hamlet
(qisqartib olindi)
Ishtirok etuvchilar:
Hamlet. Avvalgi qirolning o'g'li, hozirgi qirolning jiyani. Klavdiy. Daniya qiroli.
Horatsio. Hamletning do‘sti.
Marsell. Askar.
Poloniy. Saroy noziri.
Laert. Poloniyning o'g'li.
Rozenkrans
Gildenstern.
Aktyorlar, ikki masxaraboz - go'rkov.
Gertruda. Daniya qirolichasi, Hamletning onasi. Ofeliya. Poloniyning qizi.
Hamlet otasining arvohi.
Birinchi parda
4-sahna Qasr oldidagi maydoncha.
Hamlet, Horatsio, Marsеll kirishadi.
Hamlet: Soat necha bo‘ldi ekan?
Horatsio: Sal kam o‘n ikki.
Marsеll: O‘n ikkidan oshdi. Boya zang urdi.
Horatsio: Qarang, shahzodam!
(Arvoh kiradi).
Hamlet: Panoh bo‘ling bizga, osmon farishtalari!
Kimsan, ruhi Yazdonmisan yo zilli shayton? Jannat nafasimi yoki do‘zax hovuri,
Niyatingda savobmi yo kufrmi pinhon?
Ne bo‘lmasin, larza solding tashrifing bilan,
Shu sababdan yolboraman, sendan so‘rayman. Men so‘rayman sendan, aziz padarim Hamlet, Hukmdorim, podshohim, javob bergaysan! G‘aflat aro qolib ketmay. Javob ber menga, Nechun zulmat makoningni bundoq tark etib, Kafaningni yulib-yulqib otibsan nega?
Biz jasading qo‘yib kelgan o‘sha sag‘ana Tosh jag‘larin yirib ming bir mashaqqat ila, Nechun ozod qo‘ymish seni? Nechun, izoh ber? Jonsiz jasad yarog‘ taqib, nechun musallah1? Tun qo‘ynini asoratga to‘ldirib bundoq,
Oy nurida yoyib haryon qo‘rqinch, vahima, Nechun bizning tomirlarga larza solursen? So‘ngsiz muammolar bilan o‘rab olursen? Nechun?
Ne sababdan?
Gapir, farmoning nima?
Arvoh Hamletni imlaydi.
Musallah - qurollangan.
Horatsio: Birga yur, deb imlayapti, nazarimda u
Nimanidir yolg'iz sizga aytmoq istaydi, yolg'iz sizga. Marsell: Qarang, qanday nazokat ila
Sizni da’vat etayotir, yur, deb yiroqqa,
Ammo bora ko'rmang.
Horatsio: Balli, bormang sira ham.
Hamlet: Bu yerda u og'iz ochmas.
Qo'ying, boraman.
Horatsio: Yo'q-yo'q, bormang, shahzodam.
Hamlet: Xo'sh, nimadan qo'rqay?
Hayotimni bir chaqaga ko'raman qimmat.
Axir, nechuk yetkazolsin ruhimga zahmat.
Ruhim uning o'zi kabi boqiy emasmi?
Tag‘in imlayapti meni.
Qo'ying, boraman.
Horatsio: Ha, mabodo suv bo'yiga boshlab borsa-chi,
Yoki dengiz uzra shundoq osilib turgan Dahshatli bir qoya toshga - jar yoqasiga,
Unda mudhish bir falokat ro‘y bera qolsa,
Aqlingizni olib, sizni jununga solsa,
Nima bo'lur? Bu to'g'rida o'ylab ko'ring-a?
O'sha cho'ng qoyada turib, qaragan kishi Shusiz ham es-hushdan tamom ayrilib qolar... Hamlet: Yana imlayapti. Boshla! Boraman!
Marsell: Toxtang!
Hamlet: Qo'lingni tort!
Horatsio: Esingizni yig'ing, shahzodam.
Hamlet: Qismatimning ovozidir axir, bu ovoz,
Menga arslon qudratini baxsh etgani rost.
Arvoh imlaydi.
Hamon imlar, yo‘l bo‘shating, menga, janoblar! Ularning qo‘lidan yulqinib chiqadi.
Yo'l to'sganni naq arvohga aylantiraman!
Qoch, nari tur, dedim!
Qani, boshla, boraman.
Arvoh va Hamlet ketadilar.
5-sahna
Maydonchaning uzoq bir chеkkasi. Arvoh va Hamlet kiradilar.
Hamlet: Hey, qayoqqa boshlayapsan? Boshqa bormayman. Arvoh: Mendan ko‘zing uzma.
Hamlet: Ko‘zim senda.
Arvoh: Keldi payt
Ki, hademay men o‘zimni otishim kerak Jahannamning oloviga.
Hamlet: Bechora arvoh!
Arvoh: Qo‘y, achinma menga, lekin aytganlarimni Jon qulog‘ing bilan tingla...
Hammasini eshit avval...
Hamlet: Nima deding?
Arvoh: Men otangning arvohidirman,
Kechalari hayron-sarson kezib yurmoqqa, Kunduzlari jahannamda yonmoqqa mahkum. Gunohlarim yonib ado bo‘lmaguncha to Davom etar bu mazallat, bu qora savdo. Zindonimning sirlarini ayta olmayman,
Ammo kichik bir hikoya so‘zlasammi, bas,
Joning halqumingga kelib, qotar qonlaring, Yulduzlar o‘z mehvaridan otilgan kabi,
Ko‘zlaring naq xonasidan chiqar shu nafas.
Soching tikka turib, unda har bitta mo‘ying Quturgan jayraning o‘tkir nayzalariday,
Tikkayardi, xuddi sachrab otilmoqqa shay.
...Ammo, eshit, eshitib ol, eshitgil, evoh,
Sen otangni chindan sevar bo‘lsang mabodo... Hamlet: Yo Rabbiy!
Arvoh: Shum qotillikning qasosini ol.
Hamlet: Qotillikning?
Arvoh: Ha, qotillik o‘zi - qabohat,
Ammo mash’um qabohatning qabohati bu!
Hamlet: So‘zla, toki men shu zamon chiqazib qanot,
Tasavvur va tafakkurning tezligi bilan qasos sari uchay. Arvoh: Shaysan, ko‘rib turibman.
Kim bo‘larding, agar shunday tug‘yon urmasang?
O‘lik daryo suvlarida bujmayib o‘sgan,
Baqa to‘ni, sassiq alaf bo‘larding balkim.
Eshit, Hamlet, meni bog‘da uxlab yotganda Ilon chaqib o‘ldirdi, deb etishdi e’lon.
Elni amal-taqal qilib aldashdi shundoq,
Ammo, o‘sha - meni chaqib o‘ldirgan ilon Tojim kiyib o‘ltiribti.
Hamlet: Amakim!..
Arvoh: Ha, o‘sha fosiq, riyokor banda,
Makr bilan xushomadga qobil sharmanda.
...Xullas, turfa nayrang bilan, xushomad bilan Malikani xiyonatga boshladi bezbet.
Qanday og‘ir bir razolat ro‘y berdi, Hamlet! ...Chamamda, tong nasimi g‘irillab qoldi.
Oshiqaman. O‘shanda men bog‘ ichra tanho Tushki ibodatdan keyin uxlab yotarkan,
Men tomonga pisib kirmish amaking - qotil,
Qo‘llarida la’nati u zahri halohil1 Va o‘shani quymish mening qulog‘imga u,
Bilasanmi, u simobdek yovuz bir og‘u,
Qonning kushandasi, qonga chovut soladi,
Yuguradi, bir nafasda chirmab oladi.
Sutga sirka solinganday, qoningni shu dam Uvitadi. Shu baloga yo‘liqdim men ham.
Bir nafasda xuddi moxov ochgandek Lazar2,
Badanimni bosib ketdi yiring-yaralar.
Ukam qo‘li bilan uyqu qo‘ynida shu zum,
Mol-u mulkim, malikamdan etildim mahrum,
Osiy umrim cho‘rt kesildi tomiridan to,
Na tazarru ayta oldim, na bir alvido.
1Zahri halohil — o‘tkir, o‘ldiruvchi zahar; 2"Injil"da keltirilgan rivoyatga ko‘ra qarg‘ish tekkan Lazar bir nafasda moxov bo‘lib qolgan.
O, bu dahshat, dahshat, dahshat! Nomus ila or Yuragingni yondirmasa, urinma bekor. Daniyaning podsholari uxlagan to‘shak Fisq-u razolatga xizmat etmasin, qo‘yma.
Qodir qasos qanday qoyim bo‘lmasin, faqat Sen ruhingni musaffo tut, onangga tegma. Unga odil hakam, uning loyiq javobi - Tangri taolo-yu, yana vijdon azobi.
Xayr, endi fursat yetdi! Yaltiroq qurtlar Tongga peshvoz chiqib, asta so‘nayotirlar. Alvido, alvido, unutma meni!
Ketadi.
Hamlet:
Ey, osmon! Ey, zamin! Qay bir qiblagoh Yana tinglar meni? Balki, qora jahannam? Yurak, chiqib ketma, to‘xta! Yurak, ber chidam! Oyoqlarim bukilmangiz! Tutingiz raso!
U “Unutma” dedi. Sira unutarmanmi?
Bechora ruh, shu shikasta kallada chindan Bir xotira yashar ekan, unutarmanmi?
Men xotiram ko‘zgusidan o‘chirgum tamom Taassurotlarimning butkul alomatlarin, Kitoblardan olgan so‘zlar, hikoyatlarim, Bolalikdan mushohada lavhiga tushgan Tasavvurlarim-u sir-u sinoatlarim,
Horatsio:
Hamlet:
Horatsio:
Hamlet:
Horatsio:
Hamlet:
Xotiramning butun daftar, butun kitobin Olaquroq qilmay, yaksar yozib chiqarman - Yolg‘iz sening so‘zing, sening farmoning bilan, Xuddi Tangri qarshisida tikka turganday! (Sahna ortidan)
Eh-he-ey, shahzodam, qayoqdasiz?
Eh-he-ey, jo‘ralar, bu yoqqa!
Horatsio bilan Marsell kirishadi.
Nima gap, shahzodam!
O, koni mo‘jiza!
Ayting, shahzodam!..
Mayli, aytsam ayta qolay: shundoq bo‘lishi
Kimning xayoliga kelmish? Ammo bu gaplar Oramizda qoladi-ya?
Horatsio: Hamlet: Horatsio va
Hamlet:
Horatsio:
Marsell:
Hamlet:
Marsell:
Hamlet:
Do'stlaringiz bilan baham: |