Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 11,62 Mb.
bet34/122
Sana22.07.2022
Hajmi11,62 Mb.
#835893
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Bog'liq
9 sinf afabyot (1)

Savol va topshiriqlar:



  1. Furqat umr yo‘lining qaysi jihatlari uning ijodida aks etganligini so‘zlang.

  2. Shoirning ma’rifatchilik yo‘nalishidagi asarlari vujudga kelishi omillarini ayting.

  3. Furqat sh ’riyatidagi g‘urbat tushunchasi qanday ma’nolarni anglatishi to‘g‘risida fikrlaringizni bildiring.



G‘AZALLAR

Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.


Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar1.




1Abri nayson – ko‘klam buluti.



115


Nastaran1 yuvib yuzni, yosuman2 tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.

Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a, Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar3.


Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
http://eduportalSarv-uguluzadoimtortaroh-uafg‘onar Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhid m x zon f s in,

G‘uncha qon yutub, yuz chok e i gul giribonl r4.


Kechtilar vafo ahli qolmayin u ib savsan5, Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini pa ishonlar.


Kuymasun bu savd da ne uchun dimog‘imkim, Ranj-u g‘ussada don , kechsa sh d nodonlar.




* * *

Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar” g‘aza-li – tabiat lirikasining nam nasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiat-da o‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb k chinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar k tgan kan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulis-tonlarda sayr tishga chaqiradi.


Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlar-dan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini “Shabistonida tug‘di bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada “shabiston” so‘zi xoqonning o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: “Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z”. Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgu-lik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi –




1Nastaran – gul turi; 2Yosuman (jasmin) – gul turi; 3Biyobon – dasht, cho‘l; 4Giribon – yoqa; 5Savsan – gulsafsar, qo‘g‘agul.



116


“g‘ani­mat”. Matladan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, ha-yajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z oluz­dingi­ da dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: subhiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’atiga lol-

qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat http://eduportalbilanfoydalanganshoirshunchakiaxborotberibqolmay,g‘azaxonda


kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi:

Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi s bz l r xurr m, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di ab i n ysonl r.


Furqat ko‘klam manzarasini o‘z h licha tasvi lamaydi, uni jon-lantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nasta an, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga mun sabati nuqtayi nazari-dan tasvirlaydi. Ularda “yoronlar”, ya’ni y r-j ‘ralarga intizorlik, intiq-lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki go‘zal emas, balki yaqinlarni k tib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sa-bab go‘zaldir:


Nas aran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.

Ko‘klamning ng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni jonli asvirlaydi:


Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga, Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.

Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uyg‘oq bir saharda c aqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan.





117


She’rning beshinchi baytida qo‘llangan taqlidiy so‘zlar g‘azal musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilot-lar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan. Unda jonli narsalar holati tilga olinadi. Furqatdan oldin o‘rganilgan siymo – Ogahiyning ishqiy g‘azallari tahlilida ko‘rildiki, maqtadan oldingi ikki bayt ijtimoiy, falsafiy mazmun kasb etardi. Sakkiz baytli mazkur she’rda ham oltinchi bayt-
dan g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:

http://eduportalBulbulo‘qug‘ochyig‘lab,subhidmxzonfsin,


G‘uncha qon yutub, yuz chok e i gul giribonl r.


Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi ja ayoni husni ta’lil san’ati vositasida o‘ziga xos tarzda tasvi langan. Husni ta’lil biror tas-vir yoki holatni unga, umuman, al qasi y ‘q b shqa narsa bilan da-lillash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ko‘klamning shun-doq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab n la qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon y tib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi (Aslida g‘uncha­ ning yozilishi bulbulning nolasiga aloqasi yo‘q edi). Nima uchun bul-bul subhidamda xazon faslini eslaydi? Buning sababi yettinchi baytda ochiladi. Chunki unyo an vafo ahli kechganlar. Xalqimizdagi aza-dorlarning ko‘k kiyish u umi an shoir bu baytda unumli foydalangan. G‘azalning maqtasida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishiga, qadr topmaganligiga kuyinchak munosabati aks etadi:


Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim, Ranj- g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.

Albatta, adolatparvar shoir donolarning g‘ussa chekib, no-donlarning shod yashashidan ozorlanadi va buni murakkab ramzlar vosi asida jozibali ifodalaydi. Shoir o‘z davri uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan adolat va ma’rifat muammolarini faqat faslning go‘zalligini kuylashga bag‘ishlanganday tuyuluvchi she’rning zamiriga ustalik bi-lan singdirib yuborgan.





118


* * *

Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar hinodin lolarang, G‘ozadin1 yuzlarda tob-u2, o‘smadin qoshlar tarang.


Za’faroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy3 kamzihur,


Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang



http://eduportal

Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok4,

Qo‘l bilakuzukdin muzayyan5, nuqradin og‘izda chang

Gavhar osqon halqalar siymin banogo‘shinda6 b nd,

Ko‘rinur zulfi tunida subhi sodiqdek

ng.

G‘amza birla o‘lturur, gah jilvalar bi la yu u ,

Turfa bir noz, ofarin, purishva tann

z-u satang.

Aql-u hush eltar agar tursa aritek silkinib,


Odamizod ichra ham mundoq bo‘lurmi sho‘x-u sha’ng7.


Yo‘q qutulmoqliq manga l ofati jon dastidin,


Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang8.


Ul parivash ishqi in goh telbadurman, goh sog‘, Chunki bor ur oramiz a gohi sulh-u gohi jang.


Javrlarkim, Furqat, ul sho‘xi jafojo‘9 ayladi,


Muncha bedod- sitam qilmas musulmong‘a farang10.



Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish