г
G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur, Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur, Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Savol va topshiriqlar:
1.
2.
3.
4.
5.
7.
Musaddasning to‘la matnini o‘qib, unda ifodalangan voqea maz- munini so‘zlab bering. Unda qanday ruh, kayfiyat yetakchilik qiladi? She’rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta’rif bering.
“O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek” misrasini sharh- lang. Nima uchun shoir sayd - ohuni o‘ziga o‘xshatayapti?
Sayd obrazi she’rda faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki ramziy ma’nosi bormi?
Sayyod obraziga munosabat bildiring. U kimlarning timsolini gavdalantiradi?
Lirik qahramon Sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga munosabatiga ko‘ra uni o‘zingizga yaqin sezyapsizmi?
Ushbu she’rga Siz qanday nom (sarlavha) qo‘yardingiz?
KASHMIRDA
Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda, Ko‘zlari mas’hur-u1 yuz jodu erur tasxirda2.
Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob, Subh kelgach kecha yotib chashmai Iksirda3.
Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut4 ikov, Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.
Lam’ai5 quyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh, Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda.
1Mas’hur- joduli; 2Tasxir- zabt etish, qo‘lga olish; 3Iksir- jannatdagi bir buloq; 4Horut va Morut - rivoyatga ko‘ra kokdan ingan farishtalar bo‘lib, gunohlari uchun Bobil qu- dug‘iga tashlanganlar; 5Lam’a - porlagan nur.
Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur, “Surayi Nun” o‘qudum payvasta har tafsirda.
Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin, Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvon-u pirdaI.
Aytdim: “Ey jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir!” Aydi: “Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!”
“Nuqta lab ustida bejodur”, — dedim, aydi kulib: “Sahv2 qilmish kotibi qudrat magar tahrirda”
Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?” Man dedim: “G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”
0
Savol va topshiriqlar:
2.
3.
4.
5.
ЛГ
2.
3.
4.
5.
Matla’dagi “Kashmir”, “mas’hur”, “jodu” va “tasxir” so‘zlari orasida- gi ma’noviy bog‘liqlikni sezyapsizmi? Izohlang.
E
Kechasi bilan tiriklik suvi qaynab chiqadigan buloq bo‘yida tuna- gan oftobning tongdan ma’shuqa boshidan zarra-zarra zar (nur) sochishini qanday sharhlaysiz?
Ma’shuqa tasvirlangan baytlarni sharhlab, uning portretini tasvirlab bering.
Oshiq va ma’shuqa dialogini tahlil qiling, sakkizinchi baytdagi mutoyibani tushuntirishga harakat qiling.
Maqta’dagi “Furqat” so‘ziga diqqat qiling. U qanday ma’nolarda kelyapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |