2.5-rasm. Elektrobur telemetrik tizimi (ETT) va tugunlari jamlanmasining sxemasi:
1-vertlyug (tik kо‘taruvchi); 2-elektr tokini qabul qilgich; 3-yetakchi quvur; 4-burg‘ilash qurilmasini rotori; 5-burg‘ilash tizmasi; 6-telemetrik tizimning quduq tubi apparaturasi; 7-elektrobur; 8-egrilanish mexanizmi; 9-burg‘i; 10-elektroburni boshqarish va himoyalash stansiyasi; 11-boshqaruv pulti; 12-ETT ni ma’lumotlarni qabul qilish va yozish qurilmasi.
Chuqurlik apparaturali germetik konteyner elektroburning ustki qismiga о‘rnatiladi. Konteynerga datchiklar va elektron qayta ishlovchi asboblar о‘rnatiladi. Ma’lumot yuritma kanal tarmog‘i orqali kunlik nazoratchiga yuboriladi.
Quduq tubidan olingan signal qabul qiluvchi qurilmada qayta ishlanadi va asbobga yuboriladi, shkala о‘lchanadigan qiymat kattaliklari bо‘yicha ta’riflarga bо‘lingan.
Telemetrik tizim 80 MPa gacha bо‘lgan bosimda va atrof muhitning harorati 100° S gacha bо‘lgan chegarada ishlaydi.
О‘lchash chegaralari quyidagicha: qiyalik (egilish) burchagi – 0÷100°, azimut burchak 0÷360°, og‘dirgich burchak holati 0÷360°, nisbiy xatolikni о‘lchash 2,5%.
2.6. Burg‘i quduq toifalariga qarab dastgohlarni tanlash
Hozirgi paytda ikki turdagi tub dvigatellari qо‘llaniladi – turbobur va elektrobur.
|
2.6-rasm. Stator va rotor harakat sxemasi.
|
Kichik о‘lchamli quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladigan turbin nazariyasi P.P.Shumilov tomonidan yaratilgan. Bu nazariyaga muvofiq kerakli quvvatni olish uchun talab qilingan burg‘ilash tezligiga hamda kо‘p pog‘onaga ega bо‘lishi kerak.
Turboburning rotorli parraklariga kuchli tezlikda о‘rilgan yuvuvchi eritmaning gidravlik energiyasi uni aylantiradi va yemiruvchi burg‘ini ishga tushiradi. Turbobur bir necha seksiyadan iborat bо‘ladi, bir – biri bilan bir о‘qqa biriktiriladi, birgalikda harakatga keladi. Eritma bosimi о‘zgarishi natijasida harakat tezlashadi. Turboburning kuchli aylanma harakati va tezlashish quvvati, burg‘ilash tezligi va eritmani haydab beruvchi nasosning quvvatiga bog‘liqdir.
Trubinaning hamma pog‘onalari bir xil kattalikda bо‘ladi va pog‘onalardagi quvvat hamda uskunaning aylanish tezligi proporsional ta’minlanadi.
P.P.Shumilov haydaladigan eritmani turbin ish qobiliyatiga ta’sirini quyidagi qonuniyat bо‘yicha xarakterlaydi.
Turbinning aylanish tezligi haydaladigan eritma miqdoriga proporsional:
(2.1)
Turbindagi bosimning pasayishi haydaladigan eritmaning kvadrati kattaligiga proporsional:
(2.2)
Masalan, Q – 2 marta ortsa, R – 4 marta kattalashadi va teskari.
Turbinning aylanish momenti ham haydaladigan eritmaning kvadratiga proporsionaldir.
(2.3)
Turbin quvvati (N) – Q – ning kubiga proporsional.
(2.4)
Hozirgi vaqtda kо‘p pog‘onali turboburning quyidagi turlari mavjud:
1. T12 M turdagi turbobur – bu asosan chuvur quduqlarni qazishda qо‘llaniladi. Pog‘onalar soni 100 – 200 ta. Turboburlarning diametri 235, 215, 195, va 170 mm-li о‘lchamlarda ishlab chiqariladi. U chuqurligi 2500 m bо‘lgan quduqlarni burg‘ilashga mо‘ljallangan.
2.TS–seksiyali turbobur ikkita va undan kо‘p alohida turboburlardan tashkil topgan bо‘ladi va bir – biri bilan ketma – ket ulangan. Pog‘onalar soni 200 dan kо‘p. Turbobur diametri 235, 215, 195, 170, 127 va 100 mm.li bо‘lib, N=4000 – 4500 metr chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ilashga mо‘ljallangan.
3. KTB (kolonkali turbo burg‘i) – quduqlarni burg‘ilashda nusxa olish uchun mо‘ljallangan. Turboburlarning diametri 235, 215, 195, 170 va 127 mm bо‘ladi.
4. T 12 MK (qisqartirilgan) yangi ustunlarda va quduqning egriligi о‘zgargan holda qо‘llaniladi. Pog‘onalar soni 50 va undan katta. Turboburlarning diametri 235, 215, va 170 mm-li bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |