6.4.2. Sog’lom avlod va jismoniy barkamollik tushunchalarini
bolalarda amaliy jihatdan shakllantirish masalalari.
Boshlang’ich ta’lim metodikasidagi jismoniy tarbiya asoslarida
sog’lom va barkamol avlod tushunchalarini amaliy jihatdan tarbiyalash
yurtimizning buyuk kelajagi bilan bevosita bog’liq, ya’ni hozirgi zamon
bolalar yaqin kelajakda jismonan sog’lom va barkamol avlod bo’lib
yetishadi va Vatan, xalq oldida o’zining muqaddas burch va vazifalarini
bajarishga qodir bo’ladi. Bunda jismoniy tarbiya vositalari bilan uzviy
shug’ullanish faoliyatlari asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shu
sababdan hozirgi istiqlol davrida boshlang’ich sinf o’quvchilarini
sog’lom qilib tarbiyalash, ularda jismoniy barkamollikni shakllantirish,
nazariy bilimlarga ega qilish, amaliy ko’nikmalarni barqarorlashtirish
yo’li bilan bu jarayonlarni takomillashtirish eng muhim zarur, dolzarb
vazifa hisoblanadi.
Pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi, tibbiyot va
ular bilan aloqador bo’lgan fanlar bo’yicha yetuk mutaxassis olimlar,
murabbiylar va mashhur, iste’dodli sportchilarning e’tirof etishicha,
jismoniy tarbiya barkamollikni tarbiyalash bilan bir qatorda
shug’ullanuvchilarning aqliy salohiyatlarini boyitadi va intellektuallikda
fanlarni o’zlashtirishga yordam beradi. Sport turlari esa jismdagi
a’zolarning harakatlantiruvchi qobiliyatlarini tarbiyalab chiniqtiradi. Bu
jarayonlar mehnat, o’qish, rahbarlik, tashkilotchilik va turmushdagi
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlarning mazmun, shakl
va maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishda muhim omil bo`lib
xizmat qiladi.
91
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining amaliy ko’nikmalarini
shakllantirish va ularning kundalik faoliyatlariga singdirish maqsadida
jismoniy barkamollik omillarini quyidagicha olib borish maqsadga
muvofiq bo’ladi:
-Jismoniy tarbiya darslarida barcha turdagi o’yin-mashqlarni sifatli
va
yuqori
darajada
o’zlashtirishni ta’minlash, bunda barcha
o’quvchilarning faol ishtiroki va harakatchanligini oshirish;
-Maktab sharoitida gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari,
kurash, badiiy gimnastika turlari bo’yicha to’garak mashg’ulotlarini
tashkil etish va ko’pchilik o’quvchilarni jalb etish;
-Sportga ashaddiy qiziquvchi, qobiliyatli, iqtidorli o’g’il va qiz
bolalarni sport maktablariga safarbar qilish;
-Ertalabki sog’lomlashtirish (gimnastika) o’yin-mashqlar bilan
doimiy ravishda shug’ullanishga odatlantirish;
-Bo’sh vaqtlarda ota-onalar, aka-ukalar va tengdosh qo’ni-
qo’shnilar bilan birgalikda o’zlariga ma’qul bo’lgan o’yin-mashqlar
bilan shug’ullanish, musobaqalar o’tkazish;
-Dam olish, ta’til kunlari va ulug’ sanalar, kasb-hunar kuni
bayramlarida oilaviy va yaqin kishilari bilan jam bo’lishib sayohatlar
uyushtirish;
-Xalq milliy o’yinlari (qishloqlarda ot o’yinlari) bo’yicha qiziqarli
mashg’ulotlar uyushtirish va bunda bolalarning ishtirokini ta’minlash,
jismoniy
sifatlarni
talab
etadigan
turli
o’yin-mashqlar bilan
shug’ullanish;
92
-Oila muhitida ma’naviy va jismoniy barkamollik mazmuni va
ularga erishish yo’llari haqida suhbat, savol-javoblar o`tkazish;
-Gazeta, jurnal va kitoblarni o’qish, ulardagi mavzular va
muammolarni tahlil qilish, ma’qul kelganlarini oilada qabul qilish;
-Teleradio ko’rsatuv va eshittirishlarni ko’rib, eshitish va
ma’naviy-ma’rifiy madaniyat, ta’lim-tarbiya hamda sportning ahamiyati
haqidagi mulohazalar, tavsiyalarga amal qilish.
Xulosa qilib aytganda, sog’lomlashtirish, jismoniy tayyorgarlik va
barkamollik tadbir va amallar boshlang’ich sinf o’quvchilarida
shakllanishi va ularning amalga oshishida o’qituvchi va ota-onalarning
o’zaro hamkorligi zarurdir.
Aholining sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport
muhim omillardan biridir, ya’ni doimo sog’lom, baquvvat, tetik bo’lib
yurish, ijtimoiy mehnatda ilg’or va layoqatli bo’lish; oilada tinch-totuv
yashash, farzandlar bilan birgalikda turli o’yin-mashqlarni quvnoqlik
bilan bajarish ko’pchilik kishilar tomonidan samarali amalga
oshirilmoqda.
Bu ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar haqida boshlang’ich sinf
o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari turli
tarbiyaviy soatlarda yetarli tushunchalar berish hozirgi davrning eng
muhim va zarur vazifalaridan biridir.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi tizimidagi talabalarga sog’lom
turmush tarzi haqida ko’p ma’lumotlar beriladi. Ularning tarkibida
ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tibbiy, ekologik, gigiyenik kabi
yo’nalishlar mavjud.
93
Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sportning o’rni
haqidagi chuqur mazmunli bilimlar deyarlik chetda qolib ketmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, jismoniy tarbiya o’qituvchilari
faqat maxsus mashqlarni o’rgatish va ularning o’zlashtirilishi haqida
asosiy diqqat-e’tiborni qaratish bilan sog’lom turmush tarzi va ularni
o’quvchi yoshlarga o’rgatish (pedagogik sohadagi talabalar uchun)
bo’yicha yetarli tushunchalar berishmaydi.
Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda, boshlang’ich ta’lim
metodikasi tizimidagi talabalarga sog’lom turmush tarzini I-IV sinf
o’quvchilarida shakllantirishga qaratilgan jismoniy tarbiyaga doir ba’zi
bir tushunchalarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida bayon etilganidek, jismoniy tayyorgarlik va barkamollik
darajalarining yuqori bo’lishi sog’lom va barkamol avlod ekanligidan
darak beradi. Bu esa sog’lom turmush tarzining mazmunida asosiy
o’rinni egallashini inkor etib bo’lmaydi.
Demak, eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab I-IV sinf va
yuqori sinf o’quvchilariga sog’lom bo’lish, jismonan tetik, chaqqon,
epchil, chidamli, kuchli va har qanday mehnatni bajarishga layoqatli
qilib tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport orqali amalga oshiriladi.
O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzi tushunchalarini shakllantirish
va bu sohadagi bilimlarni boyitish borasida mamlakatimizda ko’plab
madaniy, siyosiy va tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
1991-2011 yillar davomida o’tkazilgan jismoniy tarbiya va sport
mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlar ilmiy to’plamlarida
sog’lom turmush tarzini yoshlarga o’rgatish to’g’risida atoqli
94
olimlarning ilmiy maqolalari nashr etilgan. Ayniqsa, 2002-2011 yillarda
nashr etilgan to’plamlarda O’zDJTI, Nizomiy nomidagi Toshkent DPU,
Jizzax DPI, Samarqand va Buxoro DU tashabbus va samarali mehnatlari
e’tiborga
molikdir.
Ularda
yetakchi
mutaxassis
olimlar
K.T.Shokirjonova,
R.Q.Qutratov,
K.D.Yarashev,
N.Akramova
(O’zDJTI), J.E.Eshnazarov, B.Haydarov, R.A.Qosimov, Z.B.Boltayev
SamDU),
K.M.Mahkamjonov,
X.B.Tulenova
(ToshDPU),
T.X.Xoldarov, H.A.Meliyev, B.Bo’riboyev, F.Axmedov (JizDPI),
A.Q.Atayev, H.A.Botirov (BuxDU), J.M.Toshpo’latov, O’.Ibrohimov
(TerDU) kabilarning tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega.
Mahmudova N.M., O.K.Husanboyev, A.N.Kravsov (1991),
Qudratov R.Q., Abdumalikov R., Xoldorov T.X. (2003), Abdumalikov
R., Xoldarov T.X. (2008) kabilarning o’quv-uslubiy qo’llanmalari
mazmunida sog’lom turmush tarzi, uni ta’minlashda jismoniy tarbiya va
sportning ahamiyati atroflicha bayon etilgan.
Vinogradov G.N., Kulnazarov A.K., Salov V.Yu. ning “Teoriya i
metodika zdorovoga obraza jizni”, nomli o’quv qo’llanmasida
ta’riflanishicha, sog’lom turmush tarzining asosini jismoniy tarbiya va
sport tashkil qiladi. Shu asosda, Adambekov X., Kulnazarov A.,
Kosimbekova S. “Формирование основ физической культуры
учащейся молодежи, монография, (Алматы,
2004) o’quvchi-
yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va tarkib toptirishda
jismoniy tarbiya vositalari va ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlari
yuqori pog’onaga qo’yilgan.
95
Mazkur o’quv qo’llanma va monografiya qardosh Qozog’istonda
ishlab chiqilib, amalda samarali foydalanilayotganligini tilga olishdan
maqsad shuki, O’zbekiston va Qozog’iston xalqlarining turmush
madaniyati va olib borilayotgan davlat siyosati ham bir-biriga o’xshash
va monand, qolaversa chegaralar bir-biri bilan keng tutashib ketgan va
madaniyat, tarbiya, iqtisod va boshqa sohalarda uzviy aloqalar
mustahkamlanib bormoqda.
Demak, talaba-yoshlar sog’lom turmush tarzi va undagi jismoniy
tarbiyaning o’rni haqida bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishda
mazkur manbalardan maqsadli foydalanishlari lozim bo’ladi.
Sog’lom turmush deganda eng avvalo insonlarning sihat-
salomatligi, jismoniy jihatdan tayyorgarligi hamda barkamolligi
tushuniladi.
Salomatlik (sog’lomlik) – jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy
ta’minotning mavjudligidir. Bu sohada ta’rif va mulohazalar ko’p hamda
xilma-xil ya’ni har bir davlat va xalq o’zlarining milliy urf-odatlari
bo’yicha bu sohani har xil tavsiflaydi.
O’zbekistonda salomatlik tushunchasi “Sog’liging – boyliging,
boyliging esa baxting” deb ta’riflanadi.
Bundan kelib chiqadiki, sog’liqni asrash, uni yaxshilash va yanada
rivojlantirish eng ustuvor muammodir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’riflaganidek, “Sog’lom kishigina
hamma narsaga qodir bo’la oladi”.
96
O’quvchi yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning
ko’p tarmoqli (konseptual) yo’nalishi va yagona tizimi misoli sifatida
quyidagilarni ko`rsatish mumkin. (Chizma 1)
Do'stlaringiz bilan baham: |