Qosimov jahon adabiyoti



Download 1,14 Mb.
bet19/108
Sana12.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#337425
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Bog'liq
Jahon adabiyoti U Хамдам

Shumer miflari. Olimlar shumerlardan qolgan merosni uchga bo‘lishadi: mifiar, dostonlar va madh-maqtovlar. Shumerlar "Oy ma'budining tug‘ilishi", "Cho’kichning yaratilishi", "Enki va du-nyoning tartibi", "Enki va Ninxursag yoki jannat haqida shumer afsonasi", "Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi", "Enki va Eredu", "Inanna va Enki", "Dumuzi va Inannaning nikohi", "Bil-gamish va Endiku", "Endiku Bilgamishning xizmatkori va do‘sti' "Boqiy hayot qidirgan Bilgamish" kabi qator mif-afsonalar yara-tishgan. "Bilgamish" dostoni markazida turgan qahramon garchi hayotiy asosga ega bo‘lsa-da, dostonning ko’plab sujet chiziqlari, unda ishtirok etayotgan ilohlar, qahramonlar turli afsonalar mahsuli hisoblanadi.

Misr miflari. "Yerning paydo bo‘lishi". Ko‘plab xalqlar miflari-da azalda hamma joyda suv bor bo‘lgan deyiladi. Ularga ko‘ra maz-kur dunyoviy ummondan yer paydo bo‘ lgan. Misrga oid mif talqini-cha, Nun (xaos) quyosh mabudi Rani paydo qildi (Bu hozirgi ilmiy qarashlarga ham to‘g‘ri keladi). Ra havo (Shu ma'budi) va namlik (Temut) ni yaratdi, Havo va namlik yer (Gora ma'budi) va osmon

30

(Nut ma'budasi) ni yaratdi. Demak, misrliklarning "Yerning paydo bo‘lishi" mifi bo‘yicha yer ana shu tarzda paydo bo‘lgan ekan.

Avstraliya miflari. Ular avloddan avlodga birinchi qush, hayvon va o‘simlikning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlarni aytib kelishadi, Eng ko‘p kenguru va it haqidagi miflar tarqalgan. Aborigenlar ken-guruni odam-kengurudan paydo bo‘lgan deb ishonishgan. "Kengu-ru va it" mifiga ko‘ra, kenguru va it azalda odam bo‘lishgan ekan. Kunlardan bir kun ular daryoga kelib qolishadi. Sohilda qum bor edi. Kenguru-odam kenguru-Itga "Meni qumga itga o‘xshatib chiz" dedi. U chizadi. Keyin bunisi unisiga deydi: "Meni qumga kenguru-ga o‘xshatib chiz". Shunday qilib, ularning biri kenguruga, boshqasi esa itga aylanib qolishgan ekan.

Shimol va Amerika miflari. "Birinchi kit qanday paydo bo‘lgan?"deb nomlangan mifda kit, tyulen kabi dengiz hayvonlari ishtirok etadi. Shimolning ibtidoiy odamlari uchun kit muqaddas maxluq hisoblangan. Ovchilarga uni ummon ma'budasi Sedna yuborgan, deb bilishgan. Agar Sedna odamlardan xafa bo‘lsa, kit va tyulon yubormagan. Kitni ovlashib, maydalashib, bir qism go‘shtni o‘zlariga, bir parchasini suyagiga qo‘shib ummonga, ma'budaga otishgan. Otilgandan kit yana qayta tiriladi va Sedna uni bizga be-radi, deb ishonishgan.

Afrika miflari juda sodda, beg‘ubor bo‘lgan. Chunonchi, ular-ning olamning yaratilishi bilan bog‘liq mifini olaylik,- Unga ko‘ra, Bushmen-san qabilasi quyoshning yaratilishini shunday tushuntira-di: ulkan bir maxluq bor bo‘lib, bir qo‘lini ko‘tarishi bilan qo‘ltig‘i ostidan quyosh chiqadi, yer yuzi nurga chulg‘anadi. Mabodo, u qo‘lini tushirsa, olamni zulmat qoplab oladi.

O‘rta Osiyo miflari. "Avesto", "Kitobi Dada Qo‘rqut, "O‘g‘uznoma" kabi ko‘hna asarlarda O'rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning, jumladan, turkiylarning mifologik dunyoqarashi aks et- tirgan afsonalar o‘rin olgan. "Avesto"da Ahuramazda va Ahriman, biri ezgulikning, boshqasi esa yovuzlikning ramzi bo‘lib keladi. "Kitobi Dada Qo‘rqut" va "o‘g‘uznoma"dagi afsonalarda o‘rta Osiyo




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish