VII bob. Miqdorlar va ularni olchash.
Skalyar miqdorlarni olchash tushunchasi. Kesma uzunligi, uning asosiy xossalari. Kesma uzunligini olchash. Uzunliklarning standart birliklari va ular orasidagi munosabatlar. Figuralarning yuzi. Figuralarning yuzini olchash usullari. Tengdosh va teng figuralardan tashkil topgan figuralar. Tekis figuralarning yuzalarini topish. Boshlangich matematika kursida koriladigan boshqa miqdorlar: massa, baho, vaqt, tezlik, yol. Ularning olchov birliklari va ular orasidagi aloqadorlik.
|
Talabalarning olgan bilim va konikmalariga qoyiladigan talablar:
- Chekli va cheksiz toplamlar ustida amallar bajarishni bilish.
- Berilgan moslik turini, xossalarini aniqlash, sonli funktsiyalarni tanish, togri va teskari proportsionallikni ajrata bilish.
- Sodda kombinatorika masalalarini yecha olish.
- Tushunchalarni ta'riflash usulini farqlay olish.
- Fikrlar va predikatlar ustida logik amallarni bajara olish.
- Togri va notogri muhokamalarni farqlay olish.
- Boshlangich maktabda qollanadigan algoritmlarni bilish, tuza olish.
- Algebraik operatsiya, uning neytral, simmetrik yutuvchi elementlarini bilish. Berilgan algebraik operatsiyaga nisbatan yarim gruppa, gruppa, halqa va maydon tashkil etuvchi toplamlarni ajrata olish.
- Nomanfiy butun son tushunchasi va sonlar ustida bajariladigan amallarni toplamlar nazariyasiga kora sharhlay olish. Boshlangich maktab matematika darsligidagi matnli masalalarni yechishda bajariladigan amalni tanlashni asoslay bilish.
- Nomanfiy butun sonlar toplamini tuzishning aksiomatik usulini boshlangich matematika kursidan misollar bilan sharhlash.
- Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma va ogzaki ratsional usulda bajarishni bilish. Matnli masalalarni turli usullarda yecha olish.
- Bolinish alomatlarini qollashni bilish, sonlar EKUBi va EKUKini topa bilish, yigindi, kopaytma va ayirmaning berilgan songa bolinishini bolishni bajarmay aniqlay olish.
- Ratsional sonlar ustida amallar bajarishni bilish.
- Mikrokalkulyatorda hisoblashni bilish.
- Sonli va harfiy ifodalarni farqlay olish, sonli tenglik, tenglama, sonli tengsizlik, tengsizliklarni tanish, tenglama va tengsizliklarni yechishni bilish. Ularning dizyunktsiyasi va konyunktsiyasi yechimini topa olish.
- Elementar funktsiyalarning nomini, tenglamasini, xossalarini bilish va grafigini yasay olish.
- Eng sodda limitlarni hisoblay olish.
- Funktsiyalar hosilasini olishni bilish, hosilaning geometrik va mexanik ma'nosini tushunish, hosila yordamida funktsiyani tekshirishni bilish va grafigini yasash.
- Aniqmas intgrallarni topa bilish.
- Aniq integralni hisoblashni bilish. Aniq integral tatbiq qilib yechiladigan masalalarni yecha olish.
- Geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay bilish, xossalarini bilish, hisoblashga doir geometrik masalalarni yecha olish.
- Miqdorlarni olchashni bilish, matnli masalalarni yechishda miqdorlar orasidagi boglanishdan foydalana olish.
- Matematikaning nazariy bilimlarini amaliyotga qollay bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |