Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
II.2. Ingliz tili materialini metodik tayyorlash bilan bog’liq masalalar 
Chet til o’qitish metodikasida 
til materiali
mufassal tadqiq etilgan sohalardan 
biridir. Nutqda fikrni ifodalash yoki ifodalangan fikrni tushunib olish uchun til 
materialini qo’llay bilish talab etiladi. Zamonaviy o’qitish amaliyotida til materiali 
tushunchasi ikki ma’noda talqin etiladi: (1) leksik, grammatik, fonetik va boshqa 
lisoniy birliklar majmui; (2) o’qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, til 
sistemasidan tanlab olingan til minimumi deb atalgan, o’quvchilar uchun chet til 
materiali hisoblanadigan birliklar yig’indisi.
Til materiali borasida so’z yuritganda, uch metodik tushunchani bir-biridan 
farqlashga to’g’ri keladi; (1) chet til o’qitish mazmuni, (2) uning tarkibidagi til 
materiali va (3) undan ajratib olinadigan til materialini o’qitish mazmuni. Bunda 
leksik minimumdan leksikani o’rgatish mazmuni, grammatik minimumdan 
grammatikani o’rgatish mazmuni, talaffuz materialidan talaffuzni o’rgatish 
mazmunini ajratib olish, va ularni o’rganishda maxsus mashqlar bajarish, 
binobarin, tegishli vaqt hamda kuch sarflash shart bo’lgan til hodisalarini tanlash 
masalasi turadi.
Til materialini, bir tomondan, sezgilar yordamida aytish, eshitish, ko’rish va 
yozish mumkin, ikkinchi tomondan esa, nutq faoliyati turlarida ularni qo’llash va 
idrok etib tushunish mumkin.
Ma’lumki, o’qitish amaliyotida ingliz tili o’rganishda har qaysi bosqich va 
tashkiliy qism(o’quv yurt)lari uchun alohida-alohida leksik, grammatik, talaffuz, 
imlo, so’z yasash minimumlari tanlanadi.
Tanlash mezonlari umumiy bo’lsa-da, shakllantirilgan til minimumlari 
miqdoriy va sifat jihatidan bir-biridan farq qiladi. Jumladan, kollejlarda til 
materialini metodik tayyorlash (tanlash, taqsimlash, tasniflash va taqdimot) va 
o’rganish uchun taqdim etilishi ham o’ziga xos jarayondir.
Zamonaviy chet til o’qitish metodikasida 
leksikani o’rgatish 
nutq faoliyati 
turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi. Ingliz tili o’qitish metodikasida 


35 
leksikani o’rgatish ikki bosqichdan iborat jarayon deb qaraladi. Birinchisi, 
leksikani metodik tayyorlash (tanlash, taqsimot, tasnif, taqdimot) bosqichi bo’lib, 
ushbu jarayon mazkur soha metodistlari tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchisi, 
leksik ko’nikmalarni shakllantirish bosqichi bo’lib, ushbu jarayonda bevosita 
o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda faoliyat ko’rsatadi.
Ma’lumki, o’qitish metodikasida o’quv sharoitiga qarab aktiv (reproduktiv) 
va passiv (retseptiv) leksika tanlanadi. O’quvchi o’z fikrini bayon etayotganida va 
o’zgalar nutqida tushuniladigan lug’at aktiv leksika deyiladi. Idrok etib 
tushunishga mo’ljallangan lug’at passiv leksik minimum hisoblanadi.
Leksikani tanlashda quyidagi metodik mezonlar asos qilib olinadi: hisob-
kitob mezonlari, metodik mezonlar, tilshunoslik mezonlari.
Hisob-kitob mezonida so’zlarning nutqda ko’p qo’llanishi va keng 
tarqalganlik xususiyatlari, metodik mezonlarda nutq mavzulari hamda o’qitish 
maqsadlari hisobga olinadi.
 
Tilshunoslik mezonida esa so’zlarning birikishi, so’z 
yasash imkoniyati, ko’p ma’nolilik, uslub jihatdan chegaralanmaganlik, 
sinonimlarni chegaralash (yakkalash) va gap tuzishdagi ishtiroki kabilardan 
foydalaniladi.
Ikkinchi mezonda muayyan o’quv yurtida chet til o’qitishdan ko’zlangan 
maqsad va tanlangan nutq mavzulari asos bo’ladi. Ma’lumki, ingliz tili o’qitishdan 
maqsad – ijtimoiy-maishiy, siyosiy, badiiy, o’quv-ta’limiy va mutaxassislikka oid 
sohaviy matnlarni o’qish hamda dastur doirasida og’zaki nutq malakalarini 
shakllantirishdan iboratdir. Mazkur o’quv yurti nutq mavzulari va o’qitish 
maqsadlari leksik birliklarni tanlashda asos vazifasini o’taydi.
Birikish mezoniga ko’ra tanlangan so’z boshqalari bilan imkoni boricha 
ko’proq birikmaga kirisha olishi, so’z yasash mezonida ulardan ko’proq yangi 
birliklar yasalishi ko’zda tutiladi.
Uslubda chegaralanmaganlik deganda, nutq faoliyatining barcha turlari va 
turli mavzularda ishlatiladigan so’zlarni tanlash mezoni tushuniladi. Aktiv va 
passiv leksik birliklar birgalikda o’quvchilarning real lug’at boyligini tashkil etadi. 


36 
Real lug’at maxsus mashqlar bajarish orqali o’zlashtiriladi.
Ingliz tilini o’rgatishda o’quvchi hali o’rganmagan, lekin ushbu lug’atga duch 
kelganda o’quvchi uni ona tili, ikkinchi til yoki chet tilning shakliy (formal), 
ma’noviy (semantik) tomonlarining o’xshashligi tufayli bilib olishning ichki 
imkoni bor leksik birliklar ham mavjud. Ular potentsial lug’at deb ataladi.
Potentsial lug’atni og’zaki (audiomatnda) yoki yozma (grafikmatnda) shaklda 
taqdim etilishi chog’ida bilib olish mumkin. Nofilologik oliy o’quv yurtlarida 
potentsial lug’at boyligini o’rgatish masalasiga alohida to’xtalish zarur. Chunki, 
mazkur o’quv yurtida ixtisoslikka oid kasbiy atamalar bilan ishlashga to’g’ri 
keladi. Kasbiy terminologiyadagi juda ko’p leksik birliklarning ona tili, ikkinchi til 
va ingliz tilida shakliy-ma’noviy va talaffuz tomonlarida o’xshashlik mavjud 
bo’lishini kuzatish mumkin.
O’zbek maktablari uchun ingliz tilidan lug’at minimum yaratilgan bo’lib, 
1645 ta birlikni o’z ichiga oladi. Ulardan 1111ta leksik birlik o’quvchilar real 
lug’at boyligini, 534tasi potentsial lug’atni tashkil etadi. Nofilologik oliy o’quv 
yurti talabasi ingliz tili o’rganish jarayonida 2600 atrofidagi leksik birlikni og’zaki 
va yozma nutqda o’zlashtirishi dasturiy talab sifatida belgilangan. Shundan 1300 
tasi o’quvchining aktiv leksikasini tashkil etadi (O’rta maktabda o’quvchi ushbu 
miqdordan mingtasini aktiv o’zlashtirgan).
Leksikani metodik tashkil qilishdagi navbatdagi tadbir uning taqsimotidir. Til 
materialini taqsimlash masalasi metodikada kam e’tibor berilgan sohalardandir. 
O’quv materialining taqsimoti fan asoslarini o’rganuvchi fanlarda osondan 
qiyinga, shuningdek, boshqa didaktik printsiplar asosida amalga oshiriladi. Ingliz 
tilida nutq faoliyati turlarining o’rganilishi bilan bog’liq holda taqsimlanadi.
Leksikaning taqsimoti ikki bosqichda amalga oshiriladi: (1) aktiv va passiv 
leksik minimumlar ajratiladi; (2) reproduktiv va retseptiv tarzda egallanadigan 
leksika kurslar bo’yicha taqsimlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqich taqsimotida leksika yanada kichikroq miqdordagi guruhlarga 
ajratiladi: (1) leksika nutqiy mavzular bo’yicha darslikda taqsimlanadi; (2) bir 


37 
soatlik dars uchun so’zlar miqdori belgilanadi; 3) mashqlar materiali sifatida leksik 
birliklar tarqatiladi. 
Taqsimot jarayonida leksik birliklarning xususiyatlari, nutqning idrok etib 
tushunish (tinglab tushunish, o’qish) yoki fikr bayon etish (gapirish, yozuv) turlari 
hisobga olinadi.
Xullas, leksikaning taqsimoti quyidagi metodik mezonlar asosida amalga 
oshirilishi mumkin: 1) leksikani nutq faoliyati shakli (reproduktiv va retseptiv)ga 
qarab ajratish, ya’ni nutq talabiga ko’ra taqsimlash yoki o’qitish maqsadlarini 
nazarda tutish; 2) nutqiy mavzularni hisobga olish; 3) o’quvchilar til tajribasini 
hisobga olish; 4) til ichki interferentsiyasi(salbiy ta’sir)ni bartaraf etishni ko’zda 
tutish; 5) yangi grammatik hodisalarni tanish leksik birliklarda, yangi leksikani 
o’rganilayotgan grammatik vositada berish; 6) leksik qiyinchiliklarni bo’lib 
(chegaralab) o’rgatish. 
Uchinchi bosqich – leksikaning tasnifi ham chet til o’qitish metodikasida 
muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Metodistlar o’quvchilarning til tajribasini 
hisobga olgan holda o’rganiladigan leksik birliklarni oson/qiyin guruhlarga 
ajratadilar.
Xorijda va Vatanimizda leksik material tasnifi masalasi metodistlar diqqatini 
o’ziga jalb qilib kelmoqda. Chet til o’qitish ruhshunosi H. Hyuz ona tili bilan 
taqqoslash orqali chet til leksikasini oson va qiyin guruhlarga ajratgan. Taniqli 
metodist H. Palmer leksikani shakl, ma’no va qo’llanish yuzasidan tasnif etgan 
bo’lsa, Ch. Friz so’zning gapdagi vazifasi va birikish xususiyatidan kelib chiqqan 
holda tasnifni amalga oshirgan, R. Lado leksikani tillararo interferentsiyaga 
bog’lab tasnif etishni taklif etgan.
XX asrning oltmishinchi va yetmishinchi yillarida bu boradagi ilmiy 
ma’lumotlar umumlashtirildi, yangi tasnif mezonlari o’rtaga tashlandi. Sobiq 
Ittifoqda I. V. Raxmanov, V. A. Buxbinder, S. V. Kalinina, L. Z. Yakushina, M. S. 
Latushkina, N. B. Nikolaev, A. A. Zalevskaya, M. A. Pedanova, Yu. V. 
Gnatkevichlar turli nuqtai nazardan turib, chet til leksikasini toifalarga ajratishgan 


38 
bo’lsa, o’zbek milliy auditoriyasi uchun J. Jalolov, H. Saynazarov, M. Chorievlar 
ingliz tili leksikasini tasnifi ustida tadqiqotlar olib borishgan. Yuqoridagi 
tadqiqotlarda chet til leksikasining xususiyatlari, tilning ichki va tillaro 
interferentsiyasiga bog’lab tasniflash, aktiv va passiv lug’atga xos qiyinchiliklar 
o’rganilgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish