Aylana tenglamasi
Tekislikda figuraning dekart koordinatalaridagi tenglamasi deb, fuguraga qarashli har qanday nuqtaning koordinatalarini qanoatlantiradigan ikkita x, y nomalumli tenglamaga aytiladi. Aksincha, bu tenglamani qanoatlantiruvchi har qanday ikkita son figuraning biror nuqtasi koordinatalari bo’ladi.
Markazi A (a, b) nuqtada, radiusi esa R ga teng aylana tenglamasini tuzamiz. Aylanada ixtiyoriy A(x, y) nuqtani olamiz. Undan A (a;b) markazigacha masofa R ga teng. A nuqtadan A nuqtagacha masofa kvadrati (x-a) + (y-b) ga teng. Shunday qilib, aylananing har bir A nuqtasining x, y koordinatalari
(x-a) + (y-b) =R
tenglamani qanoatlantiradi.Shuni takidlaymizki, aylananing markazi koordinatalar boshida joylashsa, aylana tenglamasi ushbu ko’rinishga ega:
x + y =R .
Do'stlaringiz bilan baham: |