Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet31/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1.
2.
3.
Yetishdi, Ogahiy, qish mavsumi, vah, emdi naylarsan, Ki, qottig‘dur qari-yu ojiz elga borcha ishdin qish.
Savol va topshiriqlar:
Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish”
misrasida ham qofiya, ham radif bo‘lib kelayotgan “qish” so‘ziga qanday badiiy vazifa yuklanganligini tushuntiring.
Ikkinchi baytda qishdagi nochor odamning holati berilgan tasvirni izohlang.
Ushbu she’rni yozishdan Ogahiy qanday maqsadni ko‘zlagan deb o‘ylaysiz?


Nazariy ma’lumot
LIRIKA HAQIDA
Lirika - badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri. Bu ata- ma yunoncha “lira” so‘zidan olingan. Lira musiqa asbobi bo‘lib, qa- dimda she’rlar uning jo‘rligida aytilgan. Epik va dramatik turdan farq- li o‘laroq lirika voqelikni emas, balki inson ichki olamining suratlari bo‘lgan ruhiy kechinma, his-tuyg‘ularni tasvirlaydi. Ayni paytda bu tur- dagi asarlarning yaratilishida hayot hodisalarining ham o‘rni borligini ta’kidlash zarur. Negaki, odamning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘olib, harakatga kelavermaydi. Unga ijtimoiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy ho- disalar sabab bo‘ladi. Odam bekorga xursand bo‘lmagani kabi behu- daga iztirob chekavermaydi. Hodisalar ruhiyatda kechinmalarga sa­bab bo‘ladi, sabablar tuyg‘ularni ifodalashga turtki beradi va buning natijasida shoirlarning ong-u shuurida she’r tug‘iladi.
Lirik asarlar, ya’ni she’riyatning qator o‘ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, lirik asarlar asosan she’riy shaklda yoziladi. She’riy shakl deyilganda, vaznga solinishi, qofiyalanishi, ma’lum satrlar yig‘indisi bo‘lmish bandlardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi. O‘zbek she’riyati- da barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari keng qo‘llab kelinmoqda. Ikkinchisi, eng asosiysi, unda insonning ruhiy holat va kechinmalari qalamga olinadi. Uchinchisi, ko‘p hollarda poetik maqsad talabi bi­lan inversiya (gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi)ga murojaat qilina- di. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, shoirlarning ijodiy izlanishlari natijasi o‘laroq XX asr boshlaridan adabiyotimizda nasrdagi she’rlar (nasrdagi nazmlar, mansuralar) paydo bo‘ldi. Bunday she’rlar Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov kabi shoirlar ijodida uchraydi.
Lirik tur o‘z ichida janrlarga bo‘linadi. Janr ma’lum bir she’riy shaklni ifodalaydi. Masalan, mumtoz adabiyotda lirik turning g‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, murabba’, muxammas, tarje’band kabi bir necha shakllari, ya’ni janrlari bo‘lsa, boshqa xalqlar she’riyatida so­net, oda, elegiya, oktava, xokku kabi janrlarni uchratamiz.
She’riy asarni baholashda unda nima va qanday aytilayotgani g‘oyat muhim sanaladi. Buni quyidagi bayt tahlili bilan tushuntiramiz:
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun, yuzumni evursam, balo manga. (Bobur)
Baytda lirik asarga xos barcha xususiyatlar jamlangan. She’riy shaklda, ya’ni vaznga solingan (aruz o‘lchovida), qofiyalangan (beva­fo - balo). Shuningdek, “keltursa” fe’li sintaktik vazifasiga ko‘ra kesim bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, gapning oxirida emas, boshida kelmoq- da. Ega va boshqa bo‘laklar undan keyin joylashgan, demak, inver­siya bor.
Voqelik - lirik qahramonning ishqqa giriftor bo‘lishi va ma’shu- qaning bevafoligi. Lekin she’rda mazkur holatni bayon qi I i sh asosiy maqsad emas, balki ishq tufayli oshiq boshiga tushgan ichki iztirob- larni tasvirlash muhim. Ma’shuqaning bevafoligi tufayli oshiq ichki qiy- noqlar girdobida qoladi (yuz balo boshiga kelayotgan oshiq holatini tasavvur qiling). Ko‘rayotgan shuncha jafosiga qaramay oshiqning ke-
chinmalari - ko‘ngilda bergan qarori o‘zgacha. Jafo qiluvchiga (yorga) gina-kudurat qilmaydi, yozg‘irmaydi, undan voz kechmaydi, aksincha, u keltirayotgan balolarga quchoq ochadi. Sababi oddiy: suyuklidan kelayotgan azoblar ham sevimli. Bu, yuqorida ta’kidlanganidek, ni- mani aytilayotgani.
Endi, shu kechinma va tuyg‘ular qanday aytayotganiga e’tibor qaratamiz. Birinchi va ikkinchi misralardagi "yuz” so‘zlari omonim (yuz soni va inson tanasining qismi) bo‘lib, ularning qo‘llanilishi taj- nis san’atini yuzaga keltirmoqda. Ikkinchi misradagi "yuz” so‘zini ikki ma’noda tushunish mumkin: birinchisi, yordan kelayotgan balolardan yuzimni o‘girsam, menga balolar bo‘lsin ma’nosida. Ikkinchisi, birinchi misradagi "yuz balo” iborasidagi "yuz”ni ayirsam, menga qolgani balo bo‘ladi ma’nosida.
Keyingi "yuz” bir o‘rinda qo‘sh ma’noni berayotgani iyhom san’atini hosil qilmoqda. Ayni paytda baytni yaxlit holda a) to‘rtta gap- dan; b) uchta gapdan iborat murakkab qo‘shma gaplar tarzida tahlil qilsa bo‘ladi.
To‘rtta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni keltirsa; 2) kelsin, ya’ni o‘sha balolar kelaversin (to‘liqsiz gap); 3) agar balolardan yuzimni o‘girsam (nomustaqil kesimli gap); 4) balo manga bo‘lsin.
Uchta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz balo­ni keltirsa; 2) agar ulardan yuzimni o‘girsam; 3) menga balo kelsin. Ikkinchi misra boshidagi "kelsun” misra oxiridagi ega va to‘ldiruv- chidan iborat "balo manga” uchun kesim vazifasini o‘tamoqda.
Ko‘rinadiki, lirikada nimaning qanday aytilayotganini tahlil qilish uning san’at asari sifatidagi qimmatini, o‘ziga xos badiiyatini, shuning- dek, shoir mahoratini ochishning omili bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish