Tarbiyaviy maqsad
ingliz tili predmetining tarbiyaviy ahamiyati bilan
ifodalanadi. O’quvchilar ingliz tilidan bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lib
borish barobarida ularda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga xurmat, Ona Vatan
iftixori, do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ulari kamol topadi, shu bilan birga, axloqiy, estetik,
baynalmilal tarbiya berishni ko’zda tutadi.
Komil inson – vatanparvar, xalqparvar, ma’naviy boy, ahloqan pokiza,
bag’rikeng, ezgulik, yaxshilikni, mexnatsevarlik, halollik va sharqona andishani
qalbiga jo qilgan, o’z tarixi, milliy qadriyatlarini biluvchi, e’zozlovchi shaxsdir.
Shuningdek, u jahon sivilizatsiyasidagi eng ilg’or fan yutuqlaridan boxabar, jahon
23
madaniyatidagi umumbashariy g’oyalar bilan qurollangan zamonaviy insondir.
Bunday insonni tarbiyalashda ingliz tili muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqsad chet til materialida asosan ikki yo’l bilan ro’yobga chiqariladi.
Birinchidan, til o’rganuvchi (o’quvchi)ning ta’lim jarayonida bevosita
tarbiyalanishi kuzatiladi (shu tilda salomlashish, xayrlashish, tevarak-atrofga
munosabat bildirish), ikkinchidan, tinglanadigan, aytiladigan, o’qiladigan va
yoziladigan ingliz tili materiali mazmunida shunday tarbiyaviy jihatlar mavjudki,
ular o’quvchini ma’rifatga yetaklaydi, uning ma’naviy ehtiyojini qondiradi.
Ma’lumki, oliy o’quv yurti ingliz tili ta’limida ijtimoiy-maishiy, badiiy,
siyosiy, madaniy, o’quv-ta’limiy va sohaviy mavzularga oid matnlar o’qish uchun
beriladi hamda ulardan olinadigan ma’lumotlar o’quvchi tarbiyasiga bevosita
dahldor va foydali bo’lishi talab etiladi.
O’quvchilar Vatanimizning mashhur kishilari (Outstanding people of
Uzbekistan: Amir Temur, Khoja Ahmad Yassawiy, Bahouddin Naqshband,
Alisher Navoi va b.), davlatimiz ramzlari, tarixiy obidalari, madaniyati, san’ati,
tarixi, urf-odat va an’analarini o’zida aks ettirgan ingliz tilidagi matnlar (Symbols
of Uzbekistan: National anthem, flag, state emblem of Uzbekistan, Famous cities
of Uzbekistan: Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent va b.)ni o’qishi ularda Ona
Vatan iftixori, o’z yurti va ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kamol topishiga
ko’maklashadi.
Bundan tashqari, ingliz tilini o’qitishda tarbiyaviy maqsad tili o’rganilayotgan
xalq(lar) nutqiy muomala madaniyati, axloqi, turmush tarzi kabilarni o’rganish
orqali ham amalga oshiriladi.
Ingliz tili ta’limi orqali o’quvchilarni tarbiyalash: a) darsda; b) darsdan
tashqari ishlar jarayonida (turli tadbirlar, kechalar o’tkazish orqali) olib boriladi.
O’qitish metodikasida yana bir –
kasbiy (professional) maqsad
ham
mavjudki, u ixtisoslik beruvchi o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda
mazkur maqsad tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilmoqda. Bizningcha, bu
24
masalani yoritishda, avvalo, “ixtisoslik”, “kasb” va “kasbiy yo’naltirilganlik”
tushunchalariga muxtasar izoh berish lozimdek ko’rinadi.
Ixtisoslik (mutaxassislik) deganda, muayyan sohada, masalan, ingliz tili
mutaxassisligi sohasida maxsus nazariy bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish
tushuniladi. Kasb tushunchasi sifatida esa muayyan faoliyatda ingliz tilidan
amaliyotda foydalanish nazarda tutiladi. Chet til mutaxassislari faqat ushbu sohaga
oid oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Bunday o’quv yurtlarida talabalar ingliz
tilidan ixtisoslikni egallash uchun mazkur til bo’yicha muayyan nazariy va amaliy
fanlarni o’rganishlariga to’g’ri keladi. Nofilologik oliy o’quv yurtlarida esa
muayyan ixtisoslikni egallash uchun o’quv rejasidagi barcha umumta’limiy va
kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar tegishli ulushini qo’shadi. Talabalarni
ingliz tilida mutaxassislikka oid sohaviy matnlarni o’qishi o’quvchilarni
umumdasturiy bilimlarini boyitadi, jumladan, kasbga oid sohaviy atamalarni puxta
o’zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, ingliz tili talabalarning
muayyan kasbiy sohaga oid malakalarini shakllanishiga ko’maklashadi.
Ta’limni kasbiy yo’naltirishning mohiyati shaxsning kasbiy hislatlarini tarkib
toptirish, bo’lajak mutaxassislik malakalarini hosil qilishga qulay sharoit yaratib
berishdan iboratdir. Bu, albatta, kasbiy maqsad doirasiga kiradi.
Nofilologik oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida o’quvchilar ta’lim-
tarbiyasiga munosib e’tibor berilib, yuqoridagi maqsadlarga erishish orqali
bo’lajak kichik mutaxassislarning shaxsi va kasbiy malakalari shakllanadi,
demakki, rivojlantiruvchi maqsadga erishiladi.
Rivojlantiruvchi maqsad
ingliz tilini o’rganish jarayonida o’quvchilar
dunyoqarashining kengayib borishi bilan belgilanadi. Ingliz tilini o’rganish
o’quvchilar mantiqiy tafakkuri (fikrlash, fahmlash, tahlil, umumlashtirish)ni
o’stiradi, mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi maqsad til
materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, so’zlar ma’nosini
mustaqil fahmlash malakalarini o’stirishda namoyon bo’ladi. Demakki, ingliz tili
o’qitishda o’quvchilar saviyasini quyidan yuqoriga ko’tarish, aqliy jihatdan ravnaq
25
toptirish, mazmunan yuksaltirish, aqlan yanada ulg’ayishini ta’minlash ushbu
maqsadning ro’yobga chiqishidan ko’zlanadigan birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifa,
ingliz tili o’rganishda o’quvchilarning his-tuyg’ularini kamol toptirish, tashqi
ta’sirni sezgilar va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni ravnaq
toptirishni nazarda tutadi. Uchinchidan, rivojlantiruvchi maqsad faoliyat ko’rsatish,
ta’lim olishga bo’lgan ichki turtki (motivatsiya)ni kuchaytirishni taqozo etadi.
Rivojlantiruvchi
maqsad
nutqiy
amallar
orqali
ro’yobga chiqadi.
Umumta’limiy maqsaddan uning farqi shundaki, olinadigan ma’lumot yoki
axborot mazmunining amaliyotga tatbiqi va uni olish malakalari rivojlantiruvchi
maqsad doirasiga kiradi. Ta’lim esa aqliy jihatdan rivojlantirishning asosi
hisoblanadi. Ingliz tili o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar o’rta maktab va
nofilologik oliy o’quv yurti ta’limida o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ingliz tili o’rganish jarayonida fan oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan
kelib
chiqib,
o’quvchining
kommunikativ
kompetentsiyasi
(layoqati)
shakllantiriladi, ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari
hosil qilinadi. Nutqiy kompetentsiya lingvistik (til bilimi), ijtimoiy-madaniy (social
and cultural knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlardan tashkil
topadi.
Lingvistik bilimlar lisoniy qoidalarni bilish, leksik, grammatik, talaffuz
hodisalarini yaxlit tarzda egallash oqibatida nutqiy obyekt (o’qish va tinglab
tushunish uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila (gapirish
va yozuv)ni erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.
Ijtimoiy-madaniy sohaga oid bilim kommunikativ faoliyatni yurita olish
malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga xoslik, jumladan,
madaniyatlararo muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.
Nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlarda o’quvchilarning til bilimi,
nutqiy ko’nikma va malakani o’zlashtirishi nazarda tutiladi. Nutqiy vaziyatda til
vositalarini erkin qo’llash, tasvirlash, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z fikrini
26
bayon qilish (monolog), o’zgalar nutqini idrok etib tushunish (dialog), chet tildagi
matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.
Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy
bilimlarga ega bo’lishlari kerak: til materialini nutqiy vaziyatda qo’llash;
tayyorlangan va tayyorlanmagan yakkanutq va juftnutqda fikr yurita olish; o’qish
turlari (tanishuv, o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya
qilingan matnni o’qib axborot olish kabilar.
Tadqiqotimizda endigi bildiriladigan fikrlar o’qitish maqsadlarining o’zaro
bog’liqligiga doir. Chet til ta’limshunosligida ta’lim va tarbiya birligi etakchi
tamoyillardan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana
boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan xulqiy
odatlar hosil bo’ladi.
Ta’lim va tarbiya birligini ta’minlash mazkur jarayonni to’g’ri tashkil qilish,
turli o’qitish metodlaridan unumli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta’lim
va tarbiyaning birligini ta’minlash uchun ayniqsa: a) bayon qilinayotgan o’quv
materiallarining mazmuni ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi; b)
o’rganiladigan mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish uchun
mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanish; v) o’rgatilayotgan bilimlarni puxta va
mustahkam o’zlashtirish; g) ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishlarini
orttirish, faollik va tashabbuskorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |