FARHOD VA SHIRIN
(dostondan parchalar)
“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusida- dir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yo- zilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga,
“Xamsa” — Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur ko‘lami hamda ma’naviy qudratining timsoli. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Albatta, Navoiyni bilish o‘zlikni bi I ish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezg‘u insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir.
olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dos- tonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan.
Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bil- guvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhab- batiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham lo- yiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dos- tonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi.
Yozib jon mushafidan ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi.
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshla- nadi. Birdan-bir orzusi farzandlik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.
ShabistonidaI tug‘diII bir yangi oyIII,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy4.
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim vard5, balkim shu’layi dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine6,
Nigin o‘rnida la’li otashine,
1Shabiston - tungi yotoqxona; 2Tug‘di - tug‘ildi; 3Yangi oy - istioraviy yo‘l bilan Farhodni bildiradi, uning tug‘ilishi qorong‘u kechada yangi oyning paydo bo‘lishiga qiyoslangan; 4Mehri olamoroy - olamni yorituvchi quyosh; 5Vard - atirgul; 6Nigin - uzuk, uzukning koZi, muhr.
Yuzinda ishq asrori1 yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi2 qozilg‘on.
Nigin-u la’l yo‘q, duri shabafro‘z3,
Dema dur, gavhare, lekin jahonso‘z4
Eshilgan rishtasi5 tobi vafodin, Teshilgan bag‘ri hakkoki qazodin6.
Ko‘zida ashk7 selidin asarlar,
Damida8 oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo9, Jamolida vafo tug‘rosi10 paydo.
Falak deb dard elining shohi oni, Malak11 deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh, Chu tug‘di o‘tda sayr aylar Siyovush12.
Vafo xaylida g‘avg‘o shodlig‘din, Biri-birga muborakbodlig‘din.
Do'stlaringiz bilan baham: |