Quduq burg‘ilashning zamonaviy usullari va tasnifi
Foydali qazilmalarni qidiruv chuqurligi iqtisodiy maqsadga muvofiq aniqlanadi. Quduqlar haqida kо‘proq ma’lumotga ega bо‘lish uchun Rossiya Federatsiyasida 15 km chuqurlikka ega bо‘lgan (Kolskiy ST-3) qudug‘i burg‘ilangan.
Burg‘ilash quduqning asosiy elementlari quyidagicha bо‘lib, 2.1-rasmda keltirilgan.
2.1-rasm.Quduqning umumiy sxemasi:
1- quduq usti; 2-quduq devori; 3-mustahkamlash tizmasi; 4-quduqning о‘qi; 5–quvur bilan mustahkamlanmagan quduqning stvoli; 6- halqa tubi; 7-kern; 8-yaxlit quduq tubi; 9- quduq devorlari.
D1, D2, D3-quduq oraliqlari diametri; d1t, d1i, d2t, d2i – mustahkamlovchi quvur larning tashqi (t) va ichki (i) diametri; dk-kern diametri; L1, L2 – quduqning mustahkamlash intervali chuqurligi; L3-quduqning umumiy chuqurligi
Quduqlar yer yuzasida, yer osti tog‘li qazilmalarida, yer yuzasidagi suv havzalarida (daryo, kо‘l, dengiz va okean) va akvatoriyaning tubida burg‘ilanadi.
Quduqlarni burg‘ilash yо‘nalishi bо‘yicha tik-2, qiya-1, gorizontal-3, yarim tik-5, murakkab-4 turlarda burg‘ilanadi.
Gorizontal va yarim tik quduqlar asosan yer ostining murakkab qazilmalarida, qulay sharoitga ega bо‘lgan tog‘li joylarda burg‘ilanadi.
Quduqlarning yо‘nalishi foydali qazilmalarning joylashuvi va fizik-mexanik xossalariga muvofiq burg‘ilash jarayonida yо‘nalishi о‘zgartiriladi.
Fazoda quduq о‘qining joylashuv holatiga quduqning trassasi deyiladi.
-rasm. Quduqlarning joylashuv holatlari va burg’ilash usullari:
1-qiya yo’naltirilgan quduq; 2-tik quduq; 3-gorizantal quduq; 4-yon derazani va ikkinchi stvolni burg’ilab qirqish; 5-ko’p to’pli burg’ilash.
«Burg‘ilash» va «quduq inshoot» tushunchalari mavjuddir. Burg‘ilash jarayonida kompleks jarayonlar amalga oshirilishi natijasida quduq paydo bо‘ladi.
Tog‘ jinslari quduq tubida parchalanadi.
Parchalangan jinslar quduq tubidan yer yuzasiga olib chiqiladi.
Quduq devoridagi turg‘unsiz jinslar mustahkamlanadi.
Jinslar mexanik, elektrik, issiqlik, portlatish, kimyoviy va boshqa usullar bilan parchalanadi. Hozirgi paytda tog‘ jinslari mexanik usulda har xil jins parchalovchi uskunalar yordamida parchalanadi. Jinslarni statik va dinamik kuchlar ta’sirida parchalaydi, ezadi, yumshatadi va hokazo.
Jinslarning parchalangan bо‘lakchalari quyidagi usullarda:
gidravlik –jins zarrachalari eritma (suv, gilli aralashma, maxsus yuvish eritmalari, polimerlar) oqimi bilan yuviladi;
pnevmatik – parchalangan tog‘ jinslar siqilgan havo yoki gazlar yordamida tozalanadi;
mexanik – burg‘ilash yoki0020maxsus uskunalar (burg‘ilash stakani, qoshiq yoki bо‘rama bо‘r, shnek yordamida tozalanadi;
murakkab – ya’ni burg‘ilashda aralash usullar qо‘llanishi mumkin.
Quduq devorlaridagi turg‘unsiz jinslar mustahkamlash quvurlari, yopishqoq yuvish eritmalari, sement yoki sement-tamponaj materiallari, sintetik smola, bitumlar, silikat, muzlatish, elektr-kimyoviy usullar yordamida mustahkamlanadi.
Kuchsiz turg‘un jinsli joylarda quduqlar burg‘ilanganda kо‘p holatlarda sifatli gilli eritmalar qо‘llaniladi va u yumshoq tog‘ jinslarini qotiradi, zichligini oshiradi, quduq devorlarini bosimga chidamligini kuchaytiradi. Umuman olganda quduqlarni mustahkamlashda mustahkamlash quvurlari, korroziyaga chidamli pо‘lat quvurlar, chо‘yan, asbotsement, plastmassa va boshqa materiallardan foydalaniladi.
Quduqda inshoot qurish uchun: burg‘ilash uskunasini о‘rnatish, quduqni sinash va tekshirish, qiyshiqligini о‘lchash, eritma sathini о‘lchash va qatlam suvidan namuna olish, suvni olish yordamida debitini aniqlash, quduqni tamponaj qilish, suvli qatlamlarni va yutuvchi qatlamni ajratish, filtr о‘rnatish, quduqni murakkablikdan ogohlantirish va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |