(Kattakon tog‘orani arang ko‘tarib Qumri chiqadi.)
Qumri: — G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir qilib kim bilan gaplashyapsiz, dada-
si?
Qo‘chqor: — (Tomoshabin tomonga qaraganicha, o‘ta jiddiy.) Menmi? Xudo bilan gaplashyapman.
Qumri: — (Erining bu gapini hazil tushunib.) Rostdan-a? Xo‘sh, Xudo sizga nima dedi?
Qo‘chqor: — (Tomog‘iga allanarsa kelib tiqilganday, yutinib olib.) Ey, esi yo‘q bandam, dedi, shukronalar keltirki, xotiningni odam qilib yaratganman, yo‘qsa u allaqachon zapchast bo‘lib ketardi, dedi...
(Qumri bu gapga kulib qo‘ya qoladi, so‘ng odatdagiday uy yu- mushlariga sho‘ng‘ib ketadi. U to parda yopilgunga qadar u-bu ish bilan band bo‘ladi. Qo‘chqor xayolga botganicha o‘sha ko‘yi to- moshabinga tikilib turaveradi. Qayerdandir, boshqa hovlidan bo‘lsa kerak, bizga tanish o‘sha baxtu iqbol haqidagi qo‘shiq eshitiladi: „Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suray- lik. Iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik...“)
BU
Savol va topshiriqlar:
Qumri obrazini tavsiflab bering. Asar matnidan uning odam, ayol, xotin va ona sifatidagi xususiyatlari ifodasini toping.
Qo‘chqor yuziga Qumrining qo‘llarini bosganda ayol tushgan holat sababini izohlang.
Olimjonning: „Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, „qiynalib ketdim“ deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ish lataveradimi axir!“ shaklidagi noroziligiga diqqat qiling. Alomat bilan o'zbek ayollari hayotini solishtiring.
Alomatning halokati sabablari borasida o'ylayotgan Qo'chqorning: „Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...“ tarzidagi mulohazasiga e’tibor qiling. Qahramonning shu fikrlariga asoslanib, onangiz, opangiz, yaqinlaringiz
bo‘lmish o‘zbek ayollari hayoti haqida fikr qiling.
Asarning: „Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik“ qo'shig'i bilan yakunlanishini qanday izohlaysiz? O'z ahvolini taftish va tahlil qilmaslik, o'zining aslida qanday yasha- yotganini bilmaslikni fazilat deb bilasizmi yoki ayb?
Komediyada muallifning ijodiy topildig'i hisoblasa bo'ladigan qanday tasvirlarni ko'rsata olasiz?
7 Muallifning tildan foydalanish mahorati haqida fikr bildiring.
Qo'chqor tilini Olimjonning so'zlash yo'sini bilan,
Alomatnikini Qumrining nutqii bilan solishtiring.
“TEMIR xOTIN” KOMEDIYASI HAQIDA
“Temir xotin” komediyasi badiiy saviyasi va estetik qimmati jihatidan nafaqat Sharof Boshbekov ijodi, balki o‘zbek dramaturgiyasi- da betakror hodisa hisoblanadi. Bu pyesa oldin respublika teatr festi- valida bosh sovringa loyiq topildi. So‘ngra O‘rta Osiyo respublikalari orasida o‘tkazilgan teatr festivalining mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Ushbu asar asosida badiiy film, operetta ishlandi. Asarda muallifning xalq hayotini puxta bilishi, millatga xos ruhiy belgilarni o‘ta nozik ilg‘ashi yorqin namoyon bo‘lgan. “Temir xotin” asari chinakam iste’dod istagan hayot hodisasidan tengsiz badiiy asar yarata olishi mumkinligini ko‘rsatdi. O‘zbek adabiyotida bu komediya singari xalq hayotini butun murak-
kabligi bilan aks ettirgan boshqa bir asarni ko‘rsatish qiyin. Millat tirikligining fojiali manzarasini kulgili yo‘sinda ko‘rsatishi jihatidan esa pyesa tengsizdir.
Muallif asar boshidayoq Qo‘chqorning ro‘zg‘oridagi barcha nar- sada nimadir yetishmasligini aks ettiradi. Tasvirning shundayligi sa- babini anglagan kishigina komediyaning hayotiy asosi va badiiy o‘zi- ga xosligini tushuna oladi. Qo‘chqorning uyidagi derazaning bir ko‘zi yo‘qligi, romlardan biri bo‘yalgan bo‘lsa, boshqasi bo‘yalmagani, so‘rining bir oyog‘i yetishmasligi, choynakning jo‘mragi singani, piyo- laning labi uchgani kabi kemtikliklar tasviri qahramonning g‘arib tur- mush tarziga ko‘nikkan va boshqacha yashashni xayoliga ham keltir- maydigan odam ekanini namoyish etishga xizmat qilgan.
Qo‘chqorning ayoliga qilayotgan muomala yo‘sini tasviri o‘zbek oilasidagi o‘zaro munosabatlarni hayotiy aks ettirishning go‘zal namu- nasidir. Qo‘chqor ko‘pchilik o‘zbek erkaklari singari ayoliga tepadan kelib muomala qiladi. Ayni shu jihat bu timsolning milliyligi va hayo- tiyligini ta’minlagan. Qo‘chqorning sodda, dovdir, ayni vaqtda, topqir, chapani, so‘zamol, hazilkash va maqtanishga moyil odamligi uni o‘quvchiga yoqimliroq ko‘rsatadi. Ichib to‘polon qilgani uchun bog‘lab tashlanganini bilgan Qo‘chqorning ayoli Qumriga: “Bo‘pti, kechirdim, qo‘lni yech”, — degani ham uning o‘sha paytdagi holatiga mutlaqo mos kelmasligi ham qahramon shaxsiyatiga xos jihatlarni ko‘rsatishi bilan e’tiborni tortadi. O‘zi tushgan har qanday holatga ko‘nikaveradi- gan, ayni vaqtda, o‘zini vaziyatning egasi sanaydigan Qo‘chqor siyra- ti shu tarzda namoyon bo‘ladi. Komediyadagi: “Qo‘chqor ekan deb bog‘lab tashlayveradimi?” tarzidagi e’tirozida qahramonning gapga chechanligi ko‘rinadi.
O‘zbekcha o‘ylash, milliy ruhni namoyon etish asar qahramon- larining har bir gapi va xatti-harakatida ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Qumrining: “Aytadiganingizni aytdingiz...”, — degan birgina gapining tagida ulkan ko‘ngilsizlik yotganligini payqash mumkin. Ehtimol, qahramon mastlik bilan ayolini “ket” degandir. Ma’lumki, o‘zbek oilasida ayolni “ket” deyish - taloq qilishga yaqin bir holat. Shu bois bobo- lar bu so‘zni qo‘llashdan saqlanganlar. Fikrini zo‘riqtirgan o‘quvchi Qo‘chqorning qiliqlariga shu vaqtgacha chidab kelgan Qumrini onasi-
nikiga ketishga majbur qilgan sabab nimaligini taxmin qilishi mumkin. Asarda Qumri tilidan uning aynan onasinikiga ketayotgani ta’kidlani- shi ham bejiz emas. Nega “otasiniki”ga emas, “onasiniki”ga? Chunki turmushga chiqqan o‘zbek qizi uchun otaning oldiga qaytib borish - juda ham og‘ir. Ortiga qaytmaydigan holdagina ernikidan otanikiga ketiladi. Ota qizining qaytib kelishini og‘ir qabul qiladi. Isnod, nomus deb biladi. Shu bois otasi bor qizlarning kuyovinikidan qaytib kelishi unchalar oson emas. Ona esa haq-nohaqligidan qat’i nazar, hamisha farzandi yonini oladi, uni tushunadi va kechiradi. Shu bois onaning oldiga ko‘z yosh to‘kib borish osonroq.
Asarda o‘zbek tilining ma’no jilvalari to‘la namoyon bo‘lgan. Qo‘chqorning nutqidagi o‘ziga xoslik timsolning ichki dunyosini ang- latishga xizmat qiladi. Chunonchi, Qo‘chqor tilidan ko‘p ishlatilgan “rakatopsin” so‘zi, uning sal narsaga lovullab ketaverishi tasviri o‘quv- chida qahramon shaxsi haqida aniq tasavvur uyg‘otadi.
Qumri timsolida o‘zbek ayoliga xos jihatlar ulkan mahorat bilan aks ettirilgan. Bu obrazda ayollarimizdagi eng yuksak insoniy fazilat- lar ustalik bilan tasvirlangan. Komediya nihoyasiga yaqin Qo‘chqor Qumrining qo‘llarini yuziga bosganda ayol qanday holatga tushgan- ligi ifodasi milliy ruhni aks ettirish borasida ham, o‘quvchida o‘zbek ayolini anglash tuyg‘usini shakllantirish bobida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Komediyada o‘zbek ayoli ruhiyati o‘zining cheksiz ko‘lami va yuksak ezguliklari bilan yorqin aks ettirilgan. O‘zbek ayolining qudrati ojizligida, o‘z kuchu imkoniyatini namoyish qilavermasligi, hatto, buni bilmasligida ekani mislsiz bir mahorat bilan ko‘rsatiladi. Qo‘chqor ayoliga “ko‘p o‘qishi” bilan maqtanganda Qumri erining aslida o‘qimish- lilik darajasi qandayligini juda yaxshi bilgani holda uni fosh etmay- di, uyaltirmaydi. Erni yolg‘onchi qilishga o‘zbek ayolining ichki odobi yo‘l qo‘ymasligini muallif sezdirmay ko‘rsatgan. Bu holat tasviri asar- ni tushunishda ham, qahramonlar tabiatini izohlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Uorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning taniqli kishilaridan bo‘lib, shahar bosh- qaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri kambag‘al- lashgan dvoryan Robert Ardenning qizi edi. O‘smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o‘g‘illari bepul tahsil ko‘radigan hamda, asosan, til va adabiyot o'rgatiladigan maktabda ta’lim olgan. Bo'lajak adib cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so‘ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yilning 27- noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga uylangani hamda to'ng'ich farzandlari Syuzen 1583- yilning 26- mayida, egizaklari: Hamlet va Judit 1585- yilning 2- fevralida cho'qintirilgani bitilgan.
Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. U 1593- yilga qadar bironta asar e’lon qilgan emas. Shekspir 1593- yilda “Venera va Adonis” deb nomlangan dostonni chop ettirdi. Adabiyotning homiysi bo‘lmish yosh gersog Sautgemptonga bag‘ish- langan bu asar kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ket- ma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz
“Lukresiya” nomli katta dostonni e’lon qildi. Shu yilning 28-dekabrida “Greyz Inn” teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari o‘ynal- di. 1595- yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesa- lari uchun kattagina mablag‘ oldi. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan “jentelmen”lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo‘lsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bog‘i bor katta uy olganligi ikkinchi dalildir. Adib London sahnalarini tark et- gach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (o‘g‘li 1596- yilda vafot etgandi) ko‘chib keladi.
1598- yilda londonlik tanqidchi F. Meres tomonidan chiqaril- gan “Aql xazinasi” kitobining “Ingliz shoirlari haqida mulohazalar” qis- mida shunday fikr bitilgan: “Plavt va Seneka rimliklar uchun kome- diya va tragediya borasida tengsiz bo‘lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir”. 1597-1598- yillarda Shekspir dramalari katta shuhrat qozondi. Bu davrgacha uning “Tit Andronik” nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko‘rsa- tilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asar- lariga bo‘lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etil- di. Tadbirkor noshir Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo‘ldi. U 1599- yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to‘plamga Shekspirning ham to‘rt sonetini kiritib, “Otashin ziyo- ratchi” nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakilashtirib, foyda to- pish yo‘lidagi birinchi urinish edi.
1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning chetidagi eski teatr- ni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida “Globus” teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlari- dan biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan “Blekfrayerz” teatrining ham hissadorlaridan biri- ga aylandi. 1603- yilda qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyati- ga oldi. Guruh a’zolari “Qirol hazratlarining xizmatkorlari” deb atalib, kamerdinerlarI singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa sa- royda tez-tez tomoshalar ko‘rsatib turar, saroy a’yonlari va aslzoda- lar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yax- shilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan ham uzoqlashdi va 1612- yilda ota yurtiga butunlay ko‘chib keladi.
1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz aktyor Shekspir olamdan o‘tdi. O‘shandan buyon uning qabri- ni har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi.
Shekspirning ijodiy taqdiri juda g‘alati kechgan. Qanchalik mashhur bo‘lmasin, hayotlik chog‘ida bironta pyesasi risoladagi- day nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi. Shekspirning ak- tyorlik faoliyati bo‘yicha ham juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini o‘ynaganligi qayd etilgan. “Hamlet”da Arvoh, “Sizga bu yoqadimi?” spektaklida Odam rollarini ijro etgani ba’zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning “O‘ziga yetguncha”, “Seyan” pyesalarida Shekspir o‘zining so‘nggi rollarini o‘ynagan. Ehtimol, aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish, obrazlarning ta- biatini yorqin namoyon etadigan jihatlarni bexato ko‘rish va tasvirlash- da qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin.
1592- yildayoq London shahriga kelib, tez orada teatr ahli orasi- da aktyor va dramaturg sifatida tanilgan Shekspirning ilk pyesalari qachon yaratilgani aniq emas. To‘g‘ri, zamondoshlari ingliz-fransuz urushi haqida Shekspir tomonidan 1592- yilning martida yozilgan va katta muvaffaqiyat bilan o‘ynalgan bir pyesa bo‘lganligini qayd etish- gan. Lekin keyinchalik bu asarning katta qismi o‘zgalar tomonidan yaratilib, Shekspir ularni sahnaga moslab qayta ishlagani aniqlangan. Ijodiy umri mobaynida V. Shekspir o‘ttiz olti dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan. Lekin bulardan birortasi ham muallif hayotligida chop etilmagan.
“Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” (1594-1595), “Hamlet” (1601), “Otello” (1604), “Makbet” (1606) singari tragediyalar, “Yoz kechasida- gi tush”, “Venetsiya savdogari”, “O‘n ikkinchi kecha” kabi komediyalar
to‘rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar sahnasidan tushmay kelmoqda. Jahon dramaturgiyasining bu yetuk namunalari badiiy mahorat cho‘qqilari sanaladi. Shekspir asarlari inson tuyg‘ula- rining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirralarini ta’sirchan aks et- tirishi bilan ajralib turadi.
Inson aqli va tuyg'ularining eng nozik, chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan “Hamlet” fojiasi juda mashhur. Bu asar ilk bor XX asrning 30- yillarida Cho‘lpon tomonidan o‘zbekchaga o‘gi- rilgan. O'zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol ushbu tragediyani asliyat- dan tilimizga tarjima qilgan. Quyida shu asar bilan tanishamiz.
an
Savol va topshiriqlar:
1.
2.
3.
4.
Shekspirning hayot yo‘li, oilasi, olgan tarbiyasi, ijoddagi yutuqlariga e’tibor qiling.
Shekspir shaxsiyati va uning nomidan taqdim etilayotgan asarlar atrofidagi shubhalarga munosabat bildiring.
Adibning dramaturgiyasi haqida to'xtaling. Ular orasida muallif nomini dunyoga mashhur qilgan asarlari tutgan o'rinni aniqlang. Shekspir ijodida “Hamlet” fojiasi tutgan o‘rin haqida to‘xtaling.
Do'stlaringiz bilan baham: |