I chorak, birinchi dars mazmuni.
Talabalar dars o’tkazilishdan oldin konspekt tayyorlashi va
mazmunlarni
talab
darajasidagi
chizma
(sxema)
asosida
rasmiylashtirishi shart bo’ladi.
Darsning vazifalari: O’quvchilarni jismoniy tarbiya darsi
mazmuni bilan tanishtirish. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga va
birinchi sinf o’quvchilarining kun tartibiga bo’lgan talablar haqida
og’zaki tushuncha berish. O’quvchilarni mashg’ulot o’tkaziladigan o’yin
maydonlari, sport zali hamda darslarda qo’llaniladigan asbob-anjomlar,
buyumlar bilan tanishtirish.
“Qopqon”, “Hamma o’z joyiga” o’yinlarini o’tkazish, oddiy va
osoyishta (sekin) yurish. Dars oxirida saf bo’lib chiqib ketish. Qishloq
sharoitlarida bog’chaga bormagan bolalarni safga turish yo’llari bilan
tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |