Xoqon esa xursandchiligidan:
Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q,
Ne qilg‘anni yamon qilding demak yo‘q.
...Olib kishvar elining ehtiyojin, Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin.
1Asror - sirlar; 2Ta’viz - tumor, duo yozilgan varaqa; 3Shabafro‘z - kechasini yorituvchi; 4Jahonso‘z - jahonni kuydiruvchi; 5Rishta - ip; 6Hakkoki qazo - qismat zargari; 7Ashk - koz yoshi; 8Dam - nafas; 9Huvaydo - ayon, ravshan; 10Tug‘ro - davlat ramzi, (gerb) nishona; 11 Malak - farishta; 12Siyovush - Eron podsholaridan bo‘lgan Kaykovusning o‘g‘li.
Farhod onadan ishq bilan tug‘ildi. Uning ismi ham, Qur’oni Karimda: “Al-asmou tanzilu min-as-samo”, ya’ni “Ismlar osmon- dan tushadi”, deyilganidek, ishq osmonidan tushgan. Unga nom qo‘yish mana bunday qalamga olinadi:
Jamolidin ko‘rungach farri shohiy1,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi2.
Qo‘yib yuz himmat-u iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat3.
Bu javharlarg‘a4 chun isnod topdi5,
Murakkab aylagach6, “Farhod” topdi.
Bu farni hodiyi7 baxt etgach irshod8,
Ravon shahzoda otin qo‘ydi “Farhod”.
Harir-u hulla ichra bog‘labon chust9,
Murassa’10 mahd11 ichinda tongdilar12 rust13.
Bu nav’ ermas, ato qo‘ymodi otin Ki, ko‘rgach ishq aning pokiza zotin,
Anga farzona14 Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi15 ma’xazin16 besh qism qo‘ydi:
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard17.
1Farri shohiy - shohlik nuri;.2Mah to ba mohi - oydan baliqqacha. Bu yerda “osmondan yergacha” degan ma’noda qo‘llangan; 3“Himmat”dan “h”, “iqbol”dan “alif” (uni “i” deb ham, “o” deb ham, “a” deb ham ishlatish mumkin), “davlat”dan “d”ni olib, qo‘shsak, “hod” paydo bo‘ladi, buni “far”ning “soyasi”, ya’ni keyiniga olsak, “F a r h o d” so‘zi hosil bo‘ladi; 4Javhar - gavhar; 5Isnod topmoq - taalluqli bo‘lmoq, tegishli bo‘lmoq; 6Murakkab aylamak - qo‘shish, birlashtirish; 7Hodi
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, yo‘l boshlovchi, yetakchi; 8Irshod - to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish; 9Chust - mahkam; 10Murassa’ - qimmatbaho toshlar bog‘langan, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan; 11Mahd - beshik; 12Tongmoq - belamoq, bog‘lamoq; 13Rust - mahkam, qattiq; 14Farzona - oqil, dono; 15Huruf - harflar; 16Ma’xaz - biror narsaning olingan joyi, manba; 17Fard-yakka, yolg‘iz, ajralgan, alohida.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab1.
Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilat- larini shunday ta ’rif etadi:
Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
Ne so‘znikim, o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngliki, jon lavhiga2 qozib.
O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori.
Ko‘rub chun ishq-u oshiqlik maqolin,
Topib oshufta mahzun ko‘ngli holin.
Aning sharhini takror aylabon ko‘p,
O‘qurda nolayi zor aylabon ko‘p.
Bo‘lub oshiq g‘ami sharhida g‘amnok,
Yaqo chokin o‘qub, aylab yaqo chok.
Kim etsa darddin oz-oz rivoyat,
Qilib ul dard anga ko‘p-ko‘p siroyat3.
Kishi ko‘nglin bilib, afgor yig‘lab,
Ne ko‘zda ashk ko‘rgach, zor yig‘lab.
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini4 kasb etmagan ilm.
1Murattab - tartib berilgan, tartiblangan, tuzilgan; 2Lavh - yoyiq narsa, taxta; yozuv taxtasi. So z bu yerda istiora bo‘lib, ko‘chma ma’noda kelgan; 3Siroyat - ta’sir, ichiga o‘tish, yuqish; 4Tahqiq - biror narsaning haqiqatini izlash, tekshirib ko‘rish, haqiqat qilish;
Bo‘lub o‘n yoshqa umrining mururi1 Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri.
Ulum2 avroqi3 chun bir-bir yopildi, Dilovarliq silohi4 mayli qildi.
... Hamul ilmi balandovoza birla,
Bu yanglig‘ zo‘ri beandoza5 birla.
O‘zin abjad6 o‘qur eldin tutub kam, Dema donishki, zo‘ri dast7 ila ham,
Bo‘lub shahlar eshigining gadoyi,
Va lekin ul gadolar xoki poyi.
Anga teng podsholig‘ yo gadolig‘, Gadoliqqa teng etmay podsholig‘.
Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok.
Munungdek tiynati pokiga loyiq.
Duosin aytibon poki xaloyiq.
Aning sori sovug‘ yel essa nogoh, Chekib Chin mulkining xalqi sovug‘ oh.
Qilib el xonumon oning fidosi.
Ne xonumonki, jon oning fidosi.
Ato yuzlanmasun deb dard-u ranje,
Etib har kun boshig‘a sadqa ganje.
1Murur - otish, yurish; 2Ulum - ilmlar; 3Avroq - varaqlar; 4iloh - qurol-yarog‘; 5Beandoza - cheksiz, chegarasiz; 6Abjad - arab alifbosining maxsus tartibda tuzil- gan sirasi bolib, bunda har bir harf ma’lum son qiymatiga ega bo‘ladi. “Abjad o‘qur el" deganda esa endi maktabga borganlar ko‘zda tutilgan, chunki boshlang‘ich maktabning birinchi yilida harf tanish uchun dastlab abjad o‘rgatilgan; 7Dast - qo‘l.
Vale bir zarra dard o‘lg‘ach padidorI, Bo‘lub ul ganjlar birla xaridor.
Do'stlaringiz bilan baham: |