Qosimova R. A. Boltayev Z. B


Iqtidorli bolalarni sportga safarbar etishning yo’llari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

Iqtidorli bolalarni sportga safarbar etishning yo’llari. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Bolalar 
sportini rivojlantirish borasidagi g’amxo’rligi. Iqtidorli bolalarni tanlash, 
sinov-tajribalardan  o’tkazish.  Sportga  havas  qo’ygan  bolalarga  imkon 
berish va shart-sharoitlar yaratish.  
Bolalar sporti sohasida oilaviy tadbirlar.  
 
7.1. Bolalarda sportga iqtidorlikni belgilash va ularni sinov-
tajribalardan o’tkazishning asosiy yo’llari. 
7.1.1. Iqtidorli bolalarni sportga jalb etishdagi belgilar. 
 
 
Iqtidorli  bolalarning  sportga  xos  belgilarini  aniqlash  asosan 
quyidagi holatlarga bog’liq bo’ladi: 
 
Ota-onalar, aka-ukalar tomonidan: 
 
-O’g’il yoki qiz bolaning yoshlikdan tetik, harakatchan va gavdali 
bo’lib  o’sishini  kuzatish  va  shu  asosda  turli  harakat,  o’yin-mashqlar 
bilan shug’ullantirish, sinash; 


 
102 
 
-Bolaning qiziqishi va qobiliyatining o’sishiga qarab sport qismlari 
(elementlari) bilan shug’ullanishni o’rgatish; 
 
-Ota-ona yoqtirgan sport turi bilan shug’ullanishga yo’naltirish va 
sport maktabiga berish; 
Boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan: 
-Darslar 
jarayonida 
jismoniy 
tarbiya 
bilan 
o’ta  qiziqib 
shug’ullanuvchilarni  kuzatish  va  ularga  qo’shimcha  o’yin-mashqlarni 
o’rgatish; 
-Bolalarning  qiziqib  shug’ullanadigan  o’yin-mashqlari  (futbol, 
kurash,  yugurish,  to’p  o’yinlari)  bo’yicha  sinov  va  tanlash 
musobaqalarini o’tkazish; 
-Iqtidorli  bolalarni  jismoniy  tarbiya  o’qituvchisi  yoki  murabbiyga 
tavsiya etish; 
Yuqori  sinflardagi  jismoniy  tarbiya  o’qituvchisi  tomonidan 
tomonidan: 
-Boshlang’ich  sinfdagi  iqtidorli  bolalarning  darslardagi  hatti-
harakati, 
katta 
tanaffusdagi, 
ommaviy 
sog’lomlashtirish  sport 
musobaqalaridagi faoliyatlari hamda mustaqil ravishda ma’lum bir sport 
o’yin-mashqlari bilan doimo shug’ullanishlarini kuzatish; 
-O’z  ixtisosligi  (sport  turi)  bo’yicha  iqtidorli  bolalarni  o’ziga  jalb 
etish va shug’ullantirish; 
-Boshqa 
sport 
turlariga 
havasmand 
bolalarni 
to’garak 
mashg’ulotlariga  jalb  etish  yoki  sport  maktabiga  borib  shug’ullanishni 
tavsiya etish hamda ko’maklashish. 
Mustaqil ravishda sportni tanlash: 


 
103 
-Televideniyeda  ko’rish  va  shaxsiy  qiziqishi  asosida  mustaqil 
ravishda tanlagan sport turi bilan shug’ullanish; 
-Ko’cha,  mahalla,  qishloq  va  ko’p  qavatli  uy-joy  sharotlarida 
bolalar  va  katta  yoshdagilarning  o’yinlarini  ko’rib  havas  qilish  hamda 
mustaqil ravishda tengdoshlari safiga qo’shilib o’ynash. 
Umuman  aytganda,  yosh  bolalarning  (I-IV  sinf)  sport  turlari 
qismlari  (element)  bilan  shug’ullanishga  intilishlari  va  iqtidorligini 
namoyish  etish  jarayonlari  ularning  ma’lum  bir  sport  turi  bilan 
shug’ullanishlariga  turtki  bo’lib,  ularni  oila  va  maktab,  hatto  ko’cha 
o’yinlari bolalarning sport turi bilan shug’ulanishlariga asos bo’ladi.  
Bunday 
ijtimoiy-tarbiyaviy 
jarayonlar 
mamlakatimizning 
mustaqilligi tufayli yangilanib va tobora kengayib bormoqda.  
Taniqli  murabbiylar,  sport  ustalari,  shuningdek  barcha  yetuk, 
mahoratli  sportchilar  ilk  bolaligidan  sport  bilan  shug’ullanganliklari 
barchaga ma’lum.  
Mohir  sportchi  bo’lish  uchun  to’satdan  sportga  qiziqib,  yirik 
musobaqalarda  yaxshi  natijalarga  erishgan  yoshlar,  yigit  va  qizlar 
hayotda kamdan-kam uchraydi. Bu holatlar asosan kurash, boks, shtanga 
ko’tarish, stol tennisi kabi turlarda uchrashi mumkin.  
Qaysi  sport  turi  bo’lmasin  texnik-taktik  amallarni  uzoq  yillar  (5-
10)  davomida  egallash  mumkin.  Bu  asosan  sport  bilan  jiddiy 
shug’ullanuvchilarga tegishlidir.  
Yuqorida ta’kidlanganidek, sportchi bo’lish uchun kichik yoshdan 
boshlab shug’ullanish kerak bo’ladi.  


 
104 
Bolalar  sporti  katta  sportning  poydevori  deyish  mumkin.  Sportda 
yetakchi  bo’lgan  mamlakatlar  (Germaniya,  Angliya,  Italiya,  AQSh, 
Rossiya,  Yaponiya,  Xitoy,  Janubiy  Koreya)  tajribalari  asosida 
O’zbekistonda ham bolalar sportiga alohida e’tibor berilmoqda.  
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Bolalar 
sportini  rivojlantirish  jamg’armasini  tuzish  to’g’risida”  gi  farmoni  (24 
oktyabr,  2002)  asosida  O’zRVM  “O’zbekiston  Bolalar  sportini 
rivojlantirish  jamg’armasining  faoliyatini  tashkil  etish  to’g’risida”gi 
qarori (30 oktyabr, 2002) muhim ahamiyat kasb etmoqda.  
E’tiborli  tomoni  shundaki,  mazkur  jamg’armaning  boshqaruv 
faoliyati shaxsan Respublika Prezidenti tomonidan amalga oshirilib, har 
yili  kengaytirilgan  rasmiy  majlislar  o’tkazilmoqda.  Majlisda  deyarli 
barcha  vazirliklar,  jamoatchi  tashkilotlar,  sport  uyushmalari,  xayriya 
jamg’armalari, davlat va nodavlat idoralar rahbar xodimlari ishtirok etib, 
bolalar  sportini  rivojlantirish  bilan  bog’liq  masalalar  muhokama 
qilinmoqda. Bolalar sporti  rivojlanish yo’llari va muammolari butunlay 
boshqa  mavzu. Lekin, uning umumta’lim  maktab o’quvchilari jismoniy 
tarbiyasi  va  ularga  shart-sharoitlar  yaratish  masalalari  mazkur  Farmon 
va qarorda ta’kidlanganligi muhim ahamiyatga egadir.  
Xalq  ta’limi,  madaniyat  va  sport  ishlari  vazirliklari,  “Yoshlar” 
sport  uyushmasi  va  boshqa  sport  tashkilotlari  (uyushma-jamiyat) 
zimmasiga 
bolalar 
sportini 
rivojlantirish 
maqsadida 
o’quvchi 
yoshlarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini yuqori saviyada o’tkazish, 
buning uchun esa sport majmualarini kengaytirish, maktablarda sport va 
o’yin  maydonlarini  ko’paytirish,  zamonaviy  asbob-uskunalar  bilan 


 
105 
ta’minlash  yuklangan.  Bunda  shuningdek  iqtidorli  bolalar,  ayniqsa 
mahalliy  qizlarni  sportga  jalb  etish,  to’garaklarni  ko’paytirish, 
o’qituvchi  va  tegishli  murabbiylarni  tayyorlash,  ularning  kasbiy 
malakalarini  oshirish,  qayta  tayyorlash  kabi  muhim  muammolarni    hal 
etish  ko’zda  tutilgan.  Bu  jihatlar  esa  bolalarning  jismoniy  tarbiya 
darslarida  faol  shug’ullanishi,  sport  to’garaklariga  qatnashishi  hamda 
ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlarida qiziqib ishtirok etishlariga 
sabab  bo’ladi.  Shu  asnoda  iqtidorli  o’g’il  va  qiz  bolalarning  darslarda 
to’la  ishtiyoq  bilan  shug’ullanishlariga  alohida  e’tibor  qaratish  talab 
etiladi.  Ayniqsa,  o’qituvchilar  va  ota-onalar  bolalarning  sport  turlarini 
tanlashi  va  ularda  astoydil  shug’ullanish  uchun  shart-sharoitlar  yaratib 
berishlari lozim bo’ladi.  
Oila  va  jismoniy  tarbiya  darslarida  bolalarning  faqat  sog’lom 
bo’lib  yetishishlarigagina  emas,  balki  ularning  kundalik  hayotida 
(darsgacha,  darsdan  tashqari  va  mustaqil  ravishda)  jismoniy  o’yin-
mashqlar,  iqtidorli  bolalarning  o’zlari  tanlagan  sport  turlari  qismlari 
(element)bilan  muntazam  shug’ullanishlariga  erishishlari  kerak.  Shu 
asosda  iqtidorli  bolalarning  sportga  bo’lgan  havasini  uyg’otish  va 
bevosita shug’ullanishlariga o’rgatish mumkin bo’ladi.   
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish