Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

Grammatika
ning til o’rganishda tutgan o’rni, nutqiy muloqotda o’ynaydigan 
yetakchi roli haqida maxsus tadqiqotlar olib borilgan. Til materialining tarkibiy 
qismi hisoblangan grammatika bo’yicha ilmiy manbalarda turli fikr va mulohazalar 
bayon qilingan. Grammatikani (1) tilning grammatik qurilishi; (2) tilning grammatik 
qurilishi haqidagi fan; (3) amaliy grammatikani, ya’ni konkret tilga oid grammatik 
qoidalar, grammatik hodisalar tavsifi, grammatik ko’nikma va malakalar deb 
qarovchilar mavjud. 
Nemis lingvodidakti G. Xelbingning fikricha, uch turdagi grammatikani 
o’zaro farqlash lozim: (1) muayyan tilga xos bo’lgan grammatik hodisalar majmui; 
(2) tildagi grammatik qoidalar majmuining ilmiy tahlili, ya’ni grammatikaning 
tilshunoslik fanida aks etishi; (3) nutqiy muloqot chog’ida qo’llanadigan qoidalar 
tizimi. 
Professor J. J. Jalolov grammatikaga (1) nutqning grammatik tomoni – tilning 
gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuvda uchraydigan grammatik hodisalar; 
(2) til hodisalarini ta’riflovchi mavhumotlar deb ta’rif bergan. 
Chet til o’qitish metodikasi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, grammatikaga 
turlicha munosabatda bo’lib kelinganligini kuzatishimiz mumkin. Grammatik-
tarjima metodi tarafdorlari til o’rganish deganda, grammatikani o’zlashtirishni 
tushunganlar. To’g’ri metodda esa grammatik qoidalarni o’rgatishni umuman rad 
etilgan. Ushbu metod tarafdorlari o’qitish chog’ida ona tilini chetlab o’tib, chet til 
so’zi bilan predmet orasida bevosita aloqa (assotsiatsiya) o’rnatishga harakat 
qilganlar. Ongli-qiyosiy metod tarafdorlari grammatikani o’rgatishga jiddiy e’tibor 
berganlar. Grammatika alohida aspekt sifatida o’rganilgan. Grammatik qoidalar 
sistemali ravishda o’rganilgan. Hozirgi paytda grammatikaga nutqiy muloqotni 


39 
ta’minlovchi vosita sifatida qaraladi. Psixolog va psixolingvistlar (B.V. Belyaev, 
A.A. Artemov, I.A. Zimnyaya, A.A. Leontev, T.V. Ryabova) nutqning 
shakllanishida uning grammatik qurilishi, idrok qilishda esa grammatik hodisalarni 
tanib olishga e’tiborni tortadilar. 
O’rta maktab va nofilologik o’quv yurtlarida ingliz tili grammatik hodisalarini 
funktsional tarzda (qo’llanish nuqtai nazaridan) o’zlashtirish, so’ngra intuitiv holda 
qo’llash talab etiladi.
Ingliz tili grammatikasini o’rgatishning xususiyatlaridan biri uni ona tili 
grammatikasidan o’rganilgan bilimlarga asoslanishidir. Ona tilida grammatika til 
amaliy o’zlashtirilgandan keyin o’rgatilib, ko’pgina hollarda nazariy va amaliy 
grammatikaning qorishmasidan iborat bo’ladi.
Xorijiy til ta’limida grammatik ma’lumotlar tom ma’noda amaliy xarakterga 
ega bo’ladi. O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida grammatikani 
o’rgatish asosan quyidagilar bilan cheklanadi: (1) grammatik shakl, ularning 
ma’nosi va qo’llanishini o’zlashtirish; (2) ushbu shakllarga oid qoidalarni bilish, 
muloqot vaziyati va kontekstda ulardan foydalana olish ko’nikmalarini egallash; 
(3) og’zaki va yozma fikr bayon etganda grammatik ko’nikmalarni qo’llay bilish. 
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida o’quvchi va talabalar chet 
til grammatikasini o’rgatish mazmunini egallaydilar. Grammatikani o’rgatish ham 
leksika kabi ikki bosqichda, uni metodik tayyorlash (tanlash, taqsimot, tasnif va 
taqdimot) va grammatik ko’nikmalarni shakllantirish tarzida olib boriladi.
Grammatik hodisaning yasalishi, ma’nosi va qo’llanishi alohida-alohida 
grammatik birlik hisoblanadi. Mikroqo’llanish, mikroma’no va mikroshakl 
tushunchalari ham fanda tadqiq qilingan. 

O’quvchilar o’rganishlari zarur bo’lgan grammatik minimum o’rta, oliy 


ta’limning umumta’lim hamda kasbiy fanlari davlat ta’lim standartlari va o’quv 
dasturlarida keltirilgan. 

O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tilini o’qitish 


jarayonida 
talaffuz materiali
ustida ishlash og’zaki nutq (gapirish va tinglab 


40 
tushunish), o’qish malakalarini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi.
Talaffuzni o’rgatishda eshitish (akustik), aytish (motor) va ma’no 
bildirish(semantika)ni o’zlashtirish, ya’ni talaffuz ko’nikmasini egallash nutqiy 
muloqotning muhim shartlaridandir. Talaffuz ko’nikmasini egallash deganda, nutq 
birligining tegishli tovushlar orqali ro’yobga chiqishini ta’minlovchi yaxlit lisoniy 
amal tushuniladi. 
Maktab sharoitida o’quvchilar ingliz tilida approksimatsiyalashgan talaffuzni 
o’rganishadi. Nofilologik oliy o’quv yurtida ham ushbu printsipga rioya qilinadi. 
Approksimatsiya g’oyasiga, binoan, birinchidan, fonetik materialni hajman 
chegaralashga, ikkinchidan, ayrim tovushlar talaffuzining sifati til sohibinikidan 
pastroq bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Talaffuzdagi taqribiylik, avvalo, ta’lim sharoiti 
(ingliz tili o’rganishning sun’iy muhiti) bilan belgilansa, soniyan, talaffuz leksika 
va grammatikaga nisbatan murakkabroqdir.
Ingliz tili talaffuzini o’rgatish muayyan tizim asosida olib borilishini taqozo 
etadi. Talaffuzni o’rgatish kommunikativ yo’nalishda olib boriladi. 
O’quvchi va talabalarga talaffuz ko’nikmalarini singdirish vazifalarini sanab 
o’tamiz: (a) tinglash va eshitish ko’nikmalarini, ya’ni fonematik eshituv qobilyatini 
o’stirish; (b) talaffuz ko’nikmasini, ingliz tili artikulyatsion bazasini va intonatsiya 
usullarini avtomatizm darajasida egallash; (v) tashqi nutqning psixofizilogik asosi 
bo’lgan ichki nutqni o’stirish va h.k.
Ingliz tili talaffuz (fonetik) minimumi leksik va grammatik materialga bog’liq 
holda tanlanadi. Til materialini, odatda, aktiv va passiv minimumlardan iboratligi 
ta’kidlandi. Lekin talaffuz minimumi o’zgacha xususiyatga ega ekanligi 
metodikada ma’lum. Aktiv va passiv talaffuz minimumlari bir paytning o’zida 
o’rganiladi. Ular murakkab nutqiy malakaning tarkibiga kirib, og’zaki nutqning 
gapirish va tinglab tushunish jihatlarida namoyon bo’ladi. Talaffuzning aktiv 
minimumida taqribiylikka yo’l qo’yiladi, passivda bunga yo’l qo’yilmaydi. Aktiv 
minimum doirasida chegaralangan fonetik material yuzasidan ish ko’riladi, 
passivda esa o’rganilayotgan ingliz tili fonemalarining variantlari ham uchraydi.


41 
Talaffuz minimumi ilmiy-metodik mezonlar asosida tanlandi: ma’noni 
farqlovchi fonema va intonemalar tanlanadi, talaffuzning to’liq uslubi, dialektal 
talaffuz fonetik minimumga kiritilmaydi, adabiy talaffuzni o’rganish tavsiya etiladi 
va h.k.
Ingliz tili leksik va grammatik materiali tarkibidagi barcha fonetik birliklar 
talaffuz minimumidan joy olishi lozim. Lekin o’rganilishi oson bo’lgan talaffuz 
birliklari talaffuzni o’rgatish mazmuni tarkibiga kirmaydi. Talaffuzni o’rgatish 
mazmunida o’zlashtirishga maxsus vaqt va kuch talab etadigan fonetik hodisalar 
yig’iladi.
Inglizcha tovushlarni talaffuz etishni o’rgatishda tovushlarni o’ziga xos 
xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi, masalan, unlilarning qisqa-cho’ziqligi, ikki 
unlidan iborat bo’lgan diftonglar mavjudligi kabilar.
Ingliz va o’zbek tillari fonologik sistemalarining lingvodidaktik qiyosiy 
tahlilidan ayon bo’ladiki, ikkala tilda o’xshash (t-t, d-d, p-p, b-b, m-m, n-n va h.z.), 
inglizchada uchramaydigan o’zbekcha tovushlar (x, q, g’), o’zbekchada 
uchramaydigan inglizcha tovushlar (



, w, r, f, v va h.k.) mavjud. Yuqoridagi 
o’xshashlik va farqlar o’quvchilarga ona tili va o’rganilayotgan tilning tovush 
tarkibi, yozuvdagi ifodalanishini qiyoslash bilan ular o’rtasidagi farq va 
o’xshashliklarni belgilab olish imkonini beradi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish