Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet34/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Savol va topshiriqlar:

  1. G‘azal matla’sini sharhlang. Ayollarning milliy oroyish ashyolariga diqqat qiling va bugungi kosmetikaga taqqoslang. Siz qaysi birini afzal bilasiz?

1G‘oza - qizil rangli elik; 2Tob - nur, jilo; 3Arg‘uvoniy - qizil; 4Zebnok - yasangan; 5Muzayyan - bezangan; 6Banogo‘sh - quloq teshigi; 7Sha’ng - o‘ynoqi; 8Xadang - oq; 9Jafojo‘ - jafo qiluvchi; 10Farang - yevropalik, bu yerda g‘ayri din nazarda tutilgan.
Za’faroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy kamzihur, Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang” baytidagi tasvirdan kelin- chakning qanday kiyinganligini izohlang.

3.
Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok, qo‘l bilakuzukdin muzayyan, nuqradin og‘izda chang” baytiga suyanib, o‘zbek kelinchagining nafosati to‘g‘risida fikr yuriting.

4.
G‘azaldan olgan tasavvurlaringiz asosida kelinchakni o‘z so‘zlaringiz bilan tasvirlab bering. Uni, albatta, yod oling.
O‘zbek kelinchagi Furqat tasvirida” deb nomlangan quyidagi jadvalning har bir xonasini g‘azaldagi ularning mazmuniga mos kela- digan so‘z va birikmalar bilan to‘ldiring.

Milliy oroyish ashyolari va zeb-ziynatlar

Tashqi ko‘rinishi va kiyimlari

Ma’naviyati va xarakter xususiyatlari

Surma..., oltun uzuk....

Ko‘zlar qaro..., Za’faroniy ko‘ylak...

Nuqradin og‘izda chang.., g‘amza birla o‘lturur...

* * *



Biz istig‘noI eli, qichqirmag‘on ma’vog‘a bormasmiz, Agar chandeki2 xirman aylasa, dunyog‘a bormasmiz.
Agar labtashna qolsak filmasal3 sahroyi olamda, Malolat zohir etsa mavj uran daryog‘a bormasmiz.
Umid etgonimiz aksar saodat bo‘tayi haqdin4, Agarchi mis erurmiz, qimmati tillog‘a bormasmiz.
Hamisha lof urarmiz xalq aro Farg‘ona mulkida, Bag‘oyat tab’imiz ozoda deb, har jog‘a5 bormasmiz.

ki
Havo loyig‘a botqan moumanlik do‘sti xudbinkim, O‘shandoq kamzarofat1 maskani a’dog‘a2 bormasmiz.
Biz ellar - faqr elimiz, parcha nong‘a sabr aylarmiz, G‘araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog‘a bormasmiz.
Emasdur oncha asbobi jahong‘a fikrimiz, Furqat,
Vale ketguncha juz3 andishai fardog‘a4 bormasmiz.

  1. манат гати qning. uning mazmunidan kelib chiqib, “istig'no eli” birikmasining ma’nosini izohlang.

  2. Umid etgonimiz aksar saodat bo‘tai haqdin, Agarchi mis erurmiz, qimmati tillog‘a bormasmiz” baytidagi haqning sovg‘asi (bo‘tai haq) deganda nima nazarda tutilgan? Bu sovg‘a- dan umid etganlar qaysi maslak (ta’limot) asosida yashaydilar?

  3. Biz ellar - faqr elimiz, parcha nong‘a sabr aylarmiz, G‘araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog‘a bormasmiz” misralarida aks etgan qanoat tuyg‘usiga to‘xtaling.

MUSADDAS
Sayding5 qo‘yaber, sayyodI, sayyora ekan mendek, Ol dominiII bo‘ynidin, bechora ekan mendek,
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigunIII, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek,
Kes rishtanikim: qilsun chapaklar otub jasta,
Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.
Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bilan payvasta,
Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Besh kun seni davringda bechora xirom1 etsun, Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun,
Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun, Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun, Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa,
Oxir bu nechuk bedod2, olam anga tor o‘lsa, Chiqmay desa joyidan, uzlatda3 figor4 o‘lsa,
Gar chiqsa banogohi domiga duchor o‘lsa.
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Sargashta bu vodiyda bir boshig‘a rahm etgil, Yoq toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil, Rahm etmasang o‘ziga, yo‘ldoshiga rahm etgil, Yig‘lab senga termulur, ko‘z yoshig‘a rahm etgil, Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan, Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan, Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan,
Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘roqlabsan, Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur, Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur,
1 Xirom - yurishi; 2Bedod - zulm; 3Uzlat - yolg‘izlik; 4Figor - yarali.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish