Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet33/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Savol va topshiriqlar:

1.

Furqat umr yo‘lining qaysi jihatlari uning ijodida aks etganligini




so‘zlang.

2.

Shoirning ma’rifatchilik yo‘nalishidagi asarlari vujudga kelishi




omillarini ayting.

3.

Furqat she’riyatidagi g‘urbat tushunchasi qanday ma’nolarni




anglatishi to‘g‘risida fikrlaringizni bildiring.

G‘AzALLAR



Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar1.
1Abri nayson - ko‘klam buluti.
Nastaran1 yuvib yuzni, yosuman2 tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a,
Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar3.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar4.
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan5,
Kiydi ko‘k qilib sunbul zulfini parishonlar.
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
* * *
Furqatning „Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar“ g aza- li - tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiat- da ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulis- tonlarda sayr etishga chaqiradi.
Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlar- dan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini "Shabistonida tug‘di bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada "shabiston” so‘zi xoqonning o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: "Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z”. Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi
1 Nastaran - gul turi; 2Yosuman (jasmin) - gul turi; 3Biyobon - dast, cho‘l; 4Giribon - yoqa; 5Savsan - gulsafsar, qo‘g‘agul.

  • g‘animat”. Matla’dan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z ol- dingizda dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: sub- hiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’ati- ga lol-u qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g‘azalxonda kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi:

Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jon- lantiradi. U atrofdagi har bir unsurni - masalan, nastaran, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazari- dan tasvirlaydi. Ularda „yoronlar“, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiq- lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sa- bab go‘zaldir:
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar - yoronlarni kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni jonli tasvirlaydi:
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga,
Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uygo‘q bir saharda chaqmoq chaqdi - butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan.
She’rning beshinchi baytida qo‘llangan taqlidiy so‘zlar g‘azal musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilot- lar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan. Unda jonli narsalar holati tilga olinadi. Furqatdan oldin o‘rganilgan siymo - Ogahiyning ishqiy g‘azallari tahlilida ko‘rildiki, maqta’dan oldingi ikki bayt ijtimoiy, falsafiy mazmun kasb etardi. Sakkiz baytli mazkur she’rda ham oltinchi bayt- dan g‘azalga ijtimoiy ma’no kirib kela boshlaydi:
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.
Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni husni ta’lil san’ati vositasida o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Husni ta’lil biror tas- vir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalil- lash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish. Ko‘klamning shundoq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yubora- di. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi (Aslida g‘un- chaning yozilishi bulbulning nolasiga aloqasi yo‘q edi). Nima uchun bulbul subhidamda xazon faslini eslaydi? Buning sababi yettinchi baytda ochiladi. Chunki dunyodan vafo ahli kechganlar. Xalqimizdagi azadorlarning ko‘k kiyish udumidan shoir bu baytda unumli foydalan- gan. G‘azalning maqta’sida shoirning vafo ahlining nohaq ranjitilishi- ga, qadr topmaganligiga kuyunchak munosabati aks etadi:
Kuymasun bu savdodan ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
Albatta, adolatparvar shoir donolarning g‘ussa chekib, no- donlarning shod yashashidan ozorlanadi va buni murakkab ramzlar vositasida jozibali ifodalaydi. Shoir o‘z davri uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan adolat va ma’rifat muammolarini faqat faslning go‘zalligini kuylashga bag‘ishlanganday tuyuluvchi she’rning zamiriga ustalik bi­lan singdirib yuborgan.

  • * *

Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar hinodin lolarang, G‘ozadin1 yuzlarda tob-u2, o‘smadin qoshlar tarang.
Za’faroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy3 kamzihur,
Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang.
Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok4,
Qo‘l bilakuzukdin muzayyan5, nuqradin og‘izda chang.
Gavhar osqon halqalar siymin banogo‘shinda6 band, Ko‘rinur zulfi tunida subhi sodiqdek arang.
G‘amza birla o‘lturur, gah jilvalar birla yurur,
Turfa bir noz, ofarin, purishva tannoz-u satang.
Aql-u hush eltar agar tursa, paritek silkinib,
Odamizod ichra ham mundoq bo‘lurmi sho‘x-u sha’ng7.
Yo‘q qutulmoqliq manga ul ofati jon dastidin,
Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang8.
Ul parivash ishqidin goh telbadurman, goh sog‘,
Chunki bordur oramizda gohi sulh-u gohi jang.
Javrlarkim, Furqat, ul sho‘xi jafojo‘9 ayladi,

an
Muncha bedod-u sitam qilmas musulmong‘a farang10.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish