Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

 
hayotiy va kasbiy axborotlar inglizcha 
matnlarda o’z aksini topadi. Ular 
O’quvchi tevarak-atrofi, Vatanimiz 
­
 
O’zbekiston 
(Geographical position of Uzbekistan, Independence of Uzbekistan, History of 
Uzbekistan, Administrative subdivision of the Republic of Uzbekistan va h.k.), 
Tili 
o’rganilayotgan mamlakat(lar)
(Great Britain, Political system of the USA, 
Parliament of Great Britain, Holidays of the USA and Great Britain, etc.) va kollej 
yo’nalishidagi sohaviy matnlarda berilishini kuzatishimiz mumkin. Yuqoridagi 
matnlarni o’qish, birinchidan, o’quvchilarning umumiy bilimlarini mazkur 
mamlakatlar madaniyati, san’ati, tarixi, adabiyoti, urf-odatlari, an’analari kabi 
yangi ma’lumotlar bilan boyitsa, ikkinchidan, ingliz tilida mutaxassislik bo’yicha 
sohaviy matnlarni o’qish o’quvchilarni ixtisoslik bilimlarini yanada boyitishga 
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 
Ingliz tilida umumta’limiy maqsad tilni amaliy egallash chog’ida ro’yobga 
chiqadi. Amaliy bilish tarbiya berish uchun ham asosiy yo’l sanaladi.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari 
uchun xizmat qilib kelayotgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, tarbiya avlodlar 
orasidagi aloqani ta’minlovchi vosita hamdir. Har bir davrning o’ziga xos 
tarbiyaviy usul va vositalari mavjud bo’lgan.
Qadim zamonlarda tarbiyaga keksa avlod tajribalarini o’zlashtirish 
shakllaridan biri sifatida qarab kelingan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati (ovchilik, 
chorvalik, dehqonchilik va shunga o’xshash) jarayonlarida, turli urf-odat bilan 
bog’liq marosimlar o’tkazish orqali amalga oshirilgan. O’sha davrda jismonan 
baquvvat, kuchli kishilarni tarbiyalash ko’zda tutilgan. Ijtimoiy tuzum va ishlab 
chiqarish munosabatlarining o’zgarishi va taraqqiyoti tarbiya jarayonini 
takomillashib borishiga ham ta’sir o’tkazdi.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan 
pedagogik jarayon bo’lib, o’quvchi shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish 
imkoniyatini beradi. 
Tadqiqotlarda tarbiyaning quyidagi tamoyillari e’tirof etilgan: 


22 
(1) tarbiyaning muayyan maqsadga qaratilganligi; (2) tarbiyaning insonparvarlik 
va demokratik tamoyili; (3) tarbiyani hayot va mehnat bilan bog’liqligi; (4) 
tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni ustuvorligi; (5) tarbiyada 
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish; (6) tarbiyaning izchillik, 
tizimliligi; (7) tarbiyaviy ta’sirlarning birligi hamda uzluksizligi va h.k. 
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – har tomonlama rivojlangan, aqliy va 
axloqiy jihatdan barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir. Nofilologik oliy 
o’quv yurti talabalari umumta’limiy va ixtisoslik yo’nalishdagi fanlar asosini 
egallab borish jarayonida mutaxassislik malakasi, chuqur umumiy bilim, keng 
dunyoqarash, kasbiy tayyorgarlik, kompyuter savodxonligi, o’z bilimlarini doimiy 
to’ldirib borish kabi qobiliyatlarni egallab boradilar. Shular qatorida o’quvchilarda 
intizom, ma’suliyat bilan o’z ishiga, mamlakat ravnaqi yo’lida sadoqat bilan 
mehnat qilish tuyg’ularini kamol toptirish ham talab etiladi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda 
Vatanga sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat, atrofdagilarga 
mehribonlik, tanlagan yo’li, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlik tuyg’ularini 
shakllantirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunning asosiy maqsadi – har tomonlama 
rivojlangan, komil insonni tarbiyalash o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
kontseptsiyasida ham alohida ta’kidlab o’tilgandir. Tarbiyaviy maqsadga 
erishishga ingliz tili ham munosib hissa qo’shadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish