Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov


Olimjon: — Ha, prinsip deyarli bir xil. Qo‘chqor



Download 0,77 Mb.
bet133/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Olimjon: — Ha, prinsip deyarli bir xil.
Qo‘chqor: — Nima-sip?
Olimjon: — Prinsip.
Qo‘chqor: — Ha-a... Sheralidan yo'qmi?
Olimjon: — Yo'q. Radiodan tajriba uchun duch kelgan ashula- ning ikki satrini yozib qo'yuvdik-da. (Yana sxema o‘rnatadi.)
Alomat: (Kutilmaganda.) Ha, og'zingdan qoning kelsin sening! Sochingni bittalab yulib, boshingni koptok qilib qo'yaymi? Qirilibgina ket sen! „G‘ing“ deb ko‘r-chi, nima qilar ekanman!
Qo‘chqor: (Esxonasi chiqib) Yo-yo1, „g'ing“mas. Unaqamas, haligi.
Alomat: — E, qo'ng'izga o'xshab g'ing'illamay o'l!
Olimjon: — Gap qaytarmang, Qo‘chqor aka, gap qaytarmang!
Alomat: (Olimjonga) Voy, sho'rtumshuq-ey, sen nega bur- ningni tiqasan?!
Olimjon: (Shosha-pisha shartta o‘chirib) Bu yigitlarning hazili bo‘lsa kerak, doim bir balo qilib yurishadi. Yaxshiyam komis- siya-pomissiyaning oldida qo‘yib yubormadik, sharmanda bo‘lar- kanmiz.
Qo‘chqor: (Haliyam o‘ziga kelolmay.) Shunaqa hazildan yana bitta bo‘lsa, Qo‘chqorvoy akang yo‘q-da!.. (Olimjon robotga boshqa sxema o‘rnatadi.)
Alomat: (Odob bilan.) Assalomu alaykum!
Qo‘chqor: (Qo‘rqa-pisa.) Va... Vaalaykum...
Olimjon: — Sening isming — Alomat. Tushundingmi?
Alomat: — Tushundim. Mening ismim — Alomat.
Olimjon: — Bu kishi — Qo‘chqor aka.
Qo‘chqor: (Arangjilmayib.) Shundoq, shundoq...
Alomat: — Qo‘chqor aka.
Qo‘chqor: — Labbay?..
Alomat: — Ko‘nglingizga kelmasin-u, nega endi sizga hayvon- ning nomini qo‘yishgan, qo‘chqor deb?
Qo‘chqor: — lye?..
Alomat: — Qo‘chqor — qo‘yning erkagi-ku.
Qo‘chqor: — Haligi... nima deydi... Ha, endi biz odamning er- kagimiz-da, Alomatxon...
Alomat: — Bizga nima xizmat bor, odamning erkagi?
Olimjon: — Alomat, „Qo‘chqor aka“, de, „Qo‘chqor aka“. Tushundingmi?
Alomat: — Tushundim. Xo‘sh, nima xizmat bor, Qo‘chqor aka?
Qo‘chqor: — Xiz.mat yo‘q. (Karavotga ishora qilib) Qani, bu- yoqqa o‘ting, Alomatxon. Ko‘rpachaga o‘tiring, ko‘rpachaga.
Alomat: (Karavotning bir chetiga qimtinibgina o‘tirib) Rahmat, yaxshi o‘tiribman.
(Noqulay sukunat.)
Olimjon: —Bo‘lmasa, Qo‘chqor aka, siz bemalol gaplashib o‘tiravering, men narsalarimni joylashtiray. O‘sha hujra bizniki-da, a?
Qo‘chqor: — lye, bo‘lmasam-chi? O‘zingizni uyingiz-da, Olimtoy! (Olimjon yig‘ma karavot, sumka va boshqa anjomlarini ko‘tarib ichkariga kirib ketadi.) (Anchadan keyin.) Ha-a... zap kelib-
siz-da... (Biroz dovdirab), ichkarida muzday ayron bor, bir kosagina olib chiqaymi?
Alomat: — Ayron? Uni nima qilaman?
Qo‘chqor: — Ha-ya, esim qursin. Xo‘-o‘sh, ishlaringiz yaxshimi
o‘zi?
Alomat: — Qaysi ishim? Hali hech ish qilganim yo‘q-ku!
Qo‘chqor: — Ha endi, gap-da... (Biroz sukutdan so‘ng.) Obbo, Alomatxon-ey, shunaqa deng? Ha-a, ishqilib, omon bo‘laylik... Bu, Olimtoy ja ajoyib yigit-da lekin. Shu, deng, shaharda, qaysidir bir in- stitutda ishlaydi. Olim. Kolxozimizda o‘sha institutning tajriba uchast- kasi bor. Qirq gektar, Qudrat quyonchiqning brigadasiga shundoq tutashib ketgan. Olimtoy har kelganida biznikida turadi. Uy ko‘p. O‘zimizning ukaday bo‘lib qolgan. Yaxshi bola. Ha. (birpasdan ke­yin) Bugun deng, kennoyingiz bilan sal g‘ijillashib qoldik. Endi ro‘zg‘or ekan-da, goh unday, goh bunday... Bolalarini olib onasinikiga ketib qoldi. Keladi-da, qayoqqa ham boradi, shuncha bola bilan, nima dedingiz? Ha, o‘zingizning bolalaringiz yaxshi yurishib... Ha-ya. Yo‘q, o‘zi durust ayol. Endi ja sizchalik bo‘lmasayam xotin-da, ishqilib. Lekin aytdim, oldidan o‘tib qo‘ydim-da, agar dedim, yaxshilikcha qayt- masang, dedim, shartta boshqasiga uylanvoraman dedim. To‘g‘ri-da, qattiqroq yo‘talsang ham onasinikiga ketib qoladigan xotin kimga ke­rak, nima dedingiz? E-e, hayot shunaqa ekan-da. Choy qo‘yvoray- mi? Eh-ha... Siz ham gapirib o‘tiring mundoq, Alomatxon.
(Alomat nigohini bir nuqtaga qadaganicha jim o‘tirardi.) Olimtoy lekin ja savob ish qilyapti-da. Rakatopsin. Mana, xotin-xalaj, bola- chaqa olti oylab daladan beri kelmaydi. Na dam olish bor, na bayram bor, ertadan-kechgacha — ish, ish, ish! Qor demaydi, yomg‘ir de- maydi. Buyoqda issiq qirq bo‘lsa, g‘o‘zaning ichida ellik! E, temir bo‘p ket-e, haliyam chidar ekan odamzod! (Xijolatli.) „Temir“ deganimga xafa bo‘lmang tag‘in, og‘zimdan chiqib ketdi-da... Olimtoy shularni ko‘rib chidolmadi. Odamlarning og‘irini yengil qilaman, deb kechalari uxlamaydi. O‘ziga-o‘zi gapiradimi-yey, bir balolarni chizadi, o‘chiradi, yirtib tashlaydi, yana chizadi. Qanaqadir idoralarga qatnaydi, kimlar bilandir janjallashib, asabi buzilib keladi. Uyga kelib alamini yana ish- dan oladi. E, rakatopsin (Olimjon chiqadi.)
Olimtoy, seni gapirayapman. Hech tinib-tinchimaydigan bola, deyman.
Olimjon: (Alomatga qarab turib.) E, bu o‘chib qopti-ku. (Alomatning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.)
Qo‘chqor: — lye, o‘chib qopti, deganing nimasi? Men shun- cha gapni kimga gapirdim bo‘lmasam! Butun o‘zbekning dardini das- turxon qilib o‘tiribman. Doim shu, bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi.
Olimjon: — Shu blokni almashtirish kerak ekan-da, qayerdadir kontakt bo‘lmayapti.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish