8. Geometriyaga oid topshiriqlar
1) Asoslari 5 m va 11 m, yon tomoni 4 m bo’lgan teng yonli trapesiya yuzini toping.
2) Teng yonli uchburchakda yon tomoni 17 sm, asos esa 16 sm. Asosga tushirilgan balandlikni toping.
3) Ishlab chiqarish korxonasining ikki binosi orasida materiallarni uzatish uchun tarnov o’rnatilgan. Binolar orasidagi masofa 10 m, tarnov uchlari esa yerdan 8 m va 4 m balandlikda joylashgan. Tarnov uzunligini toping.
4) Asosi AC dan iborat teng yonli ABC uchburchakda BD mediana o’tkazilgan. ABC uchburchakning perimetri 50 m ga teng. ABD uchburchakniki esa 40 m ga teng bo’lsa, shu mediana uzunligini toping.
5) Bir-biridan 3,4 m masofadagi ikki vertikal ustunning yuqori uchlari to’sim bilan tutashtirilgan. Bir ustunning balandligi 5,8 m, ikkinchisiniki 3,9 m. To’simning uzunligini toping.
6) 15 m uzunlikdagi telefon simi telefon ustuniga yer sirtidan 8 m balandlikda mahkamlangan va undan uyga tortilgan. Sim osilib turmabdi deb faraz qilib, uy bilan ustun orasidagi masofani toping.
7) Teng tomonli uchburchakning tomonlari 3 m ga teng. Uchburchak har bir uchidan 2 m masofada bo’lgan nuqtadan uchburchak tekisligigacha bo’lgan masofani toping.
8) Teng yonli uchburchakda asosi va balandligi 4 m ga teng. Berilgan nuqta uchburchak tekisligidan 6 m masofada va uning uchlaridan bir xil masofada yotadi. Shu masofani toping.
9) A nuqtadan kvadratning uchlarigacha bo’lgan masofa a ga teng. Kvadratning tomoni b ga teng bo’lsa, A nuqtadan kvadrat tekisligigacha bo’lgan masofani toping.
10) Berilgan nuqtadan tekislikka uzunliklari 10 sm va 17 sm ga teng ikkita og’ma o’tkazilgan. Bu og’malar proeksiyalarining ayirmasi 9 sm ga teng. Og’malarning proeksiyalarini toping.
11) Nuqtadan tekislikka 23 sm va 33 sm ga teng ikkita og’ma o’tkazilgan. Agar og’malarning proeksiyalari 2:3 ga teng nisbatda bo’lsa, shu nuqtadan tekislikkacha bo’lgan masofani toping.
12) To’g’ri burchakli ABC uchburchakning C to’g’ri burchagi uchi orqali gipotenuzaga parallel holda va undan 1 m masofada tekislik o’tkazilgan. Katetlarning bu tekislikdagi proyeksiyalari 3m va 5 m ga teng. Gipotenuzani toping.
13) Tekislikni kesib o’tmaydigan berilgan kesmaning oxirlari tekislikdan 0,3 m va 0,5 m masofada yotadi. Berilgan kesmani 3:7 ga teng nisbatda bo’luvchi nuqta tekislikdan qanday masofada yotadi.
14) 1 m uzunlikdagi kesma tekislikni kesib o’tadi. Uning oxirlari tekislikdan 0,5 m va 0,3 m masofada yotadi. Kesmaning tekislikdagi proyeksiyasining uzunligini toping.
15) Berilgan nuqtadan uchburchak tekisligigacha bo’lgan masofa 1,1 m ga, uchburchakning har bir tomonigacha bo’lgan masofa esa 6,1 m ga teng. Bu uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |