Tirmashib chiqish. 4-5 qadam naridan tizilib qum solingan
xaltachani boshiga qo’yib gimnastika devori oldiga kelinadi va
xaltachalarni yerga qo’yib, devordan tirmashib-osilib chiqadi va sekin
tushadi. Yana xaltachalarni olib boshga qo’yib avvalgi joylariga
boriladi. Xaltachani boshdan tushirib yubormaslik uchun qaddini rostlab,
to’g’ri yuriladi.
“Kosmanavtlar” o’yinini o’ynash. Qomatni rostlab yurish. Dars
yakuni. Ikki oyoqqa 20-30 marta o’tirib turish. Uy vazifasi qilib beriladi.
Shuningdek, muvozanat saqlash mashqi “Qaldirg’och” ni yaxshi
bajarishni o’rganish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |