o’qitish
mavzulari, nutq malakalari
va
til materiali
kabilarni kiritish, bizningcha, maqbul
30
ko’rinadi. Mazkur tarkibiy qismlar, avvalo, o’quv dasturlarida o’z aksini topadi.
Ta’lim yakunida nimalarga erishish kerakligi, nutqiy ko’nikma va malakalarning
sifati, tilning leksik, grammatik va talaffuz minimumi qay darajada o’zlashtirish
lozimligi o’quv dasturida ko’rsatib beriladi.
O’qitish mazmunining birinchi tarkibiy qismi
nutq mavzulari
dir. Ma’lumki,
ingliz tili o’qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda nutq mavzulari tanlanadi.
Nutq mavzulari tildan tashqari (ekstralingvistik) hodisa bo’lib, ingliz tili
o’qitish metodikasida hozirgacha mukammal tadqiq etilmagan sohalardandir.
Shunga qaramay, chet til dasturlarida tegishli mavzular tizimi tavsiya etiladi.
Dasturiy talablarga ko’ra o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlari
o’quvchi va talabalaridan ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, madaniy, o’quv-
ta’limiy va kasbiy sohalarda muloqot qilish malakalarini egallash talab etiladi.
Og’zaki nutq va o’qish uchun mavzular tanlanadi.
Og’zaki nutq
mavzulari asosan to’rt nom bilan yuritiladi: (1) O’quvchi
tevarak-atrofi, (2) Vatanimiz-O’zbekiston, (3) Tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)
va (4) Ixtisoslikka oid sohaviy mavzular. Ular quyidagi kichik mavzularni o’z
ichiga oladi:
Vaqt
. Soat, hafta kunlari, oylar, sana, yil fasllari.
Tabiat hodisalari
. Ob-havo, yilning to’rt fasli, tabiatning asosiy hodisalari.
Oila
. Tarjimai hol, oila a’zolari (tarkibi), qarindoshlik munosabatlari, oila
yashaydigan uy, kasb-hunar.
Mustaqil O’zbekiston.
Milliy ramzlar: O’zbekiston tamg’asi, madhiyasi,
bayrog’i. Mustaqillik kuni. Konstitutsiya. Davlat tizimi.
Oziq-ovqat
. Ovqat turlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dasturxon tuzash, idish-
tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlarini harid qilish, uyda va oshhonada ovqatlanish,
ovqat tayyorlash.
O’quvchining o’qishi va hayoti
. O’quvchining ish kuni, shahar va uning
atrofida dam olish, kollej hayoti, bo’sh vaqtda sevimli mashg’ulot bilan
shug’ullanish.
31
Turar-joy
. Xonadon (hovli, xonalar, dala hovli), uy jihozlari.
Kiyim-bosh
. Kiyim-bosh turlari va ularni harid qilish.
Shahar va qishloq mavzusi bo’yicha
. Mening qishlog’im yoki shahrim.
Shaharning diqqatga sazovor joylari.
Yoshlar hayoti.
Qiziqishlar. Do’stlik. O’zaro hurmat. Avlod/ajdodlar
munosabati (vorislik). Barkamol avlod orzusi.
Til o’rganish.
Til bilishning ahamiyati. Ko’p tillilik xosiyati. O’zga tillarni
o’rganishga qiziqish. Chet tillarni puxta o’rganish.
Bayramlar
bo’yicha
.
Mamlakatimizda
va
tili
o’rganilayotgan
mamlakat(lar)dagi bayramlar. Mustaqillik kuni, Bilimlar kuni, O’qituvchilar
bayrami, Yangi yil, Navro’z bayrami, Xotira va Qadrlash kuni va h. k.
Teatr, teatrga borish
. Sevimli spektakl va aktyorlar.
Geografiyaga oid mavzular
. O’zbekiston Respublikasi poytaxti va shaharlari,
tili o’rganilayotgan mamlakat(lar) poytaxti hamda ularning diqqatga sazovor
joylari. Shahar transporti.
Dam olish
. Mamlakatimizda va tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)da dam
olishni tashkil etilishi. Madaniy hordiq chiqarish. Sayr qilish. Sayohat. Ta’tilni
o’tkazish.
Sayohatga borish
. Sayohat qilish vositalari (Avtobus, poezd, dengiz porti,
aeroport orqali).
Sport
. Mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)da sport va sport
turlari. Sport musobaqalari. Salomatlik va sport.
Kasbiy sohaga oid mavzular
. Mening yoqtirgan kasb. Kelajak haqida o’ylar
(Istiqbol rejalari). Men kelajakda ... bo’lmoqchiman va h.k.
O’qish
bo’yicha quyidagi mavzularni tavsiya etish mumkin:
Ijtimoiy-maishiy
soha bo’yicha: Oila. Oilaviy urf-odat va an’analar. Oilaviy
o’zaro yordam. Uy hayvonlari. Harid, oziq-ovqat. Men va do’stlarim va h.k.
O’quv-ta’limiy
sohada: Kollej va mening sevimli fanim. Bo’sh vaqt: sport va
boshqa sevimli mashg’ulotlar. Kelajakdagi rejalar.
32
Madaniy
sohada: Shahar (qishloq) va boshqa diqqatga sazovor joylar (muzey,
teatr, kino, ko’rgazmalar). Transport. Mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan
mamlakat(lar) jug’rofiyasi, davlat tizimi, urf-odat, an’analari, madaniyati, fan va
texnika yutuqlari haqida. Bayramlar. Tabiat va ekologiya.
Ixtisoslik
sohasida: Men yoqtirgan kasb. Kelajak haqida o’ylar va h.k.
Nutqiy mavzularni tanlashda, albatta, o’qitish metodikasining muayyan
mezonlariga asoslaniladi: (1) mavzular nutq malakalarini shakllantirish uchun
xizmat qilishi lozim; (2) o’qitish sharoiti va imkoniyatlarining mavjudligi ko’zda
tutiladi; (3) mavzularni tanlashda o’zlashtirishning retseptiv va (re)produktiv
xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Binobarin, og’zaki nutq va o’qish uchun alohida
mavzular tanlanadi.
O’quv dasturida tavsiya etilgan mavzular o’quvchi va talabalarning yoshi,
qiziqishiga mos kelishi, til materiali asosida ularning umumiy saviyasini
ko’tarishga qaratilishi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni
ko’zda tutishi talab qilinadi.
Chet til o’qitish yuqori bosqichga o’tgan sari berilgan mavzu doirasi
kengaytirib boriladi, chunki nutq mazmuni chuqurlashadi va til materialining hajmi
orta boradi.
Muloqot doirasini belgilovchi nutqiy mavzularda Vatanimiz va tili
o’rganilayotgan mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarni qiyosiy tarzda o’rganib
borilishiga erishiladi. (Masalan: Oila: O’zbekiston, Angliya va AQSHda,
Mustaqillik: O’zbekistonda (1 sentyabr) va AQSHda (4 iyul) va h.k.)
Nutq mavzularini tanlash bo’yicha quyidagi metodik xulosalarni chiqarish
mumkin:
1.
O’qitish mazmuni komponentlari turli o’quv yurtlarida o’xshash, lekin ular
sifat va miqdor jihatidan farq qiladi.
2.
Maktab va oliy o’quv yurtlarida nutq mavzulari ta’lim maqsadlaridan kelib
chiqqan holda saralanadi.
3.
Nofilologik oliy o’quv yurtlari sharoitida maktabda o’rganilgan nutq
33
mavzulari doirasiga ixtisoslik yo’nalishidan kelib chiqqan holda sohaviy mavzular
ham qo’shiladi.
4.
O’quv dasturida tavsiya etilgan nutq mavzulari o’quvchi va talabalar yosh
xususiyati, qiziqishi va ularning umumiy saviyasini ko’tarishga xizmat qilishi
lozim va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |