Iqtidorli bolalarni sportga safarbar etishning yo’llari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalar
sportini rivojlantirish borasidagi g’amxo’rligi. Iqtidorli bolalarni tanlash,
sinov-tajribalardan o’tkazish. Sportga havas qo’ygan bolalarga imkon
berish va shart-sharoitlar yaratish.
Bolalar sporti sohasida oilaviy tadbirlar.
7.1. Bolalarda sportga iqtidorlikni belgilash va ularni sinov-
tajribalardan o’tkazishning asosiy yo’llari.
7.1.1. Iqtidorli bolalarni sportga jalb etishdagi belgilar.
Iqtidorli bolalarning sportga xos belgilarini aniqlash asosan
quyidagi holatlarga bog’liq bo’ladi:
Ota-onalar, aka-ukalar tomonidan:
-O’g’il yoki qiz bolaning yoshlikdan tetik, harakatchan va gavdali
bo’lib o’sishini kuzatish va shu asosda turli harakat, o’yin-mashqlar
bilan shug’ullantirish, sinash;
102
-Bolaning qiziqishi va qobiliyatining o’sishiga qarab sport qismlari
(elementlari) bilan shug’ullanishni o’rgatish;
-Ota-ona yoqtirgan sport turi bilan shug’ullanishga yo’naltirish va
sport maktabiga berish;
Boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan:
-Darslar
jarayonida
jismoniy
tarbiya
bilan
o’ta qiziqib
shug’ullanuvchilarni kuzatish va ularga qo’shimcha o’yin-mashqlarni
o’rgatish;
-Bolalarning qiziqib shug’ullanadigan o’yin-mashqlari (futbol,
kurash, yugurish, to’p o’yinlari) bo’yicha sinov va tanlash
musobaqalarini o’tkazish;
-Iqtidorli bolalarni jismoniy tarbiya o’qituvchisi yoki murabbiyga
tavsiya etish;
Yuqori sinflardagi jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan
tomonidan:
-Boshlang’ich sinfdagi iqtidorli bolalarning darslardagi hatti-
harakati,
katta
tanaffusdagi,
ommaviy
sog’lomlashtirish sport
musobaqalaridagi faoliyatlari hamda mustaqil ravishda ma’lum bir sport
o’yin-mashqlari bilan doimo shug’ullanishlarini kuzatish;
-O’z ixtisosligi (sport turi) bo’yicha iqtidorli bolalarni o’ziga jalb
etish va shug’ullantirish;
-Boshqa
sport
turlariga
havasmand
bolalarni
to’garak
mashg’ulotlariga jalb etish yoki sport maktabiga borib shug’ullanishni
tavsiya etish hamda ko’maklashish.
Mustaqil ravishda sportni tanlash:
103
-Televideniyeda ko’rish va shaxsiy qiziqishi asosida mustaqil
ravishda tanlagan sport turi bilan shug’ullanish;
-Ko’cha, mahalla, qishloq va ko’p qavatli uy-joy sharotlarida
bolalar va katta yoshdagilarning o’yinlarini ko’rib havas qilish hamda
mustaqil ravishda tengdoshlari safiga qo’shilib o’ynash.
Umuman aytganda, yosh bolalarning (I-IV sinf) sport turlari
qismlari (element) bilan shug’ullanishga intilishlari va iqtidorligini
namoyish etish jarayonlari ularning ma’lum bir sport turi bilan
shug’ullanishlariga turtki bo’lib, ularni oila va maktab, hatto ko’cha
o’yinlari bolalarning sport turi bilan shug’ulanishlariga asos bo’ladi.
Bunday
ijtimoiy-tarbiyaviy
jarayonlar
mamlakatimizning
mustaqilligi tufayli yangilanib va tobora kengayib bormoqda.
Taniqli murabbiylar, sport ustalari, shuningdek barcha yetuk,
mahoratli sportchilar ilk bolaligidan sport bilan shug’ullanganliklari
barchaga ma’lum.
Mohir sportchi bo’lish uchun to’satdan sportga qiziqib, yirik
musobaqalarda yaxshi natijalarga erishgan yoshlar, yigit va qizlar
hayotda kamdan-kam uchraydi. Bu holatlar asosan kurash, boks, shtanga
ko’tarish, stol tennisi kabi turlarda uchrashi mumkin.
Qaysi sport turi bo’lmasin texnik-taktik amallarni uzoq yillar (5-
10) davomida egallash mumkin. Bu asosan sport bilan jiddiy
shug’ullanuvchilarga tegishlidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sportchi bo’lish uchun kichik yoshdan
boshlab shug’ullanish kerak bo’ladi.
104
Bolalar sporti katta sportning poydevori deyish mumkin. Sportda
yetakchi bo’lgan mamlakatlar (Germaniya, Angliya, Italiya, AQSh,
Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya) tajribalari asosida
O’zbekistonda ham bolalar sportiga alohida e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Bolalar
sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” gi farmoni (24
oktyabr, 2002) asosida O’zRVM “O’zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish jamg’armasining faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi
qarori (30 oktyabr, 2002) muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jamg’armaning boshqaruv
faoliyati shaxsan Respublika Prezidenti tomonidan amalga oshirilib, har
yili kengaytirilgan rasmiy majlislar o’tkazilmoqda. Majlisda deyarli
barcha vazirliklar, jamoatchi tashkilotlar, sport uyushmalari, xayriya
jamg’armalari, davlat va nodavlat idoralar rahbar xodimlari ishtirok etib,
bolalar sportini rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhokama
qilinmoqda. Bolalar sporti rivojlanish yo’llari va muammolari butunlay
boshqa mavzu. Lekin, uning umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy
tarbiyasi va ularga shart-sharoitlar yaratish masalalari mazkur Farmon
va qarorda ta’kidlanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Yoshlar”
sport uyushmasi va boshqa sport tashkilotlari (uyushma-jamiyat)
zimmasiga
bolalar
sportini
rivojlantirish
maqsadida
o’quvchi
yoshlarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini yuqori saviyada o’tkazish,
buning uchun esa sport majmualarini kengaytirish, maktablarda sport va
o’yin maydonlarini ko’paytirish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan
105
ta’minlash yuklangan. Bunda shuningdek iqtidorli bolalar, ayniqsa
mahalliy qizlarni sportga jalb etish, to’garaklarni ko’paytirish,
o’qituvchi va tegishli murabbiylarni tayyorlash, ularning kasbiy
malakalarini oshirish, qayta tayyorlash kabi muhim muammolarni hal
etish ko’zda tutilgan. Bu jihatlar esa bolalarning jismoniy tarbiya
darslarida faol shug’ullanishi, sport to’garaklariga qatnashishi hamda
ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlarida qiziqib ishtirok etishlariga
sabab bo’ladi. Shu asnoda iqtidorli o’g’il va qiz bolalarning darslarda
to’la ishtiyoq bilan shug’ullanishlariga alohida e’tibor qaratish talab
etiladi. Ayniqsa, o’qituvchilar va ota-onalar bolalarning sport turlarini
tanlashi va ularda astoydil shug’ullanish uchun shart-sharoitlar yaratib
berishlari lozim bo’ladi.
Oila va jismoniy tarbiya darslarida bolalarning faqat sog’lom
bo’lib yetishishlarigagina emas, balki ularning kundalik hayotida
(darsgacha, darsdan tashqari va mustaqil ravishda) jismoniy o’yin-
mashqlar, iqtidorli bolalarning o’zlari tanlagan sport turlari qismlari
(element)bilan muntazam shug’ullanishlariga erishishlari kerak. Shu
asosda iqtidorli bolalarning sportga bo’lgan havasini uyg’otish va
bevosita shug’ullanishlariga o’rgatish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |