berishicha, Ubaydiy arab va
fors tillarini bilgan, turkiyda Qurʼonning tafsirini
bitgan, fiqh va tasavvuf ilmini chuqur egallagan, 18 yoshida Buxoro taxtiga oʻtirib,
jasur, tadbirkor, mohir sarkarda sifatida tanilgan.
Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul Ubaydiy sheʼriyatda Yassaviy
va Boqirgʻoniy, Lutfiy va Navoiy anʼanalariga
tayangan, ayni paytda, ularni oʻzaro
uygʻunlashtirishga kuch sarflagan shoir deb baholaydi. Boisi uning sheʼriy
uslubida soddalikka moyillik, xalqchillik va aruz vaznining goʻzal ohanglari,
mumtoz lirikaning maʼnaviy sanʼatlari bilanbirga uygʻunlashib ketgan.
Hikmatlar masnaviy, toʻrtlik shaklida yozilgan boʻlib, ayrimlari toʻla arab
tilida boʻlgani uchun ostidan tarjimasi keltirilgan. Shu bois ularni tushunish
qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo Qurʼon va hadis ilmlarini puxta bilish, Yassaviy
ijodi bilan yaqindan tanish boʻlish, tasavvufiy tushunchalarni bilmasdan, maʼnaviy
sanʼatlardan xabardor boʻlmasdan Ubaydiy hikmatlaridagi asl maʼnoni anglab
boʻlmaydi. Uning sheʼriyatida
nafsga qarshi kurash, Yaratganga sodiq oshiq
boʻlish sifatlari, ishqi ilohiy bilan koʻngilni tozartirish, ruh qushini vasl avji sari
parvoz qildirish asosiy mavzu yoʻnalishini belgilab bergan.
Oʻqish-oʻrganishning natijasi olimlikdir. Ammo olimlikning oʻzigina kishini
ulugʻlamaydi. Uning amali boʻlsa, atrofidagilarga manfaat yetadi. Shu manfaat uni
Ollohni sevuvchilar toʻdasiga olib kiradi. Yoʻqsa, har
qancha ilm uni johilga
aylantiradi, kibrga yoʻl ochadi. Bu fikrni Ubaydiy shunday ifodalaydi:
Olim kishi ilmi bila amal qilsa,
Rabboniyun zumrasinda doxil boʻlur.
Ilmi bila
amal qilmas olim, biling,
Nodonlarga doxil boʻlur, johil boʻlur.
Kitobdan oʻrin olgan 27-hikmatda oʻzbek folklorida donolik timsoli
sanalgan Luqmoni Hakimga xudo tomonidan berilgan toʻrt ming hikmatdan toʻrt
yuzini saylab olganini aytadi. Ana shu toʻrt yuzning orasidan ham toʻrttasini xush
koʻrib tanlaydi. Bular quyidagicha izohlanadi:
Ikkisin oning unuttum, ey rafiq,
Ikkisin unutmadim, qatʼan yano.
Tengrini unutmadim, biri budur,
Biri oʻlumni jahonda doimo.
Ikki kim unuttum oning, biri bu,
Yaxshilikdur kim qilib men xalqaro.
Biri budur kim, manga qildi sitam,
Oni ham yor unuttim mutlaqo.
Hikmatning vazifasi ibratdir. Unutilgan yaxshilik va zulm, esda saqlanishi
lozim boʻlgan tangri va oʻlim Ubaydiy kitobxoniga anglatmoqchi boʻlgan ibratli
hikmatidir. “Hikmatlar” 1786 baytdan iborat, 235 dan ziyod hikmat, diniy-
tasavvufiy, axloqiy-didaktik ruhdagi«Salavotnoma», «Sabrnoma», «Zavqnoma»,
«Gʻayratnoma» kabi noma janri rivojida ahamiyatli boʻlgan sheʼrlar, tarjeband,
masnaviy, ruboiy, matlaʼlar oʻrin olganligi Ubaydiy adabiy merosining serqirra
ekanini namoyon etadi. Hikmatlar majmuasi Turkiyaning “Nuri Usmoniya”
kutubxonasida saqlanayotgan devon asosida tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: