Gorizontal quduqning profili yо‘naltiruvchi qism va stvolning gorizontal uchastkasidan tashkil topgan. Profilning yо‘naltiruvchi qismi – quduq ustunining tepasidan to gorizontal uchastkaning boshlanishigacha bо‘lgan qismidir (2.4-rasm).
Quduqning gorizontal profilini uch xil turi qо‘llaniladi: katta, о‘rta va kichik radiusli.
Gorizontal quduqning katta radiusli egriligi (R>190 m) quruqlikda quduqni shoxsimon (kо‘p tо‘pli) burg‘ilashda va dengizdagi gorizontal uchastkasi 500 metrdan 1500 metrgacha bо‘lgan hamda tiklikka nisbatan katta og‘ishga ega bо‘lgan hollarda qо‘llaniladi. Bunda har 10 metr о‘tishda quduqning profili 0,7°-2° gacha og‘diriladi.
Gorizontal quduqlarni о‘rtacha radiusli egrilanishida (R=60-90 m) quduq har 10 m da 3° dan 10° gacha egrilanadi, gorizontal uchastkasi 450 m dan 900 m ni tashkil etadi.
Gorizontal quduqlarni kichik radiusli egriligi (R=10-30 m) 1,1°-2,5° gacha 1 metrga og‘diradi, gorizontal uchastkaning uzunligi esa 100 m dan 250 m gacha. Kichik radiusli gorizontal quduqlarning profili yon gorizontal ustunlarni burg‘ilashda va ishlangan yoki daromadsiz quduqlarda, quduqlarni oxirgi bosqichda ishlatishda qо‘llaniladi.
Gorizontal va yon stvolli gorizontal quduqlarni burg‘ilashda ustunning tiklikdan og‘ish profili chegaraviy egrilanishdan oshib ketmaslik kerak.
Har bir egri chiziqli va tо‘g‘ri chiziqli uchastkaning oxirgi nuqtasi quyidagi talablarga mos kelishi va ruxsat etilgan chegaraviy holatdan oshib ketmasligi kerak. Uchastkaning oxirgi nuqtasidagi zenit burchak loyihaviy kattalikdan +2°÷3° dan oshmasligi, uchastkaning har qanday qismida ustun egrilik radiusi ruxsat etilgan chegaradagi qiymatdan kichik bо‘lishi kerak.
rasm. Gorizontal quduqni katta (R>190 m), o‘rta (R=60-90 m) va kichik (R=10-30 m) burilish radiuslari bilan burg‘ilash sxemasi.
Qiya ustunning chegaraviy og‘ish kattaligi umumiy og‘ish burchakning yig‘indisiga tengdir. Quduqni har bir uchastkasida bu burchak loyihaviy kattalikning 15% dan oshmasligi kerak.
Ustunning egrilanishining haqiqiy egilish burchagi uchastkasi burg‘ilab bо‘lgandan keyin, har bir 500 metrdan kichik bо‘lmagan oraliq uchun hisoblanadi.
Gorizontal quduqlarni qazishning sifati har bir uchastkadagi zenit burchakning kattaligi bо‘yicha nazorat qilinadi, quduq ustunining chegaraviy radiusi va quduqning egrilanishi ruxsat etilgan umumiy burchakning yig‘indisi orqali, berilgan profil bо‘yicha esa quduqning burg‘ilash yо‘li telemetrik tizim yordamida tо‘xtovsiz nazorat qilib boriladi.
Telemetrik tizim quduq tubidan 15-20 metr yuqori masofaga о‘rnatiladi. Elektrobur usulida burg‘ilanganda ham telemetrik tizim qо‘llaniladi, quduqni trayektoriyasi tо‘xtovsiz boshqarib boriladi. Telemetrik tizim chuqur blokli telemetrik tizimdan (CHBTT), chuqur о‘lchov qurilmasi (CHО‘Q), yer usti telemetrik tizimi (YEUTT), yer usti о‘lchov qurilmasi (YEUО‘Q), biriktiruvchi filtr (BF) lardan tashkil topgan bо‘ladi (2.5-rasm).
Telemetrik tizim (TT) apparaturalari jamlanmasi 2.7-rasmda tasvirlangan.
Jamlanma quduq о‘lchov qurilmasidan iborat bо‘lib, u quduqqa tushiriladi. Quduqqa tushirilgan jamlanmaning maxsus moslamalari yer usti qabul qiluvchi va rо‘yxatga oluvchi (yozuvchi) qurilmalariga quduq profili haqida ma’lumotlarni signal orqali uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |