Savol va topshiriqlar:
1. Matladagi “Kashmir”, “mas’h r”, “jodu” va “tasxir” so‘zlari orasi-dagi ma’noviy bog‘liqlikni sezyapsizmi? Izohlang.
2. Kechasi bilan tiriklik suvi qaynab chiqadigan buloq bo‘yida tuna-gan oftobning tong an ma’shuqa boshidan zarra-zarra zar (nur) sochishini qan ay sharhlaysiz?
3. Ma’shuqa tasvirlangan baytlarni sharhlab, uning portretini tasvir-lab bering.
4. Oshiq va ma’shuqa dialogini tahlil qiling, sakkizinchi baytdagi mutoyibani tushuntirishga harakat qiling.
5. Maqtadagi “Furqat” so‘ziga diqqat qiling. U qanday ma’nolarda kelyapti?
1Juvon-u pir – yosh-u qari; 2Sahv – xato.
Nazariy ma’lumot
G‘azaldA badiIY taSVIR vosITASINING o‘rni
Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi m m-toz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha m m-toz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz adabiyotshunos ik uch qism-dan iborat — aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vaz-
http://eduportalmannikengaytiriboling.Yuqoridagibaytniquyidagichasharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal
-
ni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ah miy
|
i,
|
unsurlariga
|
ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb h
|
m
|
t l di. Ilmi
|
badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli s ‘zlash, n di , ajoyib ifoda ilmi
|
degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi g‘azallariga mur jaat qilamiz:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anj manda.
Baytni tushunishni osonlashtirish chun undagi gap bo‘laklari ni odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin k layotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men)
chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoq chi ‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deya ti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani,
menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’s uqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz
adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Yana bir holat. Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin g lning
uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona http://eduportallutfbilanaloqadorliktiklangan.Bukabibirnarsa(tasvir,hoat)ni nga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’ il (chiroyli
dalillash) deyiladi.
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qand ?
Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olina-di: tamanno qilmoq — orzu qilm q; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatba-ho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odat-dagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi.
O‘ylang-chi, shoir ma’sh qaning labi qayerda ekanligini hech kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mum-toz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, — egan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarz a yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham, labi qay r aligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor d gan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash mubolag‘a deyiladi.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda.
Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarji-ma qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iz-irob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi y r), bukun sen meni Yoqubtek (Ya’qubtek) qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin” tarzidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz ker-ak. Misralardagi Yusuf, Yoqub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi.
Rivoyatga ko‘ra, Yoqub payg‘ambarning o‘n bir o‘g‘li bo‘lib, ken-ja o‘g‘li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar, bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga hasad qilgan o‘gay akalari uni o‘ynatib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida quduqqa tashlab
yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini qonga botirib, ota-http://eduportallariga:“Yusufnibo‘riyebketdi”,—debko‘rsatadilar.Yoqubaayhis-
salom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomida ayri iq t fay i ke-cha-kunduz qon yig‘laydi. Demak, shoir: “Ey yor, o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, — degan fikrni ifodal sh uchun Yoqub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga isho a qilmoqda. She’riyatda
tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonla ga isho qilish t lmeh (arabcha “nazar solmoq”) san’ati deb yuritiladi.
Uzun sochingdin uzmasmen k ‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, b shim anda.
Bu baytda barcha gap bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen” bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima uchun baytning birinchi misrasi a yorga: “Uz n sochingdan ko‘ngulni uz-mayman”, — degan oshiq ikkinchi misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa, boshim o‘sha y rda”, — yotgani sababini aniqlashda. Bu gaplar ning bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda ma’shuqa sochlari uzunligidan uning oyog‘igacha tushib turishi tasvir-lanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “...sochi tovoniga tushadi”, — degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy. Buning ustiga, qadimda qushlar qildan yasalgan tuzoq bilan ovlan-gan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan o‘rga ilingan, albatta.
Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan, shu sochga shaydo bo‘lib, uning domiga tushgan oshiqning boshi yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misraning “Sen qayerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq ko‘ngli yorning uzun sochlariga bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas
ekan, ma’shuqaning izidan qolmaydi.
“Uzun” va “uzmasman” so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab keta
digan “uz” so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlay-di. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar ifodalayotgan ma’noni kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq (arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisobla-nadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu jonimdan aziz jonona
sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘ akdosh
|
http://eduportal
|
bo‘lib, ishtiqoqni hosil qilgan. Tahlil etilayotgan g‘aza ning “Ayog‘ing
|
qanda bo‘lsa, boshim anda” misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qa-
|
rama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlardir. She’rda bu xi d
|
gi qarshi-
|
lantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vosi si zod ( r
|
bcha “zid
|
qo‘yish” ma’nosida) deyiladi. “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing
|
ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy san’atni
|
uchratish mumkin:
|
|
|
Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum,
|
|
Qonimni g‘ussadin t
|
shurm g‘ing ne?
|
|
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir,
|
|
Jafo birla anga tosh
|
rmog‘ing ne?
|
|
Xalq orasi “qoni qaynadi” degan ibora bor. U iztirob tufay-li tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi bayt-da oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, g‘ussadan (m ning) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?” demoqda. K yingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhab-bati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. “Toshurmoq” hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z ekanligini ayqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish tajnis (“jinsdosh” ma’nosida) deyiladi.
Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, “ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar zamirida, aksariyat hollar-da, ko‘ngul (qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari ostida ishq, muhabbat, mehr ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak, ular ramziy ma’noga ega.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |