Bog'liq 8-ma'ruza. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash usullari (2)
Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining asosiy parametrlarini asoslash Neft va gazni qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ishlari 1940 yillarda boshlangan. 1979 yilga kelib bunday quduqlar juda kо‘p burg‘ilangan. Bu vaqtgacha sanoatda tik quduqlar va gidravlik yorish usulida neft mahsulotlarini olish amalga oshirilgan.
Gorizontal quduqlar yoki о‘qiga nisbatan burilishi kuchaytirilgan quduqlar yuqori darajada neft olish imkoniyatini beradi, ya’ni quduq ustuni mahsuldor qatlam yuzasi bilan tutashish yuzasining maksimal qiymatini ta’minlaydi. Bunday quduqlarni qazishda sarf xarajatlar oshib ketadi va ularni tugallash texnologiyasining murakkabligi qо‘llanilishini chegaralaydi. Burg‘ilash texnologiyasini yuqori darajada jadallashganligi tufayli, quduqlarni burg‘ilashni texnologik tadqiqot qilishning imkoniyatining paydo bо‘lishi yuqoridagi murakkabliklarni ijobiy hal qilishga, gorizontal quduqlarni burg‘ilashni kо‘paytirishga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda gorizontal quduqlarni burg‘ilash mohiyatida gorizontal burg‘ilash uchun mos keladigan (о‘qidan og‘dirib burg‘ilash) variantlarni tanlash va undan keyin burg‘ilash, tugallash va quduqni sinash, jadallashtirish usullaridan foydalanish va neftni mahsuldor qatlam kollektorlaridan qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ba’zida quduqdan eksponensial foyda olishni о‘stiradi degan fikrlarni aytishgan.
Shuning uchun butun dunyoda gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining sanoat miqiyosida sezilarli darajada о‘sganligi, Respublikamizda ham sо‘nggi yillarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda bu usulning qо‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Gorizontal quduqlarni juda kichik radiusli egishda tarmoqlangan quduqlarning egilish radiusi 30-60 m bо‘lib, burg‘ilash jarayonida quduq stvolini kamida 60 m tik qismida 2–3 metrgacha kengaytirish talab qilinadi. Undan keyin 30–60 m balandlikda quduq 4–5 sm-li diametrda gidravlik yorish yordamida burg‘ilanadi.
Quduqlarni kichik radiusda egish 6–12 m bо‘ladi va gorizontal quduq stvolining uzunligi 60–200 metrni tashkil etadi. Tik quduqlarni burg‘ilashda birinchi boshlang‘ich deraza tirqishi tik mustahkamlash tizmasini 4,5–6 m ni tashkil etib, quduqning tik bо‘lmagan stvoli deraza tirqishi orqali о‘tadi. Kichik radius orqali gorizontal uchastkaga chiqishda quduq og‘dirgichlar va egilgan burg‘ilash konduktoridan foydalaniladi va silliq egri bо‘yin shakllantiriladi.
Quduqlarni о‘rtacha egilishida burish radiusi 90–150 m bо‘ladi va gorizontal quduqning gorizontal uchastkasi esa 450 m. ni tashkil etadi. Bunday quduqlar odatda gidravlik turbinali quduq tubi dvigateli yordamida burg‘ilanadi va gorizontallikka burishda egiluvchan burg‘ilash tizmasidan foydalaniladi. Quduqning qiyaligi har 30 metrga 2° dan burib boriladi, undan keyin esa gorizontal uchastkasi burg‘ilanadi.
Gorizontal quduqning katta radiusli burilishi 180–900 m. ni tashkil etadi, odatdagi burg‘ilash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg‘ilash burg‘isi bilan egri yuritma va gidravlik turbinli tub dvigatel birgalikda qо‘llaniladi va gorizontal qismining uzunligi 1200 m dan ortiq bо‘lishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, uzunligi 300 metr bо‘lgan gorizontal quduq mahsuldor qatlamning markazida joylashgan bо‘lsa, xuddi shu qatlamda joylashgan vertikal quduqqa nisbatan bir kunda 10 marta kо‘p neft beradi. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash va tugallash ishlariga sarflangan qо‘shimcha sarf xarajatlar tezda va amaldagi kо‘rsatkichlar bilan qoplanadi.
Uncha qalin bо‘lmagan mahsuldor qatlamlar, tabiiy yoriqli qatlamlar va kam о‘tkazuvchan qatlamlar, gaz dо‘ppili yoki qatlam tub suvli, kо‘p qatlamchali va kо‘pincha sо‘ngan qatlamlar gorizontal quduqlar bilan yoki о‘qidan og‘diriladigan quduqlar yordamida yaxshi burg‘ilanadi. Bunda boshqariladigan gidravlik yorish usullaridan foydalaniladi.
Gorizontal quduqlarda yoki о‘qidan og‘dirishga bog‘liq bо‘lgan quduqlarni burg‘ilash ishlari tasnifiy murakkabliklarga ega. Burg‘ilash eritmalari bilan mahsuldor qatlamning katta uchastkasini tutashuvida bо‘lganligi uchun qatlamni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.