Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet7/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1 Shabgir tortish - tinmaslik, dam olmaslik; 2 Shobir - xabar, ovoza, belgi.
deb sag‘risiga uch-to‘rt tayoq tushirib, tabladan chiqarib, Qultoyning qoshiga yilqilarga opporib, qo‘shib yubordi.
Alpomishning Qaldirg‘och degan singlisi bor edi. Qirqin kanizlari bilan bir sandiqni ochib ko‘rayotib edi, bir xat chiqdi. Bul xatni o‘qib ko‘rdi: Barchin chechasining xati.

  • Tunovgi o‘n chopar bul xatni olib kelgan ekan, buni bildirmay otam sandiqqa solib qo‘ygan ekan. Yuringlar, bek akama bora- yik, bu xatni berayik. Qancha g‘ayrati bor ekan sinayik, — deb Hakimbekning qoshiga keldi. Bu xatni shunday berdi. Shu vaqtlarda Hakimbek o‘n to‘rt yoshga kirgan, mast bo‘lgan norday ko‘pik sochib o‘tirgan, necha mahramlar xizmatida turgan. Bu xatni o‘qib ko‘rdi. Xatda aytibdi: “Oltoychilik yo‘lga keldim. To‘qson alpda toy-talash- da qoldim. Olti oyga muhlat oldim. Mendan umidi bo‘lsa, Alpomish kelsin, bo‘lmasa, javobimni bersin”, — degan xat ekan. Bu xatni o‘qib ko‘rib: “Oltoychilik yo‘l bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, bir xotin olamiz deb, sandirab o‘lamizma”, — deb, xatni tizzasining ostiga bosib o‘tirdi. Qaldirg‘ochoyim akasiga qarab bir so‘z aytib turgan ekan:

...Aka, senga aytadigan arzim bor,
Talash bo‘pti biyning qizi — zulfakdor.
...Mard yigitning yori talash bo‘lami,
Er yigitning yorin qalmoq olami?
...Umid tortib senga arza qilibdi,
Xat ko‘tarib o‘n boybachcha kelibdi.
Anglamay otama xatni beribdi,
Otam xatni bul sandiqqa solibdi.
Endi bilib, singling olib kelibdi,
Qalmoqlardan checham jabr ko‘ribdi.
Aka, aytgan so‘zim og‘ir olmagin,
NarmodaI ishini bunda qilmagin...
Bu so‘zlarni eshitib, Hakimbek narmoda so‘zini ko‘ngliga og‘ir olib: “Narmoda degan gapning ma’nisi nima?” — deb turgan ekan:
...Narmoda deb menga so‘zlading so‘zlar,
Narmoda ma’nisin aytgin, sen qizlar.
Narmoda deganga xafa bo‘libman,
Nima gap ekanin bilmay turibman.
...Narmoda deganing ko‘nglima keldi,
Ko‘p qizlardan akang uyalib qoldi,
Emikdoshim, sening gaping ne bo‘ldi?
Mendayin akangni xafa qilasan,
Narmoda deb meni silkib solasan,
Juda ham akangni nomard bilasan.
Buni akasidan eshitib, Qaldirg‘ochoyim so‘z aytib turgan ekan:
Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami,
Narmodalar sendan kamroq bo‘lami,
Mardning yori toy-talashda qolami?
Mard bo‘lib maydonli kunda yurmagan,
Yilqichidan bedov saylab minmagan,
Olmos po‘lat belga qayrab cholmagan,
Ot asbobin shaylab qalmoq bormagan,
Qalmoqlarga qattiq kunlar solmagan,
Toy-talashda qolgan yorin olmagan,
O‘z elida bir xil gapni bilmagan,
Narmodalar sendan ortiq bo‘lami?
Bu so‘zni eshitib: “Yayov boramizmi esa?” — dedi. Qaldir- g‘ochoyim: “To‘qson to‘qay yilqing bor. Yayov borib, mingani oyoq- ulov topmay yotibsanmi? Egar-abzalingni olsang, Qultoyning qoshiga borsang, ko‘nglingga yoqqanini xohlab minib keta bersang”, — dedi. Bu so‘zni eshitib: “Xayr esa”, — dedi. Qaldirg‘ochoyim egar-abzalni, sovut-qalqonni, yov-yaroq, asbobni ayil-pushtanga solib, o‘xshatib bo‘g‘ib, ko‘tartirib yubordi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish