Boybo‘ri o‘g‘li Alpomishni Qalmoq yurtiga yuborgisi kel- maydi. O‘g‘lini niyatidan qaytarish uchun unga ot bermaslikni yilqichi Qultoyga tayinlab qo‘yadi.
Qultoyga aytdi: “Alpomish kelyapti, Kashaldan kelgan xabarni birov bildiribdi. Bul ish yomon bo‘pti, lekin o‘zi zo‘r-ku, zo‘r bo‘lsa ham
juda qo‘rqoq, sal do‘qdan ham qo‘rqadi. Urib-so‘kib, yilqi bermay, do‘qlab qaytarib yuborgin”. ...Bul gapdan bexabar orqalanib Alpomish boryapti. Qultoyga yaqin yetdi. Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini xushlab, yilqi boqadigan qayqi1 tayog‘ini qo‘lga ushlab, juda shami- yon qaytarib2, do‘qlab, bu so‘zni aytib, Alpomishga qarab aytib turgan so‘zi:
Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi,
Oblo sening aql-u hushing oldimi,
Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?
Alpomish buni eshitib, Qultoyga bir so‘z deb turgan ekan:
Bobo, sir-u holim ma’lum qilayin,
Sendan endi bir bedovni so‘rayin,
...Sen eshitgin menday o‘g‘ling so‘zini,
Ajratib kelayin biyning qizini.
Men sachratib borsam minib bir tulpor,
O‘zima yor, bobo, senga xizmatkor...
Bu so‘zni eshitib, Qultoy ham bir so‘z deb turgan ekan:
...Tur yo‘qol, enag‘ar, tayin o‘lasan,
Bu yerda serrayib, nima qilasan?
...Bu so‘zdi aytip mardning aqlin oladi,
Uch-to‘rt tayoq qayqaytirib soladi.
Yegan tayoqlaring - yilqi bo‘ladi!
Hakimbekning ko‘zi alanglab qoladi,
Shunday do‘qlab Qultoy qildi siyosat,
Tayoq yegan bekda qolmadi toqat,
O‘ldirar qaytmasam dedi vallamat.
...Bul bobosi ko‘p siyosat qiladi,
Juda aylantirib, ancha uradi,
Bobom urdi dedi, qaytib jo‘nadi,
Ko‘tarinib qaytib ketdi yo‘liga...
Alpomish Qultoyning qoshidan qaytdi, ko‘tarinib borayotib edi.
Qayqi - egilgan, qiyshiq; 2Shamiyon qaytarib - gerdayib, hovliqib, vahima qilib.
“Bulay-shulay deb Qultoy do‘qlasa, akam qaytip kep qo‘yardan ham toymas, o‘z ko‘zimiz bilan jo‘natib yuboraylik”, — deb qirqin kanizlari bilan Qaldirg‘ochoyim kelayotib edi, oldidan chiqib qoldi. Alpomish yerga qarab borayotib edi. Shunday boshini ko‘tarib qaradi: qarshi manglayiga kanizlari bilan singlisi kep qopti. Qizlarni ko‘rib, uyalgan kishi bo‘lib, egar-abzalni tashlab yuborib, yo‘l ustida yonboshlab yotdi. Qaldirg‘ochoyim ustiga borib, bu so‘zni aytib turibdi:
Aytgan so‘zning poyimini1 bilsang-chi,
Ko‘z kuyugi, ey narmoda, o‘lsang-chi.
Kecha-kunduz haqqa fig‘on etmagan,
O‘z moliga o‘zin vaji o‘tmagan.
...Qultoyning do‘qidan qaytib kelasan,
...Sen ham odamman deb qanday yurasan?..
Bilsang, Qultoy - yilqiboqar xizmatkor,
Ko‘p do‘qlabdi ahvolidan bexabar.
Sen so‘rasang, ular senga javobgar,
Bu yurishing, bek aka, qanday bo‘lar?
Odam ko‘rsa, yurishingga kuladi,
Bu yurishing elga gap bo‘p qoladi...
Bu so‘zlarni aytdi shunday mushtipar,
O‘rnidan turgandir davlatli shunqor.
Egar-abzalini yig‘ib ushladi,
Shul zamon egniga qoqib tashladi,
Qultoyqulga tag‘in yo‘lni boshladi.
Yo‘lga tushib, Qultoyqulga qaradi,
Urgan yerda hali Qultoy turadi.
Qaytay desa, bul singlisi keladi,
Tag‘i urarmikin deb, ketib boradi.
Bu qizlar bilmaydi Hakimbek o‘yin,
Hakimbek ilgari singlisi keyin...
Qultoyning qoshiga yaqinlashib bordi. Singlisi kanizlari bilan an- cha keyin qoldi. Qultoy ham Alpomishni ko‘rdi. Bog‘onog‘i2 urgan yer-
1Poyim - fahm, ma’no; 2Bog‘onog‘i - boyagi.
da Qultoy zinkiyibI turdi. Yaqinlab bordi. Qultoy tag‘i do‘qlab, bu so‘zni aytib kela berdi:
Bobongning so‘zini hazil bilasan,
Sen g‘arbachcha, nega aynalib kelasan.
Sen enag‘ar, bildim tayin o‘lasan,
Nimishing2 bor, tag‘i nega kelasan?
Yana birov yo‘lda ko‘ngling bo‘ldimi,
Tag‘i sening tayoq yeging keldimi?
Siyosat qip Qultoy yaqin keladi.
...Uzalib, Qultoyning belidan tutdi.
Chalqaramon qilib, yerga qo‘yibdi,
Tizzasini ko‘krakka qo‘yib turibdi.
“Bobo, qani ushlab bergin!” “Qo‘ya ber, o‘g‘lim, ushlab bera- yin”, — dedi. “Yo‘q, yotgan yeringda ushlab berasan!” — dedi. “Turmasam, qaytib ushlab beraman”, — dedi. “Esa meni nimaga bun- cha urasan?” Qultoy ham zahar chol edi. Yotgan yerida bir “qur-hayt” tortdi: to‘qson to‘qaydagi yilqi yig‘ilib qoshiga yetdi. Hamma yilqilar jam bo‘lib turibdi. Dobonbiy bobosidan qolgan qo‘riqni Hakimbekning qo‘liga berdi. Hakimbek qo‘riqni qo‘liga oldi. Bu qo‘riqni yilqilar- ga solmoqchi bo‘ldi. “Saman soriga tush, yo olapocha to‘riga tush, shapaqning zo‘riga tush”, — deb qo‘riqni soldi. Yollari eshilgan ipak- day bir chipor otning bo‘yniga tushdi. Ko‘nglidagi bo‘lmay, otdan ko‘ngli to‘lmay: “Ko‘p nozik uchradi”, — deb, bu otni qo‘yib yubor- di. Yana qo‘riqni soldi — tag‘i shuning bo‘yniga tushdi. “Taqdirdagi shul ekan-da”, — deb belbog‘ini otining bo‘yniga solib, egar-abzali- ning qoshiga yetaklab kela berdi. Egar-abzalining qoshiga borib, uyoq-buyog‘ini ko‘ra berdi. ...Qaldirg‘ochoyim ham kanizlari bilan kela berdi. Akasining tarziga qaradi. Akasining ...otdan ko‘ngli to‘lmay, xafa bo‘lib turganini bildi. Otning tizginini akasining qo‘lidan olib, sag‘risini silab, uyoq-buyog‘iga qarab: “Xafa bo‘lma, bu oting, bal- ki tulpor chiqar, yomon dema. Bul oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi”, — deb,
akasining ko‘nglini ko‘tarib, “Qullu bo‘lsin” qilib, bir so‘z aytib turgan ekan:
O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko‘k,
Quyrug‘idan berisinda kiri yo‘q,
Minganlarga bo‘ladakan ko‘ngil to‘q,
Buni minsang, aka, senga dushman yo‘q.
...Chibar ot o‘ynatib bundan borasan,
Buni minsang aka, yo‘lli1 bo‘lasan.
...Shunday qilib, kiyintirib, keskir qilichlarni beliga boylab, Arpali ko‘lidan otlana berdi. Alpomishning Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. “Mabodo, dush- manning yurtida yoy tortishadigan kun bo‘larmi, odam bilmaydi, kerak bo‘p qolarmi”, — deb yoyni egarning qoshiga solib oldi. Qaldirg‘och akasini otlantirib, ot-anjomini choqlab, yaxshi bor deb, bul so‘zni aytib turdi:
Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin,
O‘nikimom2, chilton3 jilovdor bo‘lsin.
Dushmanlaring ko‘rsa, seni xor bo‘lsin,
Sog‘ borib, salomat kelgin, bek og‘a.
Eshitgin, quloq sop aytgan nidoga,
Ishingni solganman qodir xudoga,
Sog‘ borib, salomat kelgin, bek og‘a.
Xudoyim saqlagay bandani omon,
G‘arib qulga egam bo‘lgay mehribon.
Xolsanilla duo qildim bul zamon,
Sog‘ borib, salomat kelgin, Alpinjon.
El ko‘chirib, Olatovdan oshirdim,
Ulug‘lanib, ostonaga bosh urdim,
Borgin, emikdoshim, Haqqa topshirdim...
Do'stlaringiz bilan baham: |