar irsiyatida butunlay yo'qolib ket- masdan, yashirin holatda saqlanadi va keyingi avlodlarda paydo bo'ladi; 2) belgi birinchi avlodda paydo boimasdan keyingi avlodlarda paydo bo'lsa, demak, belgini yuzaga chiqaruvchi qandaydir irsiy omil (gen) bor; 3) dominant belgi bo'lgan sariq rangni yuzaga chiqaruvchi genni bosh harf "A" bilan, yashil rangli genni yuzaga chiqaruvchi genni esa kichik "a" bilan ifodalaydi va birinchi avlod duragaylari sariq bo'lsa-da, ularda ikkita gen bo'lishligini ko'rsatib, ikkita harf "Aa" bilan belgiladi. Mendel irsiyat bitta gen bilan ifodalanmasdan har biri alohida, ya'ni alternativ belgini yuzaga chiqaruvchi bir juft gen bilan ifodalanishi kerak degan xulosaga keldi. Demak, har bir organizmda ma'lum bir belgini yuzaga chiqaruvchi gen bitta emas, balki juft bo'lar ekan. Hozirgi zamon ta'rifi bo'yicha, ma'lum bir belgini yuzaga chiqaruvchi va gomologik xromosomalarning bir xil lokuslarida joylashgan bunday juft genlarni


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish