Mirzo Ulug‘bekning xayolidan “Shayxulislom Burhoniddin qay- da? Dorussaltana qoziyul-quzzoti Xoja Miskin janoblari-chi?” — degan fikr o‘tdi.
Hazrat uzun, nozik barmoqlari bilan go‘yo har bir tolasiga jilo berganday yaltillagan oppoq soqolini silab:
Bandai ojiz Muhammad Tarag‘ay, — dedi, “onhazratlari” so‘zini qo‘shmay. — Dorussaltana ulamo va amirlarining bu dargohga yig‘il- mog‘idin murodi olloning inoyati bilan Movarounnahrga sultoni salotin bo‘lgan shahzodai valiahdning amri oliylari va ulamolarning fatvolarini...
Mirzo Ulug‘bek kinoyali kulmoqchi bo‘ldi, lekin kulolmadi, yura- gini larzaga solgan ichki tug‘yon uning irodasidan ustun kelib, yuzi burishib ketdi.
Ha, hazratim. Fatvo mubohara qilmoqI uchun ilmdan ogoh bo‘lmoq darkor. Nadomatlar bo‘lg‘aykim, bu murofaagaII aqli zukko ulamolyar emas, ilm-u ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur... Zerokim, o‘g‘il bilan ota o‘rtasiga nifoq solib, farzandni o‘z padariga qayrash... Gunohi kabir emasmu, hazratim?
Rangi o‘chgan, allaqanday ichki bir g‘ururdan ko‘zlari chaqnab ketgan Mirzo Ulug‘bek oldini to‘sgan ulamolarni yorib o‘tib, to‘rdagi eshikka tomon yurdi. Dag‘-dag‘ qaltiragan a’lohazratlarining vajohati shunday qo‘rqinchli ediki, eshik oldida turgan ulamolyar beixtiyor che- kinib, unga yo‘l berishdi.
Mirzo Ulug‘bek ularning yonidan o‘tib, chetlariga tilla tasma qo- qilgan o‘ymakor eshikni shitob bilan o‘ziga tortdi. Eshikning o‘ng tava-
ki
qasi sharaqlab ochildi-yu, devorga tegib yana yopildi. Mirzo Ulug‘bek qayta yulqib ochib, ichkariga kirdi.
Shiftdagi oltin qandilga terilgan o‘nlarcha shamlar shu’lasi- da shahzodaning so‘nik yuzi go‘yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq tuyular, chuqur botgan ko‘zlari bejo charaqlar, qo‘sh-qo‘sh til- la uzuk taqilgan ingichka qoramtir barmoqlari asabiy titrardi. Mirzo Ulug‘bek allaqanday yengil tortib, taxt yonidagi oq kursiga borib o‘tir- di. Shahzodaning ganch niqobni eslatgan yuzi, qaltiroq qo‘llari, ayniq- sa, bejo javdiragan ko‘zlari uning dilida mehrga o‘xshash bir tuyg‘u uyg‘otgan, faqat qandaydir g‘urur, temuriylarga xos bir iftixor gap boshlashga qo‘ymas edi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘zini undan uzib shiftga, sham terilgan cham- barak tilla qandilga tikdi. “Yo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga o‘ltirgan har bir kimsa darhol o‘zgaradi? Odamiylikni, umri bebaqo bir faqir-u haqir ekanini darhol unutadi? Bu toj-u taxt, bu saltanat hech bir kimsaga vafo qilmasligini yodidan chiqaradi? Nainki shahzoda, bu taxt hattokim... Amir Temurga ham vafo qilmaganini tushunmaydi? Ana, go‘yo bobosi Amir Temurday gerdayib o‘ltiribdi! Bilmaydikim... Yo‘q, to‘xta, Muhammad Tarag‘ay! Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirma- gan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun — o‘z farzan- ding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting emasmu?.. Ot tep- kisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”
Do'stlaringiz bilan baham: |