Mas’ul muharrir:
Jumayev M.E. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar:
Rayhonov Sh.R. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Vafoyev R.H. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
© Buxoro davlat universiteti fundamental kutubxonasi, Muhammad Iqbol ko’chasi, 11-uy
KIRISH
Respublikamizning kelajakda gullab yashnashi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan bilimdon yoshlarga bog’liq. Albatta bunday yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchi yuqori kasbiy bilim va mahoratga ega bo’lmog’i darkor. Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Hozirgi zamon kadrlari yuqori kasbiy mahoratga ega bo’libgina qolmay, balki har jihatdan ma’lumotli, o’z sohalarining bilimdoni, tashabbuskor, muammolarni hal qilishga ijodiy yondashadigan kishilar bo’lishi lozim”.
Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish(5141600) ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida matematika fanidan talabaning mustaqil ishi uchun 232 soat ajratilgan. Bu hamma 570 soatning 40,7 foizini tashkil etadi. Shu ta’lim yo’nalishining maxsus sirtqi bo’limi talabalarining mustaqil ta’limi uchun ancha ko’p, ya’ni hamma o’quv soatining 70%ini tashkil etuvchi vaqt ajratilgan.
Universitet talabalarining bilimini baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat nizomga asosan maxsus sirtqi va sirtqi bo’limda tahsil olayotgan talabaning mustaqil ta’lim olishi - ta’lim jarayonining asosiy komponenti ekanligini inobatga olib, mustaqil ta’lim O.B. shaklida 50 ballik tizimda baholanadi.
Biz boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish (5141600) ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan III bosqich talabalari uchun matematika fanidan funksiya, hosila, integral, algebra va analitik geometriya, geometriya elementlari hamda miqdorlar va ularni o’lchash mavzulari yuzasidan qisqacha nazariy materiallarni keltirish bilan birga shu mavzularga oid mustaqil yozma nazorat ishlari hamda ularni bajarish yuzasidan usuliy ko’rsatmalarni ham berdik.
Mustaqil yozma-nazorat ish oldidagi asosiy maqsad – bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining matematika fanidan nazariy-uslubiy tayyorgarligini aniqlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga o’rgatishdan iborat.
Har bir talabaning mustaqil nazorat ishi 9 ta topshiriqni o’z ichiga oladi. Unda funksiya, hosila, integral, algebra va analitik geometriya, geometriya elementlari hamda miqdorlar va ularni o’lchashga doir mavzularga oid o’quv topshiriqlari o’z ifodasini topadi.
Talabalarning mustaqil ishlarini bajarish uchun ularga Nizomiy nomidagi TDPU tomonidan tasdiqlangan matematika o’quv dasturi (tuzuvchilar p.f.n. N.A.Hamidova, Z.Ibragimova)ni keltirib, mustaqil yozma nazorat ishi topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va test topshiriqlari namunalarini berishni ham lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |