Och darvozani, mal’un!
Mirzo Ulug‘bek go‘yo darvozani ag‘dara oladigandek, ot soldirib bordi, asov oq bedov osmonga sapchib, oldingi oyoqlari bilan temir darvozani qarsillatib urdi-yu, orqaga tisarildi. Yuqorida bir daqiqa jim- lik cho‘kkach:
A’lo hazratlari afv etsinlar! — dedi boyagi ovoz. — Dorug‘a Mironshoh janoblari farmon qilmishlar, darvoza ochilmaydur!
Sohibi saltanat men bo‘lurmen. Barcha farmonlarim amri vo- jib erur!.. Darvozani och yo dorug‘ani chaqir, yoxud boshing ketadi, salohdor!
Mirzo Ulug‘bek gapini tugatmagan ham ediki, devor tepasidagi minoradan qiqirlab bo‘g‘iq ovoz eshitildi:
Salohdorning boshini olishga qo‘ling kaltalik qiladur! Buning boshi emas, o‘z boshingga ehtiyot bo‘lg‘il, Muhammad Tarag‘ay!
Mirzo Ulug‘bek bir daqiqa tili kalimaga kelmay garang bo‘lib qoldi. Bu ingichka xirilloq ovozning egasi, har bir so‘zidan zahar tomchi- lab turgan bu odam... amir Sulton Jondor edi!..
Voajabo! Bu mal’un lashkarni tashlab qochganda... dorussal- tanaga kelgan ekan-da! Lekin qachon, qaysi yo‘ldan o‘tib keldi? Unga darvozani kim, nechun ochdi?.. Bu beiymon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amir-u umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! Qayga bormang, hamma yoqda makkorlik, razolat va riyokorlik!
Mirzo Ulug‘bek oyoqlarini uzangiga tirab, qaddini rostladi, vu- jud-vujudini larzaga solgan tug‘yonni zo‘rg‘a bosib:
Amir Sulton Jondor! — dedi. — Humo qushi kimning boshiga qo‘nur, buni yolg‘iz haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa
sening baxting! Va lekin falakning gardishi bilan toj-u taxt qo‘lim- da qolsa... esingda bo‘lsin: oyog‘ingdan dorga osib, ostingdan o‘t qo‘yamen! — Mirzo Ulug‘bek shunday dedi-da, amir Jondorning javo- bini kutmasdan, otining boshini orqaga burdi.
Mirzo Ulug‘bek handaqdan ot choptirib o‘tishi bilan uni shahzo- dalar o‘rab olishdi. Xayoli alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgan Mirzo Ulug‘bek shahzodalarning hayajonli so‘zlaridan faqat bir narsani, “Shohruhiya qal’asi”, - degan so‘zni tushundi-yu, “mayli!” deb, qo‘l siltadi. U qa- yoqqa, nima maqsadda ketayotganini bilmas, xayolini faqat bir fikr — insonlarning riyokorligi, manfurlik va kazzobligi band etgan edi. Sal o‘tmay, Shohruhiya qal’asiga ot choptirib ketgan shahzoda Abdulaziz qaytib keldi. U og‘ir hansirar, g‘uldirab allanimalarni aytar, lekin gapini tushunish qiyin edi.
Mirzo Ulug‘bek Shohruhiya qal’asi ham yopilganini, qal’a bosh- lig‘i turkman begi Ibrohim Po‘lat o‘g‘li ham sotqinlik qilganini uning g‘uldirashlaridan arang ilg‘ab oldi. Aqli bilan emas, allaqanday ichki tuyg‘u bilan ilg‘ab oldi-yu, labini qattiq tishlaganicha o‘ylanib qoldi. U bir daqiqagina ikkilandi, ko‘nglidagi g‘alayon bilan bir soniya- gina olishdi, so‘ng, arg‘umog‘ining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bo‘lsa-da, yomonlik bo‘lsa-da, o‘z zurriyotidan ko‘rishga ahd qildi.
2П
Do'stlaringiz bilan baham: |