27
MIF VA BADIIY IJOD
REJA:
1. Mif va uning paydo bo‘lishi.
2, Mif va ertak.
3. Mif va badiiy adabiyot. . ..
4. Qadiingi xalqlar miflari va ularning o‘ziga xosligi
5. Qadimgi yunon miflari.
6. Mifologik maktab.
7. Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi.
Tayanch so‘z va iboralar: Mif, mif va badiiy ijod, mif va ertak, qadimgi xalqlar miflari, mif va jahon adabiyoti, mifologik maktab: aka-uka Grimmlarning "Nemis mifologiyasi" asari, mif folklor va zamonaviy adabiyot munosabatlari.
Mif va uning paydo bo‘lishi
Mif (yunoncha mythos - rivoyat, hikoya, masal) - xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lib, odamlarning olam haqi-dagi o‘sha paytdagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ammo tasavvurlarni shunchaki aks ettirmaydi, balki aniq obrazlar vositasida bo‘rttirib aks ettiradi. Miflar olam va odam haqidagi rivoyatlar bo‘lishiga qa-ramay, zamonaviy inson tushunchasidagi san’at hodisasi bilan bir hodisa emas. Miflar o‘z vaqtida odamlarning tafakkur shakli hisob-ianib, ular vositasida atrof-javonibni, olam-u odamni, tabiat hodisala-rini bilishga urinishgan. Mifiar vositasida "olam yoki odam qanday yaralgan, nega kunduzi quyosh chiqib kechqurun botadi, shamol qayerdan paydo bo‘ladi-yu chaqmoq nima o‘zi?" degan savollarga javob izlangan. Deylik, yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilishlarda ilohlarning arala-shuvini ko;rganlar. Mifologiya esa miflarni o‘rganuvchi fan hisob-lanadi.
28
Sodda til bilan aytganda, ertalab quyosh chiqadi, odamlar uyg‘onishadi. Kechqurun quyosh botganda, odamlar uyquga tolisha-di. Osmonda esa yulduzlar paydo bo‘ladi, Har doim shunday bo‘lgan.., Qadimda ham, hozir ham shu hodisalar takrorlanadi. Lekin qadimda bu hodisalarga boshqacha qarashib, quyoshning chiqishi va botishi, dengiz suvlarining,ko'tarilishi va tushishi, suv toshqini, quyosh va; oyning tutiiishi, vulqonlar otilishini tushunmoqchi bo‘lishgan. Tu-. shunish va tushuntirish yo' lidagi urinishlar miflarni paydo qilgan.
Mif haqida rus olimi A.F.,Losev o‘zining "Filosofiya. Mifologi-ya.'Kultura"10 kitobida mifni qadimiy odam uchun g‘oya yoki tush- uncha emas, balki reallik, hayotning o‘zi sanalgan, deb yozadi.
' Miflar hamma xalqlarda bor. Ular qayerdadir bir-bidaridan farq
qilsa, qayerdadir o‘xshaydi, qayerdadir sujet chiziqlari kesishadi,
qayerdadir biron bir detal mushtarak chiqib qoladi., Xo‘sh, nima
uchun? Albatta, bu borada xalqlarning geografik jihatdan joylashuv
o‘rni, turmush tarzi va darajasi ko‘p narsani belgilab beradi.Ma-
salan, dengiz bo‘yida yashagan xalqlarning miflarida suv, baliq, kit
kabi atribullarning qatnashishi, voqealar ularning ishtirokida sodir;
bo‘lishi tabiiydir. Xuddi shunday, Aystraliya miflarida kenguri va it-
ning ko‘p uchrashi ham gcografik joy bilan bog‘liq hodisa. Bir xil
turmush tarzi, bir xil muammolar ham mushtarak miflarni, ulardagi
o‘xshash sujet chiziqlarini paydo qilgan. Ayni paytda, xalqlarning
bir-birilaridan ta'sirlanishi, bir-biridan o‘rganish faktini ham inkor
qilmaslik kerak. Masalan. rim miflarida yunon miflarining, yunon
miflarida esa shumer miflarining izlari bor.
Mif va ertak
Ertak muallifi o‘quvchini qiziqtirish uchun har xil poetik usullar-dan foydalanib ish ko‘radi - ertak to‘qiydi, lekin o‘zi voqealarga ishonmaydi. Uning maqsadi o‘quvchini jalb qilish, unga badiiy-estetik zavq ulashish. Mif yaratuvchisi esa o‘z rivoyatlariga ishonadi. Mifda
Лосев А. философияюМифология. Кулътура.- Москва .Политическая литература.1991.
29
ishonch - eng muhim atribut. Mif voqealariga ishonch bo‘lmasa, mif tabiatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi. Mifning vazifasi u yoki bu voqea mohiyatini tushuntirishdir. Mif qadimda insonni o‘rab turgan olamni tushuntirishning asosiy yo‘li bo‘lgan. Nafaqat qadimda, balki hozir ham badiiy adabiyot mifga murojaat qilib turadi. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan voqealar mohiyatini mif vositasidagina tushuntirib berish-ga ehtiyoj sezadi. Umuman, miflar mag‘zini chaqmasdan turib, badiiy adabiyot mohiyatini to‘liq tushunish va tushuntirish mumkin emas.
Uyg‘onish davriga qadar Ovrupa antik va nasroniy miflarini bilar edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika, Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z mif-lari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib olish-di. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa, bular bolalarcha sodda miflar edi. Ularda dunyo, yulduzlar, inson, hayvon va o‘simliklarning yaralishi haqida so‘z boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |